Deviant xulq-atvor va yoshlar sotsiologiyasi



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana20.09.2021
Hajmi0,76 Mb.
#180559
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
6411-Текст статьи-15838-1-10-20201103

Vaziyat №3. 

Bolangiz qaerda «yashaydi»? 

Komp‘yuter bolalarga «enagalik» qilmoqda! Go‘dak e‘tibor talab bo‘ladi. 

Onasi u bilan doim birga bo‘lishini xohlaydi. Biroq hamma onalar ham buning 

uddasidan  chiqolmaydi.  Bolasining  yig‘lab  xarxasha  qilishiga  toqat  etolmay, 

komp‘yuter  yoki  ulkan  plazmali  ekranga  qaratib  ovuntiradi.  Hali  o‘zining 

kimligini  bilmaydigan  go‘dak  ekranda  faqat  mul‘tfil‘m  ko‘radi  deb 

o‘ylaysizmi?  Yo‘q,  u  ulkan  yirtqichning  ojiz  kiyikni  bo‘g‘izlab,  go‘shtini 

nimtalayotganini ham ko‘radi. Onasi esa bu paytda bolasining tinchib qolgani, 

yig‘lamayotganidan  xursand  bo‘lib,  dugonasi  bilan  telefonda  istagancha  gap 

sotadi... 

Komp‘yuter  o‘yinlari  bolalarning  diydasini  qotirmoqda.  Ular  ayanchli 

lavhalarni,  qo‘rqinchli  sahnalarni  kiprik  qoqmay  kuzatadi.  Atrofidagi 

tengdoshlariga  maqtangannamo  «Mana,  ko‘rib qo‘yinglar,  men  hech  narsadan 

qo‘rqmayman!»  qabilida  tomosha  qiladi.  U  erda  paydo  bo‘luvchi  maxluqlar 

bilan  olishadi,  raqib  askarning  peshonasini  bemalol  snayper  orqali  nishonga 

oladi.  O‘q  u  kutganidek  raqibning  manglayini  qip-qizil  qonga  belasa, 

shodlanganidan  qiyqirib  yuboradi!  Shu  tariqa  kichkintoylar  geym-klublarga 

bola bo‘lib kiradi-yu, yoshi ancha «ulg‘ayib» chiqib ketadi.  

Ota-onalar  zurriyodining  betgachoparligi,  dangasaligi,  gap  qaytarishi, 

jizzakiligidan nolishadi. Bolalaridan xafa bo‘lib, ularni tartibga chaqirayotgan, 

kaltaklayotgan  ota-onalar  o‘z  xatolari  xususida  kamdan-kam  o‘ylashadi, 

nazarimizda.  Ayrimlar  erta  tongdan  ishga  otlanib,  farzandlarining  kun  bo‘yi 

nima  qilayotgani,  qanday  ishlar  bilan mashg‘ulligini,  do‘stlari  kimligini, hatto 

maktabda necha bahoga o‘qiyotganini bilishmaydi. 

–  Komp‘yuter  o‘yinlaridagi  qonli  sahnalar,  vahshiy  kurashlar  bolalarning 

psixologiyasiga  sekin-sekin  tobora  chuqur  joylashib,  xarakteridagi  yashirin 

agressiyani  qo‘zg‘atadi,  –  dedi  taniqli  psixolog  Mahmud  Yo‘ldoshev.  –  U 

geym-klubdan  ko‘chaga  chiqqanda  odamlarga  shubha,  qo‘rquv  yoki  nafrat 

bilan  qaraydigan  bo‘ladi.  Komp‘yuterdagi  dushmanni  mahv  etish  yo‘llarini 

«a‘lo»ga  o‘zlashtiradi-yu,  biroq  maktabdagi  fanlardan  qoniqarsiz  bahoga 

o‘qiydi.  Bu  uni  odamlardan  ajralib  qolishga,  o‘z  qobig‘iga  o‘ralib,  virtual 

olamdagi o‘z qahramoni bilan yashashga ko‘niktirib qo‘yadi. Bunday ma‘naviy 




[- 32 -] 

 

qaramlik  butun  olamni  o‘z  qobig‘iga  o‘ramoqda.  Evropalik  tadqiqotchilardan 



biri  shunday  degandi:  «Komp‘yuter  o‘yinlarini  professional  tarzda  o‘rgangan 

bolalarning  reaktsiyasi  etuk  uchuvchining  hushyorligidan  qolishmaydi,  biroq 

jismoniy jihatlari oltmish yoshlik kashandaning abgor holatini eslatadi». 

Bunga  yaqqol  misol  qilib  2002  yilning  10  oktyabrida  Janubiy  Koreya 

poytaxti  Seul  shahrida  yuz  bergan  fojiani  keltirish  mumkin.  Komp‘yuter 

klublarining biridagi hojatxonada 24 yoshli Kim ismli yigitning jasadi topilgan 

(rss.novostimira.com).  Surishtiruvlardan  so‘ng  uning  komp‘yuter  o‘yinlariga 

mukkasidan  ketgani,  komp‘yuter  qarshisida  soatlab  emas,  kunlab  och-nahor 

o‘yin  o‘ynab  o‘tiravergani  aniqlandi.  Kim  ismli    bu  yigit  o‘shanda  uyqusiz, 

ovqatsiz 86 soat, ya‘ni uch yarim kundan ortiqroq vaqt mobaynida komp‘yuter 

kursisida  mixlanib  o‘tirgan.  Oqibatda  ana  shu  zombilik  uni  halokat  jariga 

«uloqtirib» yuborgani oydinlashdi. 

To‘g‘ri,  komp‘yuter  o‘yinlarini  mutlaqo  taqiqlab  qo‘yishning  iloji  ham 

yo‘q.  Boisi,  ayrim  o‘yinlar  bolalarning  matematik  qobiliyati,  mantiqan 

fikrlashini o‘stiradi va hokazo. 

Aytmoqchimizki,  komp‘yuter  o‘yinlarining  foydali  tomonlari  ham  bor, 

albatta.  

Zohidjon XOLOV, «Ma‟rifat» muxbiri 

 


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish