II-BOB. STILLAR BILAN ISHLASH
Web-bo‘g‘in dizayni (bezagi) – bu HTML-sahifa komponentlarini brauzer oynasining ishchi sohasida bir-biriga nisbatan aniq joylashtirish. Web-dizaynda bunday aniqlanishning kamchiligi mavjud. Unda rang, forma va HTML-sahifaning boshqa komponentlari xossalari hisobga olinmagan. Bu aniqlanishning asosiysi – HTML-belgilash imkoniyatlarining chegaralanganligini ko‘rsatish. HTML ning bo‘sh joylaridan biri sahifa komponentlarini pozitsiyalash hisoblanadi.
Sahifa komponentlariga quyidagilar kiradi: matn bloklari, grafika va biriktirilgan prilojeniyelar. Har bir komponentning olchami va chegarasi HTML-belgilash doirasida turli darajadagi aniqliklarda beriladi. Grafika va prilojeniyelar o‘lchamini pikselgacha aniqlikda berish mumkin. HTML da matn bolklarining o‘lchamini berish mumkin emas: ular ko‘lsatilmaganda shriftning o‘lchamiga nisbatan brauzer tomonidan hisoblanadi. Sahifa mualliffi foydalanuvchi brauzerining sozlanishlarini avvaldan aniqlay olmaydi, bu axborotni sahifada taqdim etish variantlari sonini chegaralaydi. Brauzerni ishlab chiquvchilar bu vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilganlar. NEXT platformasi uchun CERN brauzerlarining avvalgi talqinlarida va WWWC brauzerlarida sahia muallifi brauzer sozlanishlarini HTML-belgilash orqali aniqlash imkoniyatiga ega edilar. Ammo, bunday yondashuv tijorat mahsulotlarida davom ettirilmadi.
Brauzer sozlanishlarini bosharishning boshqa usuli JavaScript da dasturlash hisoblanadi. Bu tilning jadal rivojlanishi HTML-sahifalarni tasvirlash jarayoni ustidan nazorat o‘rnatish imkonini beradi. JavaScript ning kamchiligi – belgilashning deklorativ tavsifidan voz kechish va belgilash elementlarining xossalarini qayta aniqlash uchun kod hajmining nisbatan kattaligi hisoblanadi.
10. KASKADLI STILLAR JADVALI (CSS) 10.1. CSS ning tayinlanishi
CSS (Cascading Style Sheets) spesifikatsiyasi sahifani belgilashning deklorativ tavsifi doirasida qolish va HTML-belgilash elementlarini taqdim etish formasini to‘la nazorat qilish imkonini beradi. Kaskadli stillar jadvali bir tomondan, prilojeniye va tasvirlar o‘lchamlarining aniqligini yechishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, matn bloklari o‘lchamlarining aniqligi va uning tasvirlanishidir. Stillar jadvallari matn qismining rangi va tasvirlanishini aniqlash, matn bloki ichida bu parametrlarni o‘zgartirish, matn blokini boshqa bloklarga va sahifa komponentlariga nisbatan tekislashni bajarish imkonini beradi. Bunday imkoniyatlarning mavjudligi CSS ning hujjatni mantiqiy tarkiblarga bo‘lish va uni taqdim etish formasi vositasi ekanligini anglatadi. Hujjatning mantiqiy tarkibi HTML-belgilash elementlari orqali aniqlanadi va ayni shu vaqtda, har bir element uchun, taqdim etish formasi sifatida uning CSS-bayon etuvchisi beriladi. CSS belgilash elementining ko‘rsatilmaganda taqdim etish formasini to‘la qayta aniqlash imkonini beradi.
Masalan, ... matnni og‘ma tasvirlashni aniqlaydi:
Matnni og‘ma tasvirlaymiz
Endi I belgilash elementi uchun tasvirlash stilini qayta aniqlaymiz:
Matnni og‘ma tasvirlaymiz
Bu misol shuni ko‘rsatadiki, elementlarni odatiy tasvirlash stili CSS yordamida to‘la o‘zgartirilishi mumkin. Bu texnologiyada HTML-belgilash deklorativ tavsifga ega. Web-injiniring (Web-bo‘g‘inlarni ishlab chiqish va сопровождения texnologiyalari mosligi) uchun CSS ning amaliy qiymati shundan iboratki, bo‘g‘inni yaratish jarayonini formallashtirish va amallar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etish mumkin:
sahifalar nomenklaturasini aniqlash zarur, ya’ni loyihalanayotgan Web-bo‘g‘inning barcha sahifalari turlarga bo‘lingan, masalan uy sahifasi, navigatsion sahifa, axborot sahifasi, kommunikatsion sahifalar va h.k. Har bir bo‘g‘in ucun bu o‘zgacha bo‘lishi mumkin;
har bir tur sahifa uchgun ma]lum bir mantiqiy tarkibni ishlab chiqish talab qilinadi (sahifa komponentlarining standart to‘plami);
bo‘g‘inning navigatsion kartasini yaratish va sahifalarda uni amalga oshirish formasini yaratish lozim;
sahifaning har bir standart komponenti uchun uni tasvirlash stilini (CSS-bayon etgich) ishlab chiqish qoldi;
endi faqat rasm chizish, animatsiya yaratish, dasturlar yozish, matn va grafika kiritish yoki генерировать содержимое страниц автоматически при обращении к ним qoldi.
Shunday qilib, ko‘plab Web-texnologiyalar ichida CSS ning tayinlanishi va o‘rnini bilib oldik. Endi stillar kaskadli jadvalini tadbiq qilishga o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |