Elektr arralar daraxtlarni har xil turlarini ham bo‘ylamasiga ham ko‘ndalangiga arralashga va duradgorlik-qolip ishlaridagi texnologik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Diskli va zanjirli elektr arralar ishlab chiqarilmoqda. Qurilishda keng tarqalgan bu diskli arradir (8.4-rasm).
8.4-rasm. Daraxtni kesadigan diskli elektr arra.
Diskli arralarning asosiy tavsiflari: arralashning maksimal chuqurligi 100 mm; arralovchi diskning diametri 250 mm gacha; diskning salt yurishdagi aylanish chastotasi 75 s-1 gacha; elektr dvigatelning nominal quvvati 0,60...1,15 kVt; massa 5,0...6,8 kg.
Elektr randalar yog‘och konstruksiya elementlarini tayyorlaganda yog‘ochni tolalari bo‘ylab randalashga mo‘ljallangan. Randa (8.5-rasm) elektrdvigatel 3, korpus 2, shkiv 4 va 10 dan iborat tasmali uzatma, freza 9 yassi pichoqlar bilan, oldindagi qo‘zg‘aladigan 11 va orqadagi quzg‘almas 7 chang‘ilar, o‘chirgichli asosiy dasta, yordamchi qo‘l 1 va tok o‘tkazuvchi kabel 6 shtepsel bilandan iborat.
Elektr randalarning asosiy tavsiflari: frezaning aylanish chastotasi 158 s-1 gacha; dvigatelning nominal quvvati 0,60...1,15 kVt. Massasi 6...8 kg.
8.5-rasm. Elektr randa.
Elektrli otboyka bolg‘asi va perforatorlar devorlarda teshik, tuynuk va uyiqlar hosil qilishda, qattiq va muzlagan gruntlarni, betonni va g‘isht terimini sindirib buzishda (yumshatishda), yo‘l qoplamalari va poydevorlarni sindirishda xizmat qiladi. Ularning asosiy ishchi uchligi yuqori uglerodli yoki legirlangan po‘latdan tayyorlangan pona va zubilodir. Bolg‘a va perforatorlar yer, burg‘ulash, portlash, g‘isht-tosh, temirbeton, beton, suvoq, koshinlash va yo‘l ishlarida qo‘llaniladi (8.6-rasm). Perforator konstruksiyasining farq qiluvchi xususiyati uning uchligini zarba bilan birgalikda qushimcha aylanishidir (8.7-rasm).
Elektr bolg‘alarning asosiy tavsiflari: zarba energiyasi 4,8...10 Dj; zarbalar chastotasi – 19...50 Gs; dvigatelning nominal quvvati 0,45...0,70 kVt; massasi 6,9...9,0 kg.
8.6-rasm. Elektrli otboyka bolg‘asi.
Elektr perforatorlarning asosiy tavsiflari: zarba energiyasi 2...4 Dj; zarbalar chastotasi – 25...50 Gs; dvigatelning nominal quvvati .50,35...0,65 kVt; massasi 4,5...7,5 kg.
8.7-rasm. Perforator.
Elektr bolg‘a va perforatorlar zarba bilan va zarba-aylantiruvchi ta’sir qiladigan asboblarga kiradi. Zarba bilan ta’sir etuvchi mexanizatsiyalashgan asboblarga shuningdek elektr trambovkalar kiradi (8.8-rasm). Ular tor sharoitlarda poydevorlar yon qismlariga, tayanchlar atrofiga, quvur uzatmalari, kollektorlar, kuzatish quduqlari, pollar ostiga gruntni qayta to‘kib zichlashga mo‘ljallangan.
8.8-rasm. Elektr trambovka.
Do'stlaringiz bilan baham: |