Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti
Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Kurs Ishi
Mavzu: Malay tilida majhul nisbat yasovchi di- affiksining qo’llanishi
Bajardi: III kurs Malay-ingliz guruhi talabasi
Abdullayev Niyatilla
Tekshirdi: Muxtarova Munisa
Toshkent 2021
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………3
|
|
Asosiy qism.
|
|
1.Majhul nisbat yasovchi qo’shimchalar va ularning qo’llanilishi (di-, ter-).…...5
|
|
2.Majhul nisbatni qo’shimchalarsiz yasalishi…………….……………………...8
3.Fe’lning turlari (kata kerja transitif, kata kerja tak transitif, kata kerja pasif)..12
|
|
Xulosa…………………………………………………………………………. 15
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………..16
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Malay tili Malayziyaning milliy tili hisoblanadi. Hozirgi kunda malay tiliga bo’lgan talab ortib bormoqda va bu tilni o’rganish bugungi kunda asta-sekinlik bilan rivojlanib boryapti desak mubolag’a bo’lmaydi.Malay tili malayziyaliklarning milliy tili bo’lsada, bu tilni o’rganishga bo’lgan qiziqish dunyo bo’ylab ortib bormoqda. Jumladan, hozirgi kunda O’zbekistonning ham bir necha oliygohlarida malay tilini o’rganish va uni keng targ’ib qilish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda va shundan kelib chiqib mamlakatimizda malay tiliga bo’lgan talab ham ortganini ko’rishimiz mumkin. Yaqin 5-10 yil avval malay tili hali keng miqyosda tarqalmagan edi.Bu mavzuni yoritishdan maqsad malay tilini yanayam chuqurroq o’rganishdir va mavzuning dolzarbligi ham tilning shakllanayotgani, unga bo’lgan talabning ortishi,tilga bo’lgan munosabatning shakllanishini ifodalashdir. Bu tilni o’rganish jihatiga keladigan bo’lsak, malay tili Agglyutinativ tillar oilasiga mansub hisoblanadi. Agglyutinativ tillar lotinchadan olingan bo’lib, “agglutino” – “qo‘shilish” – so‘z o‘zagi yoki negiziga qo‘shimchalar qo‘shilishi ya’ni ulanishi natijasida yangi so‘zlar hosil bo‘luvchi tillardir. Agglyutinativ tillarda so‘zning o‘zak yoki asosini o‘zgartmagan holda qo‘shimchalar qo‘shish bilan ma’lum so‘z va shakl yasaladi, har bir qo‘shimcha muayyan ma’no va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, o’zbek tilida quyidagi so’zni misol qilib keltirishimiz mumkin: uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar xususan, o‘zbek tili, agglyutinativ tillar hisoblanadi. Agglyutinativ tillarda soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan qo’shimchalardan iborat boʻladi, hamda soʻzning morfologik tuzilishi (oʻzak va qo’shimcha) aniq ajralib turadi. Bunda har bir qo’shimcha bir maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek, malay va boshqa ko’plab tillarda yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga muayyan izchillik bilan qo’shimchalar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bunda qo’shimchalarning har biri o’z maʼnosi bilan qatnashadi. Masalan,o’zbek tilida quyidagi so’zni olishimiz mumkin: ter-im-chi-lar-imiz-ga. Shundan ko’rinib turiptiki, ushbu kurs ishini bajarishda biz malay tilida fe’llarning qo’shimchalar orqali yasalishini ko’rib chiqamiz va yuqori darajada bilimlarimizni mustahkamlaymiz. Bu borada flektiv tillar ham mavjud bo’lib, flektiv tillar qo’shimchalarning oʻzak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi. Masalan, malay tilida kitob-buku (birlik) — kitoblar deb oladigan bo’lsak,buku-buku (koʻplik) hisoblanadi. Sintetik tillarda grammatik maʼnolar ya’ni, gapda so’zlarning o’zaro munosabati, shakl yasovchi qo’shimchalar vositasida ifodalanadi. Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari shakl yasovchi qoʻshimchalar vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, so’z tartibi, ohang yordamida ifodalanadi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ma’lumki, har bir til o’z grammatik qoidasi va so’z turkumlariga asoslangan holda o’rganiladi, ya’ni ot, sifat, son, fe’l va boshqalar. Til grammatikasini o’rganishda fe’l so’z turkumining ham o’rni kattadir. Fe’l so’z turkumisiz biz gapiradign gaplarimizni tasavvur qila olmaymiz. Fe’l tilning joni hisoblanadi, fe’lsiz jumla to’liq bo’la olmaydi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Shu bois, mavzu doirasida malay tilida ham fe’l so’z turkumi va ularga qo’shiladigan majhul nisbat qo’shimchalarining qo’shilishi natijasida yangi so’zlar hosil bo’lishi, ushbu qo’shimchani qo’shganimizda kimdir tomonidan ish bajarilganligi va turli ma’nolar hosil qilishiga alohida e’tibor bergan holda o’rganib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |