Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet40/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

KALLANING MIYA BO’LIMI SUYAKLARI Ensa suyagi (os occipitale) qisman kalla qopqog’ining orqa, pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, yon qismlar, asos yoki tana tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida pars basilaris ensa teshigining oldingi tomonida joylashgan bo’lib, 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo’shilib ketadi. Uning kalla bo’shlig’iga qaragan yuzasi botiq bo’lib, ponasimon suyak tanasidagi xuddi ana shunday yuza bilan qo’shilib, ensa teshigi tomonga yo’nalgan nishab- clivus ni hosil qiladi. Bu gishabda uzunchoq miya va miya ko’prigi joylashadi. Ensa suyagi tanasining ikki chakkasida pastki tosh egatchasi-sulcus sinus petrosi inferiores ko’rinib turadi. Ponasimon suyak (os sphenoidale) juda murakkab tuzilgan bo’lib, kalla suyagining asosan o’rtasida, deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan. Uning katta joylashadi. Ensa suyagi katta teshik - (foramen ocipitale magnum) orqali umurtqa kanaliga qo’shilib turadi. Ensa suyagining pallasi - sguama occipitalis tashqi tomonga qavarib, ichki yuzasi botiq bo’lib, egilgan serbar plastinka - palladan tuzilgan. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do’mbog’i (suyaklanish 39 niqtasining o’rni) - protuberantia occipitalis externa mavjud. Ana shu qirradan ikki yonboshga linea nuchea inferior chiziqlari tarqaladi. Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa - eminentia cruciformis bilan to’rtta chuqurchaga bo’lingan, uning o’rtasida esa ichki ensa dumbog’i protuberantia occipitalis interna bor, unda tepaga yo’nalgan egatlar - protuberantia sinus sagitalis superioris bilan birga ikki yonbosh tomonda joylashgan egatchalar - sulsus sinus transversi ko’rinadi. Pastki tarmog’i - ensaning ichki qirrasi - crista occipitalis interna ensa teshigiga qadar boradi. Katta ensa teshigining ikki yonboshida pars lateralis joylashgan, u pastki yuzada joylashgan ellips shaklidagi bo’g’im do’mboqchalar - condylis occipitalis orqali 1 bo’yin umurtqasining yuqori bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi. Ensa suyagining bo’g’im do’mboqchalari o’rtarog’ida til osti nervi o’tadigan kanal - canalis hipoglossalis joylashgan. Do’mboqcha yon tomonida esa bo’yinturuq vena o’ymasi - insisura jugularis bo’ladi. Bu o’yma chakka suyagidagi ana shunday o’yma bilan qo’shilib, bo’yinturuq teshigi - foramen jugularis ni hosil qiladi. Tanasi - va kichik qanotlari - alae majoris et minoris uchayotgan ko’rshapalak shakliga o’xshash bo’lib, suyak tanasi - corpus sphenoidale ga birlashadi. Ponasimon suyak tanasi corpus sphenoidale ning kalla bo’shlig’iga qaragan yuqori yuzasini o’rta qismida egarchaga o’xshash chuqurcha turk egarchasining (sellae turcica) tubi -ossa hypophysialis bo’lib, bunda miyaning pastki ortiq bezi - gipofiz joylashadi. Egatchaning oldingi tomonida ko’ndalangiga joylashgan do’mboqcha - egar qoshi - tuberculum sallae va ko’rish nervlarining kesishmasi joylashgan egatcha - sulcus chiasmatis bor. Ular ikkala tomonda ko’z bo’shlig’iga ochiladigan ko’rish kanalchalari - canalis optici teshigiga tushadi. Bu kanalchalar orqali kalla bo’shlig’idan ko’rish nervlari o’tadi. Turk egati orqa tomonda egar suyang’ichi - dorsum sellae bilan chegaralanadi. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha- sulcus caroticus bor. Ponasimon suyak tanasining oldingi va pastki yuzasi o’rtasida qirra -rista sphenoidalis bo’lib, uning ikkala tomonidagi suyak plastinkalari ponasimon chig’anog’i - canchae sphenoidales bir juft suyak kavaklari - inus sphenoidalis ni chegaralab turadi. O’ng tomondagi bo’shliq chap tomondagi bo’shliqdan sagittal to’siq orqali ajralib turadi. Bu bo’shliqlar (kavaklar) kavak teshikchasi - aperturae sinus sphenoidalis orqali burun bo’shlig’iga ochilgan. Ponasimon suyak tanasi yordamida ensa suyagi bilan birlashadi. Suyak tanasida bo’shliq mavjud, u yupqa suyak devori bilan ajralgan. Bushliqlar teshikchalar orqali burun bo’shlig’iga ochiladi. Kichik qanot bilan katta qanot oralig’ida joylashgan yuqori ko’z yorig’i -fissura orbitalis superior ko’z kosasini miya bo’shlig’iga qo’shib turadi. Bu yerdan uch shoxli nerv tarmog’i va boshqa nervlar o’tadi. Kichik qanot miya bo’shlig’i tubini, ko’z kosasi yuqori devorni tashkil qilishda qatnashadi. Tanasining pastki tomonida ikkita qanotsimon o’siqlar -rocessus pterygoideus joylashgan. O’siq tubidagi naycha - canalis pterygoideus sagittal yo’nalishda joylashgan, bu kanaldan shu nomli nerv va qon tomirlar o’tadi. Qanotsimon o’siqlarning har biri ikki plastinka - medial - lamina medialis va lateral -lamina lateralis ardan tuzilgan. Qanotsimon o’siqning oldingi chekkasidan ulcus pterygoideus egatchasi o’tadi. Orqa tomonda processus pterygiodeus plastinkalari bir-biridan uzoqlashib, fossa pterygiodea ni hosil qiladi.Pastki tomondagi chuqurcha, o’yma - incisura pterygoidea gacha davom etadi. Qanotsimon o’siqning medial plastinkasi lateral plastinkaga nisbatan ingichka va uzunchoq bo’lib, pastda ilmoq - hamulus pterygoideus ni hosil qiladi.
Katta qanotning to’rtta yuzasi bor;
1. Kalla bo’shlig’iga qaragan yuzasi - facies cerebralis
2. Ko’z kosasiga qaragan yuzasi - facies orbitalis
3. Chakka yuzasi - facies temporalis
4. Yuqori jag’ga qaragan yuzasi - facies maxillaris Katta qanotning tanaga yaqin joyida yumaloq teshik - foramen rotundum, cho’zinchoq teshik - foramen ovale va o’tkir qirrali foramen spinosum joylashgan. Yumaloq va chuzinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o’tsa, o’tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o’tadi. Katta qanotning oldingi chekkasi yuqoriga tomon davom etib, peshona suyagi bilan birlashadi.
1. Chakka suyagi (os temporale) Eshituv, muvozanat saqlash a’zolarini o’z tarkibida saqlab turadi. Chakka suyagi to’rt qismdan iborat. Bular: palla (tanga) -pars squamosa, nog’ora - pars tumpanica, piramida (toshsimon)- pars petrosa va so’rg’ichsimon pars mastoidea qismlaridir. Ana shu qismlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda alohida bo’lib, bola bir yoshga to’lganda suyaklanib, birlashib, bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to’rttala qismi tashqi eshituv yo’li - eatus acusticus externus atrofida joylashgan. Chakka suyagi (tangasimon qismi) pallasi pars squamosa ning ichki yuzasi facies cerebralis da miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi -acies temporalis silliq bo’lib, chakka chuqurining hosil bo’lishida qatnashadi, undan chiqqan yonoq o’sig’i - processus zygomaticus yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag’ bilan bo’g’im tuzadigan chuqurcha fossa mandibularis joylashgan. Uning oldingi tuberculum articulare do’mbog’i pastki jag’ning bo’g’im o’sig’ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi.
2. Nog’ora qismi (pars tympanica) unchalik katta bo’lmagan va bir oz egilgan plastinka bo’lib, chakka suyagi tashqi eshituv yo’lining oldi va orqa tomonini chegaralab turadi. Lateral tomondan so’rg’ichsimon o’siq - processus mastoideus va medial tomondan piramida qismlari bilan qo’shilib tursa, pastki tomon bigizsimon o’siq (proctssus styloideus) ildizini o’raydi.
3. Toshsimon qismi (pars petrosa) chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilishga ega, shuning uchun bu bo’lim toshsimon yoki shakliga qarab piramida - pyramis deb ataladi. 40 Piramida bag’rida eshituv va muvozanatni saqlash a’zolari joylashgan, ular turli tashqi ta’sirotlardan saqlanib turadi. Piramidaning oldingi yuzasi- facies anterior da (piramidanining uchi yaqinida), bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi-impres trigemini joylashgan. chuqurchaning yon tomonida ikkita parrall joylashgan nozik egatcha bor, medial tomonida- sulcus n. Petrosi major lateral tomonda-sulcus n. Petrosi minoris, egatchalar hiatus canan. Petrosi majoris et minoris nomli teshikchalarga davom etadi. Oldingi yuzaning orqa bag’ridagi yarim doira - semicanalis kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa eminentia arcuata bor. nihoyat piramidaning oldingi yuzasi nog’ora bo’shlig’ining tomi-tegmen tympani holida joylashgan. Priamidaning orqa yuzasi - facies posterior da joylashgan ichki eshituv teshigi-porus acusticus internus orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o’tadi. Piramidaning pastki yuzasi - facies inferior kalla tubiga qaragan bo’lib, bigizsimon-so’rg’ichsimon teshik - foramen stylomastoidei orqali yuz nervi kalla bo’shlig’idan tashqariga chiqadi. Bigizsimon o’siqning medial tomonida bo’yinturuq chuqurcha - fossa jugularis bor. Bu chuqurcha ensa sugidan chuqurcha bilan qo’shilib, bo’yinturuq teshigi- foramen jugulare ni hosil qiladi. Bu yerdan ichki uyqu arteriyasining kalla bo’shlig’iga o’tadigan tashqi teshik - foramen caroticum externus ko’rinib turadi. ichki teshik-foramen caroticum intarnum esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi-margo antarior suyakning parallel qismi bilan o’tkir burchak hosil qilib qo’shiladi, shu yerdan muskul nay kanalining -canalis musculotubarau og’zi ko’rinadi, bu kanalning ikkinchi teshigida esa o’rta quloq bo’shlig’iga ochiladi. Kanal to’siq orqali ikkita yarim kanalga ajralgan, yuqoridagi kichikroq bo’ladi - semicanalis m. tensori tympany dan quloq pardasini tarang qiladigan muskul boshlanadi, pastki kattaroq bo’lagi - semicanalis tuboa auditivae eshituv naychasining suyakni bo’lagini tashkil qiladi.
4. So’rg’ichsimon qismda o’siq bo’lib, u tashqi eshituv yo’li orqasida turadi. bu o’siqqa to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon muskuli - m. sternoclei mastoideus yopishadi. So’rg’ichsimon o’siqning medial tomonida ikkata qoirnchali muskul yopishadigan chuqur o’yma - incisura mastoidae bor. O’ymadan parallel ravishda (ichki tomonda) ensa arteriyasining egati- sulcus arteriae occipitalis o’tadi. So’rg’ochsimon o’siqning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo’lakcha bor. So’rg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi ko’pgina kataklar - cellulae mastoidae dan tuzilgan bo’lib, o’rta quloq bilan qo’shilgan. So’rg’ichsimon o’siqning miya yuzasidan facies cerebralis sigmasimon (~) egatcha - sulcus sinus sigmoidei bor. Chakka suyagining kanalari: uyqu arteriyasi kanali - canalis caroticus piramidaning pastki yuzasida joylashgan - foramen caroticum externum dan boshlanib, yuqoriga, tepaga ko’tariladi va to’g’ri burchak hosil qilib, uyqu arteriyasi kanalining ichki teshigi- foramen caroticum intarnum da tugaydi. Kanal orqali shu nomli arteriya o’tadi. yuz nervi kanali- canalis facialis ichki eshituv teshigining tubilan boshlanib, avval ko’ndalangiga yo’naladi, so’ngra orqaga va pastga qarab qayrilib, tizza-genuculum canalis facialis ni hosil qiladi, keyin pastga davom etib, foramen stylomastoideum bo’lib tugaydi. Tepa suyagi (os parietale) bir juft bo’lib, kalla qopqog’ining o’rta qismini tashkil qiladi. Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi. Bu suyak kalla qopqog’ining talay qismini egallaydi, bosh miyani mexanik ta’sirotlardan saqlaydi. Tepa suyak boshqa kalla suyaklariga nisbatan to’rt qirrali va to’rt burchakli, sirti gumbazsimon bo’rtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Uning oldingi chekkasi- marga frontalis peshona suyagi pallasiga birlashadi, yuqori chekkasi- margo sagittalis ikkinchi tomondagi tepa suyagining xuddi shunday chekkasi bilan o’rta chiziqda birlashadi. Orqa chekkasi- margo occipitalis ensa suyagining pallasiga birlashadi. Palla chekkasining (margo sguamosus) oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti bilan, o’rta va orqa bo’lagi esa chakka suyagi pallasi bilan tishlashib birlashadi. Tepa suyagining old, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to’rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo’lib ko’rinadi. Tepa suyagining to’rtta burchagi bor: birinchi- oldingi peshona burchagi-angulus frontalis, ikkinchi-oldingi-pastka ponasimon burchak-angulus sphenoidalis, uchinchi-orqadagi-yuqori ensa burchak -angulus occipitalis va to’rtinchi, orqadagi-pastki so’rg’ichsimon burchak-angulus mastoideus dir. Tepa suyakning tashqi (kavariq) yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga moslashgan, uning o’rtasida tepa suyak do’mbog’i- tuber parietale bor. Pastdagi ikkita parallel chiziqlarning biri chakka fassiyaining yuqoridagi -linea temporalis superior chizig’i bo’lsa, ikkinchisi chakka muskulining m. temporalis ga yopishadigan linea temporalis inferior pastki chizig’idir. Tepa suyakning ichki botiq facies interna yuzasidan arteriya egatchalari -sulci arteriosi hamda miya qiyiqlarning izlari-foveolae granularis yaqqol ko’rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo’ylab davom etgan va so’rg’ichsimon o’siq bilan birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor. Peshona suyagi (os frontalis) bitta bo’lib, kalla qopqog’ining oldingi qismini tashkil qiladi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a’zolari (ko’rish va hid bilish a’zolari) bilan uzviy bog’liq. Peshona suyagi vertikal joylashgan palla qismi- sguama frontalis ga va gorizontal bo’lakka ajratiladi. Gorizontal bo’lak esa bir juft ko’z kosasi (pars orbitalis) va burun bo’lagi (pars nasalis) qismlaridan tashkil topgan. Peshona suyagi boshqa suyaklar pallasi singari tashqi tomonga bo’rtib chiqqan plastinkadan iborat bo’lib, ikkita yuzasi tafovut qilinadi. Bulardan biri tashqariga qaragan qavarik yuza-facies externa va ichkari (facies interna) miyaga qaragan botiq yuzasidir. Peshona suyagining tashqi yuzasida bir juft peshona do’mbog’i tuber frontale ko’rinib turadi. do’mboqlarning qoq o’rtasida chuqurcha glabella bor. peshona suyagining pallasi ko’z kosasi qismidan bir juftko’z kosasining chekkasi- margo supraorbitalis bilan chegaralinb turadi. undan teparoqda qosh usti ravog’i -arcus superciliaris joylashgan. Lateral tomonda yonoq suyagi bilan processus zygomaticus o’sig’i birlashadi. Pallaning ichki yuzasida joylashgan facies interna o’rta chizig’ida sulcus sinus sagittalis egatchasi mavjud, u pastki tomonda toq peshona qirrasi - crista frontalis ni hosil qiladi. Bu qirra oldingi tomonda bosh miyaning qattiq pardasi yopishib turadigan ko’r teshik- foramen caecum bilan tugaydi. Pallaning miya yuzasida bulardan tashqari arteriya egatchalari - sulci artariose miya qiyiqlarining izlarini ko’rish mumkin. Peshona suyagining ko’z kosasi qismi- pars orbitalis gorizontal joylashgan bir juft yupqa plastinkadan iborat. Peshona suyagi ko’z kosasining o’rtasida g’alvir suyagi joylashadigan o’yma- incisura ethmoidalis bilan ajralgan. O’ymada g’alvir suyagining g’alvir plastinkasi- lamina crebrosa impressiones digitatae joylashadi. Ko’z kosasi qismining yuqori (miya) facies cerebralis yuzasida va juga cerebralia (BNA) ko’rnib turadi. pastki yuzasi -fasies orbitalis silliq botiq bo’lib, ko’z kosasining yuqori tomondan chegaralab turadi. Lateral burchagida ko’z yoshi bezining chuqurchasi - fossa glandulae lacrimalis va medial tomonda bilinar-bilinmas g’altaksimon chuqurcha- fovea trochlearis, shuningdek g’altaksimon o’siq-spina trochlearis bo’ladi. Ularga tog’ay g’altak -trochlea yopishadi, u ko’z soqqasining yuqori qiyshiq muskul payi uchun xizmat qiladi. Peshona suyagining burun bo’lagi - pars nasalis g’alvirsimon o’ymaning oldingi tomonini tashkil qiladi. Uning o’rta qismida o’tkir qiltanoq -spina nasalis bo’lib, u burun to’sig’i-septum nasi ni hosil qilishda qatnashadi. Qiltanoqning ikki yonboshida joylashgan peshona bir juft sinus frontalis kavaklari bilan tugaydi. Kavaklar to’siq -septum sinus frontalium bilan ajralgan. G’alvir suyak (os ethmoidale) yuz suyaklari orasida markazda, burun bo’shlig’ining peshona suyagi o’ymasida -tepada joylashgan. U gorizontal joylashgan g’alvirsimon nafis plastinka lamina cribrosa bilan kalla suyagining tubini (cranium cerbrale) hosil qilishda qatnashadi. G’alvir suyak kallada ko’z kosasining medial devorini hosil qilishda ham qatnashadi. G’alvir suyak 3 qismda iborat: gorinzontal joylashgan g’alvirsimon (lamina cribrosa) plastinka, pastga yo’nalgan perpendikulyar lamina perpendicularis plastinka va uning ikki yonida joylashgan labirintg’ovakchalar-labyrinti ethmoidales dir. G’alvirsimon plastinkaning juda ko’p teshikchalari bor, ular orqali burun bo’shlig’ida hid sezish nervining tolalari o’tadi. Plastinkaning qoq o’rtasida xo’roz tojiga o’xshash o’siq-crista galli ko’rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu tojga yopishadi. O’siq oldingi tomonga bir juft qanotsimon o’siq qanoti ala cristae galli bo’lib davom etadi va peshona suyagi bilan birga ko’r teshik-foramen caecum ni hosil qiladi. G’alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi-lamina perpendicularis burun suyaklari, dimog’ suyagi va ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to’sig’ining bir qismini hosil qiladi. G’alvir suyagida bir juft katta-kichik suyak kataklari -cellulae ethmoidales bor. Kataklar lateral tomonda qog’ozsimon yupqa plastnika yoki ko’z kosasi plastinkasi-lamina orbitalis bilan qoplangan bo’lib, ko’z kosasining medial devorini hosil qiladi. G’alvir suyagining olingi kataklari peshona suyagi kataklari - sinus frontalis bilan, orqadagi kataklari esa ponasimon suyak katagi - sinus sphenoidalis conchae nasalis superior et media bilan tutushib turadi. Labirintning medial tomonida tepa va pastki chig’anoqlar -conchae nasalis superior et media bor. Ba’zida eng tepada joylashgan uchinchi burun chig’anog’i - conchae nasalis suprema ham uchraydi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish