1. HTML HUJJATI TARKIBI
Insonga o‘xshab, HTML hujjati mantiqiy tarkibga ega. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, farzandingizning tashqi ko‘rinishi, individual hususiyatlarga ega bo‘lgani bilan, o‘xshash tarkibga ega. Agar oynaga qarasangiz o‘ boshingizni ko‘rasiz (soch, quloq, ko‘z, og‘iz, burun). Undan so‘ng o‘z fizik hususiyatlariga ega bo‘lgan tanangiz joylashgan. Tanangiz ham ikkiga bo‘linadi: yuqori va quyi va h.k..
Bunday mulohaza yuritish HTML hujjatlari uchun ham mos keladi. Ular sarlavha va tanaga ega. HTML hujjati sarlavhasida, inson boshidagi kabi, imkoniyatlar taqdim etilgan; ular “sahnadan tashqarida” murakkab amallarni boshqarish uchun ishlaydi. HTML tanasi fizik atributlar sohasi hisoblanadi. HTML tanasi – bu brauzer orqali sahifada ko‘rinadigan barcha ma’lumotlar hisoblanadi.
Sarlavha va sahifa tanasining funksional imkoniyatlari ularning farqlanuvchi tomonlari hisoblanadi. Hujjat tarkibiga amal qilgan holda ko‘plab xatoliklardan holi bo‘lishingiz, murakkab HTML hujjatlarini tez va samarali yaratishingiz mumkin.
1.1. Hujjat deteglari
Hujjat formatini bayon etish uchun qo‘llaniladigan bir qator deteglar bilan tanishib chiqamiz.
… – HTML detegi. Hujjatning qaysi tilga tegishli ekanligini anglatadi.
… – HTML hujjati sarlavha qismini belgilovchi sarlavha detegi.
… – hujjatni nomlash detegi. Uning ichiga joylashgan axborot brauzerning sarlavha satrida namoyon bo‘ladi.
…
ВОDY>
E’tibor bergan bo‘lsangiz, qobiq bir necha juft (ochuvchi va yopuvchi) bo‘lgan deteglardan tashkil topgan.
1.3. HTML-hujjatda izohlar
Standart deteglar yordamida tanani bo‘lishning formal usullari mavjud emas. Ammo, BODY sohasida va mantiqan HTML hujjatining hammasida, buni amalga oshirishning sodda usuli mavjud.
Bu masala maxsus izoh detegi yordamida yechiladi. U hech qanday qoidaga bo‘yinsinmasligi bilan HTML ning boshqa deteglaridan ajrailb turadi. Lekin, sahifa haddan tashqari uzun va murakkab bo‘lganda, sahifa ichida yo‘nalish olishni osonlashtiruvchi kuchli deteg hisoblanadi.
Mana bu eng sodda izoh: .
Deteg “kichik” belgisidan boshlanadi va “katta” belgisi bilan tugaydi. Bu deteg ichidagi izoh HTML-hujjatni bo‘limlarga bo‘lish imkonini beradi. Matnli izoh detegi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Bu izoh shuni anglatadiki, bu detegdan keyin mualliflik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar beriladi. Izoh deteglari hech qachon, hatto ular hujjat tanasida bo‘lsa ham, HTML-sahifaga chiqarilmaydi.
Izohlarni hujjatning ixtiyoriy joyida ishlatish va bir necha satrlarga joylashishi mukmin. Izohlar sizni va boshqa xodimlarni chalg‘itmasligi, ya’ni yordam berish lozim. Ulardan faqat zarurat tug‘ilgandagina foydalaning.
Endi avval yaratilgan qobiqqa izohlar qo‘shishni ko‘raylik:
ЗC//DTD НТМL 4.0 //EN">
HTML hujjati haqida
detegi oralig‘ida ko‘plab boshqa elementlarni kiritish mumkin. Bu yerda biz ro‘yxatlar, jadvallar va formalar bilan yaqindan tanishamiz.
HTML hujjati tanasi, inson tanasi kabi, vaqt o‘tishi bilan o‘sadi va bosh qismiga nisbatan kuchli farqlanadi. Albatta, axborot qo‘shish bilan tana kattalashib va uzunlashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |