Дескриптор предварительного форматирования текста


I-BOB. HTML – GIPERMATNLI BELGILASH TILI



Download 3,47 Mb.
bet3/12
Sana18.04.2022
Hajmi3,47 Mb.
#561347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Web-texnologiyalar

I-BOB. HTML – GIPERMATNLI BELGILASH TILI


1989 yilda Tim Berners-Li Yuqori Energiyalar Xalqaro markazi (CERN) rahbariyatiga o‘zining World Wide Web (WWW) deb nomlangan taqsimlangan gipermatnli sistemasi loyihasini taklif qildi. Bunda birlamcha g‘oya gipermatnli navigatsion sistema yordamida CERN ning barcha axborot manbalari to‘plamini yagona axborot sistemasiga birlashtirish edi. Texnologiya shunday samarali bo‘ldiki, jahonda eng ommaviy bo‘lgan global axborot sistemasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Amaliy jihatdan, Internet global kompyuter tarmog‘ini yaratishda, tarmoq asosan uchta asosiy axborot texnologiyalariga asoslanadi:



Hozirgi kunga kelib so‘nggi keltirilgan texnologiya birinchi o‘ringa ko‘tarilib bormoqda.


World Wide Web texnologiyasining muvaffaqiyati ikki asosiy omil bilan belgilanadi: soddalik va Internet asosi bo‘lgan TCP/IP, (Transmission Control Protocol / Internet Protocol – uzatishlarni boshqarish protokoli / Internet protokoli) tarmoqlararo almashinuv protokollari oilasini qo‘llash.
Amaliy jihatdan, tarmoqning barcha foydalanuvchilari o‘zlarini bir vaqtda xalqaro to‘rda chop qilingan axborot materiallarini yaratuvchi va o‘quvchi sifatida imkoniyatini oldilar. Internetning ommaviylashuvi foydalanuvchilarga turli tarmoq manbalariga kirish uchun sodda zamionaviy interfeys taqdim etgan birinchi tarmoq texnologiyasi World Wide Web ning yuzaga kelishi bilan bog‘liq WWW ni qo‘llashning soddaligi va qulayligi foydalanuvchilar sonining ortishiga olib keldi va tijorat tarkiblariga e’tiborni jalb etdi. So‘ngra, foydalanuvchilar sonining ortishi jarayoni juda tezlashib ketdi. Hozirda ham foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.
Texnologiya boshlang‘ich bosqichda juda sodda edi. Gap shundaki, texnologiyaning turli tashkil etuvchilarini ishlab chiqishda (HTML (HyperText Markup Language) gipermatnli belgilash tili, HTTP gipermatnli axborotlarni almashish protokoli, CGI amaliy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va boshqalar) axborot manbalari mualliflari malakasi va ularning hisoblash texnikasi vositalari bilan ta’minlanganliik darajasi minimal bo‘ladi, deb qaralgan edi.
World Wide Web taqsimlangan gipermatnli sistemasini yaratish texnologiyasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri chop qilish hujjatlarini belgilash tili standarti – SGML (Standard Generalised Markup Language, umumlashgan standart belgilash tili) asosida Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan HTML gipermatnli belgilash tili bo‘ldi. Deniel V. Konnoli uning uchun SGML terminlarida HTML sintaksisining formal bayonini yozdi – Document Type Definition.
HTML ni ishlab chiquvchilar ikkita masalani yechishga erishdilar.



  1. Gipermatnli ma’lumotlar ombori dizaynerlariga hujjatlar yaratish sodda vositasini taqdim etish.

  2. Gipermatnli ma’lumotlar ombori foydalanuvchi interfeysi haqida bu davrda mavjud bo‘lgan tasavvurda ifodalash uchun bu vositani yetarlicha kuchli qilish.

Birinchi masala hujjatni bayon etishning tegli modelini tanlash hisobiga hal qilindi. Bunday model hujjatni chop qilishga tayyorlash sistemalarida keng qo‘llanilmoqda. Bunday sistemaga yaxshi tanish bo‘lgan Amerika matematika jamiyati tomonidan takif etilgan TeX ilmiy hujjatlarni belgilash tili va uning interpritatsiya dasturlari misol bo‘la oladi.


Yakuniy hujjat o‘z ichiga turli-tuman belgilarni, illyustratsiyalarni, audio– va videoparchalari olishi mumkin. Bundan tashqari, til tarkibiga turli darajadagi sarlavhalarni yaratish, shriftli belgilashlar, turli ro‘yxatlar, jadvalar va boshqalar uchun rivojlangan vositalar kiritildi.
Ikkinchi muhim omil, HTML ning asosi sifatida oddiy matnli faylning tanlanganligidir. Tanlash quyidagi omillar negizida bajarildi:



  1. bunday faylni ixtiyoriy operatsion muhitning apparat platformasida, ixtiyoriy matn redaktorida yaratish mumkin;

  2. HTML ni ishlab chiqish davrida tarmoq axborot sistemalarini ishlab chiqish uchun Amerika standarti Z39.50 mavjud bo‘lib, saqlash birligi sifatida LATIN1 kodida oddiy matnli fayl ko‘rsatilgan edi. Bu esa US ASCII ga mos keladi.

Shunday qilib, gipermatnli muloqotlar ombori WWW konsepsiyasida – bu HTML tilida belgilangan matnli fayllar to‘plami bo‘lib, axborotni taqdim etish (belgilash) shaklini, hamda bu fayllar va boshqa axborot manbalari (gipermatnli muloqotlar) o‘rtasidagi bog‘lanishlar tarkibini ifodalaydi. Matnli hujjatlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatuvchi gipermatnli muloqotlar asta-sekin turli axborot manbalarini birlashtira boshladi, shu jumladan, ovoz va videoni ham. Natijada yangi tushuncha – gipermedia tushunchasi shakllandi.


Bunday yondashuv texnologiyaning yana bir tashkil etuvchisi til interpritatorining mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. World Wide Web interpritator funksiyalari gipermatnli muloqotlar ombori Web–serveri va foydalanuvchi interfeysi o‘rtasida taqsimlangan. Server hujjatlarga kirish va gipermatnli muloqotlarga ishlov berishdan tashqari, foydalanuvchi interfeysi axborotni taqsim qilish bilan bog‘liq bo‘lgan til konstruksiyalari interpritatsiyasini amalga oshirgunga qadar, hujjatning prosessor oldi ishlovini ta’minlaydi.
Tilning birinchi talqini (HTML 1.0) uning imkoniyatlarini bayon etuvchi tavsifiy xarakterga ega bo‘lgan tilni taqdim etishga yo‘naltirilgan edi. Ikkinchi talqini (HTML 2.0) tilning konstruksiyalaridan foydalanish amaliyotini o‘z ichiga olgan. ++ (HTML++) talqini tilning teglari to‘plamini kengaytirgan holda ilmiy axborot va jadvallarni tasvirlashning yangi imkoniyatlarini taqdim etdi. HTML 3.2 talqini barcha kiritilgan yangiliklarni mavjud bo‘lgan amaliyot bilan moslashtirdi va tartibladi. HTML 3.2 jadvallardan foydalanish Java tili kodlarini bajarish, grafikaning matn bilan bog‘lanishini ta’minlash, hamda yuqori va quyi indekslar (ko‘rsatkichlar) ni tasvirlash imkonini berdi.
World Wide Web Consortium (W3C)xalqaro tashkilot, HTML yangi talqinlarining bayonlari hujjatlarini tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanmoqda. Hozirda HTML 4.01 talqini materiallari chop qilindi. HTML ning avvalgi talqinlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlari (matnni belgilash, mul’timedia, gipermatnli bog‘lanishlar yaratish) bilan birga mul’timedia bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha vositalar, dasturlash tillari, stillar jadvali, tasvir va hujjatlarni chop qilishning soddalashtirilgan vositalari kiritilgan. Website sahifalarini ko‘rish ssenariysini boshqarish uchun (WWW texnologiyasida bajarilgan gipermatnli ma’lumotlar ombori) dasturlash tillaridan foydalanish mumkin, masalan, JavaScript, Java va VBScript.
HTML ning murakkablashishi va dasturlash tillarining yaratilishi natijasida Web-bo‘g‘inlarni yaratish yuqori malakali mutaxassislarning ishiga aylandi. Internetning imkoniyatlari HTML tili asosiga ega bo‘lgan foydalanuvchilarga katta harajatlarsiz o‘z Web-bo‘g‘inlarini yaratish va joylashtirish imkoniyatini beradi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish