Chizmadagi yozuvlar
Chizmalardagi
yozuvlarni, texnik talablar va jadvallarni
joylashtirish qoidalari
2.316-97 DS da bayon qilingan. Agar chizmada detalni grafikaviy va shartli belgilari
to‘liq ifoda etilmagan taqdirda ko‘pincha
yozuvlar,
jadvallar va matn qismlari
kiritiladi. Yozuv matni aniq va qisqa qilib chizmaning asosiy yozuvi ustiga yoziladi.
«Texnik talablar» degan yozuv yozilmaydi. Texnik talablardagi bandlar ketma-ket
raqamlanib 2.316-68 DS tavsiyalariga asosan yoziladi. Tasvirlarga oid yozuvlar ikki
qatordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ularni yozilishi va joylashtirilishi 10.5-rasmlda
ko‘rsatilgan. Asosiy yozuv O‘zDS 2.304-97 dagi «Ish chizmalariga qo‘yiladigan
asosiy talablar» ga asosan to‘ldiriladi.
10.5 -rasm