Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Utrechtda (2019) devorda tasvirlangan Buys Ballotning eksperimenti (1845)
Kristian Dopler bu hodisani birinchi marta 1842-yilda " Uchber das farbige Licht der Doppelsterne und einiger anderer Gestirne des Himmels " (" Ikkilik yulduzlar va boshqa ba'zi yulduzlarning rangli nurida Dopler effekti") risolasida ilgari surgan. Bu faraz tovush to'lqinlarida 1845-yilda Buys Ballot tomonidan sinab ko'rilgan. U ovoz balandligi tovush manbai unga yaqinlashganda chiqadigan chastotadan yuqori va tovush manbai undan uzoqlashganida chiqadigan chastotadan pastroq ekanligini tasdiqlagan. Gippolit Fizo 1848-yilda elektromagnit to'lqinlarda xuddi shunday hodisani mustaqil ravishda kashf qilgan (Fransiyada bu ta'sir ba'zan "effet Doppler-Fizeau" deb nomlanadi, ammo Fizeoning kashfiyotidan 6 yil o'tgach Dopler tomonidan kiritilgan ilmiy taklif(ish) sabab bu nom dunyoning boshqa mamlakatlari tomonidan qabul qilinmadi.). 1848-yilda Buyuk Britaniyada Jon Skot Rassell Dopler effekti bo'yicha eksperimental tadqiqot o'tkazgan. [p 1]
Klassik fizikada, manba va qabul qilgichning tezligi muhitga nisbiy bo'lib, ular muhitdagi to'lqinlar tezligidan past bo'ldi, kuzatilgan chastotalar {\displaystyle f} va chiqadigan chastota {\displaystyle f_{\text{0}}} o'rtasidagi munosabat:[3]
{\displaystyle f=\left({\frac {c\pm v_{\text{r}}}{c\pm v_{\text{s}}}}\right)f_{0}\,}
{\displaystyle c\;} bu to'lqinlarning tarqalish tezligi;
{\displaystyle v_{\text{r}}\,} muhitga nisbatan qabul qiluvchining tezligi, agar qabul qilgich manba tomon harakat qilsa {\displaystyle c} ga qo'shiladi({\displaystyle c} + {\displaystyle v_{\text{r}}\,} ), qabul qilgich manbadan uzoqlashganda ayriladi({\displaystyle c} - {\displaystyle v_{\text{r}}\,} );
{\displaystyle v_{\text{s}}\,} muhitga nisbatan manba tezligi, {\displaystyle c} agar manba qabul qiluvchidan uzoqlashayotgan bo'lsa {\displaystyle c} ga qo'shiladi, manba qabul qiluvchiga qarab harakatlanayotgan bo'lsa {\displaystyle c} dan ayriladi, chegirib tashlanadi.
Shuni esda tutish kerakki, bu munosabatlar manba yoki qabul qiluvchidan birontasi bir biridan uzoqlashganda chastotani pasayishini taxmin qiladi.
Ekvivalent formula:
{\displaystyle {\frac {f}{v_{wr}}}={\frac {f_{0}}{v_{ws}}}={\frac {1}{\lambda }}}
qayerda
{\displaystyle {v_{wr}}} to'lqinning tezligi qabul qiluvchiga nisbatan;
{\displaystyle {v_{ws}}} to'lqinning manbaga nisbatan tezligi;
{\displaystyle {\lambda }} to'lqin uzunligi.
Yuqoridagi formula manbaning kuzatuvchidan to'g'ridan-to'g'ri yaqinlashayotgani yoki yo'qolganligini taxmin qiladi. Agar manba kuzatuvchiga burchak ostida (lekin doimiy tezlikda bo'lsa) yaqinlashsa, birinchi eshtishda kuzatilgan chastota ob'ektning chiqaradigan chastotasidan yuqori bo'ladi. Keyinchalik, huddi kuzatuvchiga yaqinlashayotgandek kuzatiladigan chastotada bir xil me'yoriy pasayish bo'ladi. tenglik orqali nisbiy harakatga perpendikulyar yo'nalishda kelayotganda,(va yetib kelishi yaqin bo'lgan nuqtadan chiqarilganda, biroq to'lqin qabul qilinganda, manba va qabul qiluvchi o'zlarining yaqin masofasida bo'lmaydi) va huddi kuzatuvchidan uzoqlashgandek bir xil me'yordagi pasayish davom etadi. Kuzatuvchi ob'ekt yo'liga juda yaqin bo'lsa, yuqori chastotadan past chastotaga o'tish juda keskin(tezlik bilan) bo'ladi. Kuzatuvchi ob'ekt yo'lidan uzoqroq bo'lganda, yuqori chastotadan past chastotaga o'tish bosqichma-bosqich amalga oshadi.
Agar {\displaystyle v_{\text{s}}\,} va {\displaystyle v_{\text{r}}\,} tezliklar to'lqin tezliklari bilan solishtirganda kichik bo'lsa, unda kuzatilgan chastota {\displaystyle f} va chiqarilgan chastot {\displaystyle f_{\text{0}}} o'rtasidagi munosabat quyidagicha bo'ladi [3]
-
Do'stlaringiz bilan baham: |