Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet137/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

17-mashg’ulot
Mavzu.NAFAS A’ZOLARI SISTEMASI BURUN BO’SHLIG’I - CAVITAS NASI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam nafas olish a`zolariningtarqatma materiallari.
2. Odam nafas olish a`zolariningmulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning nafas olish a`zolariningtizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam nafas olish a`zolarining tuzilishini ko‘rib chiqish.

Burun bo’shlig’i suyak devorlari haqida bosh suyagi bobida aytib o’tgan edik. Quyida burun bo’shlig’ining yumshoq to’qimalariga to’xtalib o’tamiz. Nafas olganda havo to’g’ri o’pka alveolalariga bormasdan, avvalo nafas yo’llaridan, ya’ni burun bo’shlig’idan o’tib, changdan tozalanib, isib va ho’llanib so’ngra o’pkaga boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, burun bo’shlig’i burun devori yordamida ikkiga bo’linib turadi. o’ng va chap burun bo’shliqlari oldindan burun kataklari yordamida tashqariga ochilsa, xoanalar yordamida yutqinga ochiladi. Burun chig’anoqlari yordamida hosil bo’lgan yuqori - meatusnasi superior, o’rta - meatus nasi media va ostki - meatus nasi inferior lar shilliq qavati bilan qoplangan, shilliq qavat esa silindrsimon kiprikli epiteliydan iborat. Epiteliy kipriklari havo tarkibidagi changni ushlab qoladi va bu changni burun teshiklari orqali tashqariga chiqarib tashladi. Burunda shilliq bezlari (glandulae nasi) bo’lib, bu bezlardan ishlanib chiqqan shilliq sekret havo yo’llariga kirgan changni qamrab oladi. Burun shilliq qavati qon tomir va nervlarga xiyla boydir. Ayniqsa, ostki burun chig’anog’i sohasida venoz qon tomir chigallari ko’p bo’lib, g’ovak venoz chigallariga o’xshash chigallar hosil qiladi, burun qonashi ana shu chigaldan sodir bo’ladi. Burunning ikkinchi nomi rinos (grekcha so’z) deb ataladi. Shuning uchun ham burun shilliq qavatining shamollashi - rinit deb yuritiladi.


HIQILDOQ Hiqildoq - larynx nafas yo’lining burun bo’shlig’idan keyingi qismi bo’lib, ovoz qiluvchi apparat vazifasini bajaradi. Shu ko’ra, hiqildoq ancha murakkab tuzilgan. Hiqildoq IV-VI bo’ umurtqalari sohasida, bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. ayollarda hiqildoq erkaklardagiga qaraganda bir oz yuqori bolalarda esa, kattalarga qaraganda yuqoriroq, keksa odamlarda o’rta yoshdagilarga qaraganda pastroqda joylashgan. Orqa tomondan halqum, yon tomondan esa bo’yindan o’tuvchi qon tomirlar bilan o’ralab turadi. halqumning oldingi tomonida - teri bilan halqum orasida til osti suyagidan pastdagi muskullar (m.m.sternohyoideus, sternothy ideus) va ularni o’rab turadigan fassiyalar joylashgan.
HIQILDOQ TOG’AYLARI Uzuksimon tog’ay - cartilago cricoidea nomiga yarasha uzukka o’xshaydi, uning ingichkalashgan oldingi qismiga (uzuk halqasi) arcus deyiladi, kengaygan orqa qismi plastinka (uzuk ko’zi) lamina deb ataladi. Qalqonsimon tog’ay - cartilago thyroidea hiqildoq tog’aylari ichida eng yirigi bo’lib, hiqildoqning boshqa tog’aylarini old tomondan (qalqonga o’xshab) to’sib turadi. Qalqonsimon tog’ay ikkita yaxlit plastinkadan (lamina) iborat bo’lib, har ikkala plastinka bo’yinning o’rta chizig’ida burchak hosil qilib birikadi. Qalqonsimon tog’ay plastinkalari hosil qilgan burchak teri ostidan do’mbayib chiqib turadi. Bu do’mboqlikka promenentia laryngea deyiladi, u erkaklarda yaxshi takomil etgan, ayollarda va bolalarda esa unchalik bilinmaydi. Qalqonsimon tog’ayining yuqori chetida, o’rta chiziqda (tog’ay burchagining to’g’risida) kamgak o’yiq - incisura thyroidea bor. Qalqonsimon tog’ay yon plastinkalarining kengaygan orqa chetlari ingichkalashib, yuqori shox - cornu superius va pastda pastki shox- cornu inferius ga davom etadi. Qalqonsimon tog’ayningpastki shoxi yuqori shoxiga qaraganda xiyla qisqa bo’lib, uchida uzuksimon tog’ay bilan birlashuvchi bo’g’im yuzasi bor. Cho’michsimon tog’ay - cartilago arytenoidea uncha katta bo’lmagan juft tog’aylardan iborat bo’lib, shakli piramidaga o’xshaydi. Cho’michsimon tog’ayning kengroq, pastki asosiy qismi uzuksimon tog’ay plastinka qismining ustki tomoniga kelib tutashgan. Cho’michsimon tog’aylar ovoz boylamlariga bevosita aloqadordir, chunki bu tog’ayning oldingi tomonida joylashgan processus vocalis deb ataluvchi o’sig’iga ovoz boylami kelib birikadi. Shoxsimon tog’ay - cartilago corniculate uncha katta bo’lmagan juft tog’ay bo’lib, cho’michsimon tog’aylar ustki uchiga mingashgan holda shoxga o’xshab turadi. Ponasimon tog’ay - cartilago cuneiformis uzunchoq shakldagi unchalik katta bo’lmagan juft tog’ay bo’lib, plica aryepiglottica bag’rida joylashgan. Bu tog’ay ba’zan bo’lmasligi ham mumkin. Hiqildoq usti tog’ayi - cartilago epiglottis barg shaklida bo’lib, til orqa tomonidagi hiqildoqqa kirish teshigi ustida joylashgan. Uning yuqori (erkin) cheti kengaygan, qalqonsimon tog’ay orqa yuzasiga birikuvchi pastki qismi ingichkalashgandir. Ushbu qismga petiolus deyiladi. Hiqildoq usti tog’ayida ikkita, chunonchi, tilga qaragan yuza- facies linguae va hiqildoqqa qaragan yuza - facies laryngea tafovut qilinadi.
KEKIRDAK Kekirdak - trachea hiqildoqning bevosita davomi bo’lib, uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iboratdir. Kekirdak VI bo’yin umurtqasi pastki chetidan V ko’krak umurtqasining yuqori chetiga kelganda, aniqroq aytganda IV -V ko’krak umurtqalari orasidagi umurtqalararo tog’ay to’g’risidagi ikkita, chap va o’ng bronxlarga bo’linadi. Bo’lingan yerni kekirdak ayrisi - bifurcatio deyiladi. Kekirdakning yuqori qismi (hiqildoqqa tutashgan qismi) xiyla harakatchan bo’lib, pastki qismi (ayniqsa ayri qismi) deyarli qimirlamay turadi. Kekirdakning tuzilishi. Kekirdak devori 16-20 ta yarim halqa shaklidagi tog’aylardan (cartilagines tracheales) tuzilgan. Kekirdak tog’aylari bir-biri bilan fibroz boylami - lig.annularia yordamida tutashgan. Tog’ay yarim halqalarining orqa ochiq yerlari parda bilan qoplangan, uning parda qismiga - paries membranaceus deyiladi. Parda qismi bag’rida ko’ndalang yo’nalgan silliq muskul tolalari mavjud. Tuzilishi jihatidan hiqildoq shilliq qavatiga o’xshash ko’p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan va shilliq bezlariga boy.
Bronxlar - Bronchi. Kekirdak IV-V ko’krak umurtqalari orasida umurtqalararo tog’ay sohasida ayri holda ikkita bronchus principialis, dexlet sinister bronxlariga bo’linadi. O’ng bronx chap bronxga qaraganda kengroq va kaltaroq, chap bronx uzunchoq (deyarli ikki barobar) torroqdir. O’ng bronxda 6-8 ta tog’ay halqasi bo’lsa, chap bronxda tog’ay halqalari soni 9-12 ta. O’ng bronx deyarli vertikal yo’nalanish kekirdakning davomi hisoblansa, chap bronx kekirdakdan chapga burchak hosil qilib chiqadi va bir oz gorizontal yo’nalishga ega bo’ladi. Bronxlar o’z navbatida shoxlanib, katta-kichik bronxchalarga bo’linib ketadi. Bronxlarning shilliq qavati kekrdak shilliq qavati o’xshash tuzilgan. Tirik odamning bronxlari maxsus asbob - bronxoskop yordamida qaralganda shilliq qavatining och pushti rang ekanligini ko’rish mumkin.
O’PKA-PULMO O’pkalar-pulmones ko’krak qafasida yurakning ikki yonida joylashgan juft nafas a’zosi bo’lib, o’ng va chap o’pka pulmo dexter pulmo sinister dan iborat. O’pkalar kesilgan konusning yarmiga o’xshaydi. Konusning asosi - basis pilmonis past tomondan diafragma tegib tursa, uchi - apex pulmonis birinchi qovurg’adan 3-4 sm yuqori yoki o’mrov suyagidan 2-3 sm yuqoriroqda turadi. O’pkalarning qovug’alarga tegib turgan facies costales bir-biriga qaragan facies mediastinalis va diafragamaga qaragan yuzasi facies diaphragmatica lar tafovut qilinadi. O’pkalarning yuqori uchida chuqur egatcha bor, bu egatcha shu yerdan o’tuvchi o’mrov arteriyasining izidir, ular sulcus subclavius deb ataladi. Har qaysi o’pkada uchta: oldingi, ostki va orqa qirra farq qilinadi. Bronxlarning bo’linishi. O’ng va chap o’pkalarga kirib ketayotgan bronxlar o’zidan maydaroq bronxlarga shoxlanadi. Har bir bronxlar oxiri mayda (qil) bronxlarga bo’linib, o’pka uchi yoki asosigacha yetib boradi. Asosiy bronxlar bronchus principialis dexter et sinis deyiladi. O’ng o’pka asosiy uchta bronxga, chap o’pka ikkita brochus lobares bo’laklariga bo’linadi. Bo’laklar bronxi o’z navbatida chap va o’ng o’pkadan nechta segment bo’lsa, ana shuncha segmentar bronxlar - bronchus segmentales ga bo’linadi. Bronxlar diametri sekin-asta torayib borar ekan, bronx devorida joylashgan tog’ay halqalari ham ingichkalasha boradi, nihoyat diametri 1 mm ga teng bo’lgan bronxchalarda to halqasi butunlay yo’qoladi. Tog’ay halqalari yo’qolgan bronxlarga shilliq bezlar ham bo’lmaydi. Ammo shilliq qavatda kipri epiteliy saqlanadi. O’pkadan qon aylanishi. O’pkada gaz almashinadi. Shu sababli, o’pkalarga faqat arterial qon emas, venoz qon ham keladi. O’pkaning segmentar tuzilishi. O’pka bronxlarning shoxlanishidan hosil bo’lgan bronx daraxti bo’lib, o’z shoxlariga parallel holda o’pka arteriyasi va venasi, bronx arteriyasi va venasi hamda limfa tomirlari bilan tarmoqlanib, bronx-qon tomir daraxtini hosil qiladi. O’pka segmentlarining soni, turlanishi xususida xiruglar, rentgenologlar va anatomlar turlicha fikr qilishadi. Ularning fikricha, segmentlar soni 4 dan 12 tagachadir. Parijda qabul qilingan anatomik nomlanishga binoan o’ng o’pkada 10 ta, chap o’pkada - 10 ta segment borligi qabul qilingan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish