7.Urartu xalqlari epigrafik yodgorliklari Ibtidoiy munosabatlarning yemirilishi Van ko’li atrofida istiqomat qilgan va urartlar deb nom olgan qabilalarda jadal kechdi. Xurritlarga qarindosh bo’lgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. M.a. XIII asrda Ossuriya manbalarida Uruatri degan umumiy nom bilan atalgan sakkizta davlat tilga olingan bo’lsa, Ashshurnasirpal II hukmronligi davriga oid hujjatlarda ko’plab mayda mulklar o’rnida Urartu (Biayneli) nomi bilan atalgan yagona davlat qayd etilgan. Urmiya ko’li atrofida Mutsatsir deb atalgan yana bir urartu qabilalari davlat birlashmasi yuzaga kelgan. Bu erda umumurartu diniy markazi joylashgan.
Urartu davlati iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa sug’orish inshootlari va suv omborlari barpo etishga katta e’tibor bergan. Iqtisodiyotda podsho xo’jaligi katta rol o’ynagan. Teyshebaini qal’asini barpo etish bilan bir vaqtning o’zida podsho Rusa II kanal o’tkazib, keng qishloq xo’jalik yerlarini barpo etgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, Rusaxinilidagi podsho xo’jaligida 5500 kishi mehnat qilgan. Ibodatxona xo’jaligi kmroq ahmiyatga ega bo’lgan.
Urartuning madaniyati va iqtisodi to’g’risida arxeologik qazishmalar boy ma’lumot beradi. Bu yerda shaharsozlik yuksak taraqqiy etgan. Teyshebaini (Karmir Bilur) va Erebuni (qadimgi Yerevan) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan o’rab olingan.
Shaharlar hududi 200-300 gektardan 400-500 gektargacha yetgan. Muntazam rejalashtirishga ega bo’lgan shahaharlar odatda baland tepaliklar yonbag’rida barpo etilgan, eng yuqorida ark joylashgan. Ular bir, ko’pincha ikki, ba’zan uch qator mudofaa tizimiga ega bo’lgan. Saroy va ibodatxona me’morchiligi xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan.
Ururtuning mahobatli san’atini bizgacha yetib kelgan tosh relyeflar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar orqali o’rganish mumkin. Тош ҳайкаллар яққол икки хусусиятга эга. Ularning birinchisi Old Osiyo san’ati an’analari bilan bog’liq Urartu haykaltaroshligi namunalari. Masalan, Vandan topilgan kulrang bazalt haykalda Urartuning ilk podsholaridan biri tasvirlangan. “An’anaviy-shartli” uslub esa bronza davri an’analarini davom ettirgan.
Miloddan avvalgi XII-VI asrlarga qadar bo'lgan Urartu davlati zamonaviy Armaniston va Gruziya janubida mavjud bo`lgan. Miloddan avvalgi II ming yillik oxirida ular o'z ieroglif yozuvlariga ega bo`lganlar. Buni Urartu xududida turli xil buyumlar, muhr va bo`rtma rasmlarning arxeologik jihatdan topilganligi ma`lumot beradi, ammo hali ularning siri ochilmagan.
Keyinchalik, ehtimol miloddan avvalgi IX asrning boshlarida urartiyaliklar ossuriyaliklardan mixxat yozuvini o`zlashtirdilar. Bu bizgacha yetib kelgan Urartu yozuvlarining eng qadimiysi – Urartu shohi Sardurining yozuvlari (mil. av. IX asr boshlari) Ossuriya tilida tuzilganligi bilan tasdiqlanadi. Urartu mixxat yozuvi Urartu davlatining mustaqilligini yo'qotishi bilan bir vaqtda yo'qoladi (miloddan avvalgi VI asr).