Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet136/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

16-mashg’ulot
Mavzu. OVQAT HAZM TIZIMINING TUZILISHI (2 soat) ICHKI ORGANLAR HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT – SPLANCHNOLOGIA.
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam ovqat hazm qilish organlarining tarqatma materiallari.
2. Ovqat hazm qilish tiziminin mulyaji.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa - Odamning ovqat hazm qilish tizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam ovqat hazm qilish tizimining tuzilishini ko‘rib chiqish.
Ichki a’zolar, ya’ni ko’krak, qorin va chanoq bo’shliqlariga joylashgan a’zolar haqidagi ilm Splanchnologia deb ataladi; Splanchna yoki Viscera so’zi ichki a’zolar degan ma’noni bildiradi. Ichki a’zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi. Hazm qilish, nafas olish, siydik ajratish va tanosil a’zolari shular jumlasidandir. Organizm to’qimalari va hujayralarida kechadigan hayot uzluksiz ravishda davom etadigan modda almashinuvchi natijasidir. Evolyusion taraqqiyotning yuqori tabaqalaridagi hayvonlarda modda almashinuvchi birmuncha murakkablasha boradi, shu bilan birga ichki a’zolarning tuzilishi va ishda ham o’zgarish (takomillashish) lar yuz beradi. Organizmga tushgan ovqatning o’tish yo’llari, ishlanishi va hazm bo’lishi bilan qisqacha tanishib chiqaylik. Ovqat og’iz bo’shlig’iga lablar, tishlar va til vositasida qabul qilinadi, tishlar yordamida chaynalib, maydalanadi, ayni vaqtda og’iz bo’shlig’iga naylari ochiladigan uch juft so’lak bezlari ishlab chiqargan suyuqlikso’lak (ekstretlar) ta’sirida qisman parchalanadi, so’ngra halqum teshigi - isthmus faucium orqali halqumga va undan qizilo’ngach orqali me’daga tushadi. Ovqat me’dada ma’lum darajada maydalanib, ezilib, parchalangach, o’n ikki barmoq ichakka, undan och va yonbosh ichakka o’tadi. O’n ikki barmoq ichakda jigar va me’da osti bezining (bu bezlarning yo’llari o’n ikki barmoq ichakka ochiladi) ekskretlar ta’sirida ovqat tarkibidagi oqsillar, uglevodlar (karbonsuvlar) va yog’lar, vitaminlar va mineral tuzlar parchalanadi. Bu moddalar ingichka ichakdagi qon tomirlarga (qisman limfa tomirlariga) so’riladi. Ovqatdagi parchalanmay qolgan, ya’ni hazm bo’lmagan moddalar yo’g’on ichakka o’tadi (yo’g’on ichakda ham ovqat parchalanadi va so’riladi).
HAZM A’ZOLARINING TUZILIShI Hazm a’zolari o’z vazifasi (xizmati) ga munosib ravishda tuzilgan. Hazm a’zolari evolyusion taraqqiyotning quyi pog’onasidagi oddiy hayvonlarda alohida bitta naycha (ichak nayi) holatida mavjud bo’lsa, evolyusion taraqqiyotning yuqori bosqichida murakkab o’zigarishlarga uchraydi. Masalan, chuvalchanglarda ichak nayi uch qismdan (old, o’rta va orqa qismlardan) iborat bo’lsa, umurtqali hayvonlarda boshning tanadan alohida ajralib chiqishi natijasida ichak naychasida alohida bo’laklar: old, o’rta, orqa ichaklar hosil bo’ladi. Old ichakning boshlang’ich qismidan yana alohida ichak (bosh ichak) ham ajraladi. Me’da-ichak sistemasiga kiruvchi a’zolar asosan ichki-epitelial qavatdan, o’rta - muskul va tashqi seroz qavatlardan iboratdir. Ammo bu qavatlar va ularda joylashgan bez to’qimalari, limfa tugunlari, qon tomirlar hamda nerv tugunlari umumiy ichak nayining turli qismlarida turlicha tuzilishga ega. Ichak nayining ichki qavatini qiluvchi epiteliyda organizm uchun zarur moddalar qonga so’riladi, undan tashqaridagi muskul qavati ritmik ravishdab qisqarib, oziq moddalarning ichak ichida so’rilishiga yordam beradi. Biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan tashqi qavat sirtdan o’rab (qoplab) turadi va a’zolarning ma’lum shaklda bo’lishiga, ularga qon tomirlar va nervlarning o’tishiga, shuningdek, hazm a’zolari alohida qismlarining bir-biriga bog’lanishiga imkon beradi. Endi hazm a’zolarining devorlaridagi har qaysi qavatning tuzilishi bilan tanishib chiqaylik. Shilliq parda. Hazm a’zolarning barcha qismlari (og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da va ichaklar) ichki tomondan shilliq parda (tunika mucosa) bilan qoplangan. Organizmga tushgan (iste’mol qilingan) ovqat tarkibidagi hayot uchun zarur moddalar ana shu shilliq qavatdagi mayda qon tomirlar (kapillyarlar) vositasida qonga so’riladi. Buning uchun oziq moddalar dastlab shilliq qavatdagi bezlar ishlab chiqargan suyuqliqlar ta’sirida ximiyaviy o’zgarishlarga uchraydi. Oziq moddalarning qonga so’rilish jarayoni ma’lum qonuniyatga bo’ysunadi, ya’ni qonga so’rilish yarim o’tkazgich orqali bir yoqlama diffuz yo’l bilan boradi. Tashqi sekret bezlari - og’iz bo’shlig’idagi, me’da-ichak devoridagi bezlar, ter hamda yog’ bezlari - o’z mahsulotlarini (ekskret) maxsus naychalar orqali tananing ma’lum bir sohasiga chiqaradi yoki quyadi. Ichki sekret (inkretor) bezlari - o’z gormonlarini (inkret) to’ppa-to’g’ri qon tomirlarga, demak qonga quyadi (buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, miya ortig’i va hokazo). Aralash bezlar (me’da osti bezi va jinsiy bezlar) - ikki xil sekret ishlab chiqaradi, ba’zilari naychalar orqali organizmning ma’lum bir sohasiga, boshqalari esa qonga quyadi. Bezlarning mikroskopik tuzilishiga kelganda, ular avvalo epitelial hujayralardan iborat bo’lib, tarkibida qo’shuvchi to’qima, nerv tugunlari va qon tomirlar ham bo’ladi. Bir xil hujayrali bezlar (shilliq bezlar) odatda me’da-ichak yo’li devorida joylashadi. Bezlar tananing ma’lum sohalarida epiteliy hujayralarining zo’r berib o’sishi natijasida kichikina qopcha shaklida hosil bo’ladi. Bu epitelial tugunchalar o’z sekretini maxsus naychalar (tubuli) orqali ajratadi. Ba’zan bu naychalar rivojlanishdan to’xtaydi va yo’q bo’lib ketadi. Natijada bez inkretor xususiyatga ega bo’lib qoladi, ya’ni bez sekreti qonga ajraladi. Bezlarning evolyusion taraqqiyotida bez epiteliylari daraxtning shox otishiga o’xshab ustma-ust rivojlana boshlaydi, natijada ularni qo’shib turuvchi markaziy naycha (tubuli) va qopcha (alveola) paydo bo’ladi. Tashqi sekret bezlari ikki xil -sodda va murakkab tuzilishga ega bo’ladi. Sodda tuzilgan bezlar odatda bez alveolalari va sekret ajratuvchi naychalardan iborat bo’ladi. Alveolalar naychalarning bevosita davomi bo’lishi ham mumkin. Ba’zan ular alohida koptoksimon tugunchalar holatida bo’lib, undan naycha ochiladi, ba’zan esa bir gruppa bezlar alveolalarining kalta naychalari qo’shilib, bitta katta naychani hosil qiladi va shu naycha orqali o’z sekretini ajratadi. Murakkab tuzilgan bezlar alohida bo’laklar (lobuli) dan iborat bo’lib, bu bo’laklar o’z alvelalari va maxsus naychalari orqali bir-biriga qo’shiladi, alohida bo’laklarni esa qo’shuvchi to’qima qavati ajratib turadi. Bu bo’lakchalarning har birida alohida naycha bo’lib, bu naycha o’z navbatida bosh naychaga ochiladi. Murakkab bezlarga: me’da osti bezi va qo’loq oldi bezlari kiradi. Hazm a’zolari shilliq qavati orasida turli funksiyalarga ega bo’lgan bezlardan tashqari, asosida retikulyar to’qima bo’lgan limfoid to’qima tugunlari ham uchraydi. Ichak devorida bunday tugunchalar ko’proq shilliq osti qavatida bo’ladi va yakka-yakka holda (folliculi lympha tici solitarii) yoki gruppa holida (folliculi lymphatici aggregati) joylashadi.
OG’IZ BO’ShLIG’I Og’iz bo’shlig’i- cavitas oris hazm a’zolari sistemasining boshlang’ich qism bo’lib, ovqat dastlab shu joyda qabul qilib olinadi va me’daga o’tkazish uchun tayyorlanadi. Og’iz bo’shlig’i ikki qismga bo’linadi: a) og’izning kirish qismi yoki dahlizi, b) xususiy og’iz bo’shlig’i. Og’izning kirish qismi yoki dahlizi - vestibulum oris old tomondan yuqori va pastki lablar bilan, tashqi yon tomondan lunjlar bilan, orqa va ichki (medial) tomondan yuqori va pastki jag’ tishlari, milklar bilan chegaralanadi. Ustki va pastki lablar o’rtasidagi yoriq - rima oris og’izga kirish teshigi deb aytiladi. Ustki lab - labium superius va pastki lab - labium inferius yuz terisining birmuncha baland qismidir. Har ikkala labning ikki tomondan bir-biriga o’tgan joylari lablar birikmasi - comissura labiorum deyiladi. Og’izga kirish teshigining ikki tomondagi burchaklari - angulus oris deb ataladi. Ustki va pastki lablarda og’iz atrofini aylanib o’rgan mimika (imo-ishora) muskullari hamda boshqa muskullar bo’lgani tufayli u yuzning eng serharakat qismi hisoblanadi. Yuz (bet) terisi ustki va pastki lablarga davom etib, lab muskullarini qoplaydi. Lablar terisida, ayniqsa erkaklarda jun (mo’y) o’sadi. Ichki (og’iz) tomonidan esa lunjlarning shilliq qavatlari lablargacha davom etadi va labning shilliq qavati deb ataladi. Ko’p qavatli yassi epiteliybilan qoplangan bu shilliq qavatda juda ko’p mayda shilliq bezlar bor. Ularni til bilan siypalab bilsa ham bo’ladi. Og’iz burchaklari sohasida bu bezlar juda kam bo’ladi yoki butunlay bo’lmaydi. Lablarning teri qismi bilan shilliq qavati orasidagi soha oraliqqismi deb ataladi, u yupqa muguz qavat bilan qoplangan. Shuning uchun ham uning ostidagi muskullar labga qizg’ish rang berib turadi. Ko’rinishdan bu oraliq qism shilliq qavatning bevosita davomiga o’xshasa-da, biroq tuzilishi jihatidan farq qiladi. Lablarning bu qismida shilliq bezlar bo’lmaydi, unda faqat yog’ bezlari joylashgan.
TANGLAY - PALATUM Tanglayda ikki qism -qattiq va yumshoq tanglay tafovut qilinadi. Qattiq tanglay -palatum durum asosida suyaklar, ya’ni ustki jag’-maxilla ning tanglay o’sig’i- processus palatinus bilan tanglay suyagi - os palatinum ning ko’ndalang plastinkasi (lamina hori- santalis) turadi. U burun va og’iz bo’shliqlari tomonida shilliq parda bilan qoplangan. Yumshoq tanglay asosini esa shilliq parda bilan qoplangan muskullar tashkil etadi. Tanglay shaklan gumbazga o’xshash bo’lib, botiq tomoni og’iz bo’shlig’iga qarab turadi. Qattiq tanglay umuman tanglayning uchdan ikki qismini tashkil etadi va suyak tanglay (palatum osseum) deb ham ataladi. Yumshoq tanglay tanglayning qolgan qismini tashkil qiladi, odam nafas olganda pastga tushib, ya’ni salqi holatda bo’ladi, ovqat yurganda esa yuqoriga ko’tariladi. Tanglayning o’rtasidan uzunasiga o’tgan chok (raphe palatini) uni o’ng va chap qismlarga ajratib turadi. Yumshoq tanglay - palatum molle muskullardan iborat. Halkumga qaragan orqa tomoni xuddi chodir singari osilib turgani tufayli unga tanglay chodiri (velum palatinum) deb nom berilgan. Chodirning o’rta qismida yumshoq o’siqcha bo’lib, u tilcha - uvula (lak-luk) deb ataladi. Yumshoq tanglayning old qismi ko’ndalang va keng bo’lib, ustini qoplangan shilliq qavat bevosita qattiq tanglayga davom etadi.
TIShLAR Tishlar - dentes inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular ovqatni mexanik maydalab berish (chanash) bilan birga,tishlab uzib olish, so’zlarni to’g’ri talaffuz etishda ham ishtiroq etadi. Shu bilan birga tishlar og’iz bo’shlig’ining dahlizi bilan xususiy og’iz bo’shlig’ini bir-biridan ajratib turadi. Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanib, shilliq pardaning suyaklangan so’rg’ichlari hisoblanadi. Tishlar yuqori va pastki jag’ qirg’oqlaridan o’sib chiqadi. Tishlar skelet suyaklaridan shu bilan farq qiladiki, ular jag’larga boylamlar yoki muskullar yordamida birikmaydi, balki o’z ildizi bilan jag’dagi tish katakchalari (alveola dentalis) ga xuddi mix kabi kirib (gomphosis) turadi. Past tabaqadagi hayvonlar hayoti davomida tishlar bir necha marta almashinib (eskisi tushib, yangisi chiqib) turishi ma’lum. Odamlarda esa, butun umr mobaynida tishlar faqat ikki marta almashinadi. Bolalarda 6-7 yoshga qadar saqlangan sut tishlari (dentes deciduli) tushib ketib, o’rniga doimiy tishlar (dentes permonentes) chiqadi. Sut tishlari normal o’sayotgan bola hayotining birinchi yilida, ya’ni 6-7 oyligidan boshlab birin-ketin chiqa boshlaydi va bola 2-2,5 yoshga to’lganda (ba’zan undan ham kechroq) butunlay chiqib bo’ladi va 20 donaga yetadi hamda 6-7 yoshga qadar turadi. Sut tishlar va doimiy tishlarning chiqish. Normal taraqqiy etayotgan bolada birinchi sut tishlar (dentes decidui) 6-8 oylikda boshlab chiqa boshlaydi va 2-2,5 yoshda butunlay chiqib bo’ladi. Sut tishlar 20 dona, ya’ni har bir jag’da 10 donadan bo’ladi. Ular quyidagi tartibda (formulasi) joylashadi: 2012 : 2102 / 2012 : 2102 Bu formula (markazdan tashqariga tomon sanalganda) - ikkita kurak, bitta qoziq va ikkita katta oziq tish demakdir. Bundan yosh bolalarda kichik oziq tishlar bo’lmasligi ayon bo’ladi. Sut tishlar umuman tishlarga o’xshash bo’lsa-da, ulardan kichikligi, nozikligi va u qadar mustahkam bo’lmasligi bilan farq qiladi. Bola taxminan 6 yoshga yetganda (ba’zan undan ham oldin) sut tishlar doimiy tishlar bilan asta-sekin almashina boshlaydi. Bu tishlarning almashinuv davri 12-15 yoshga qadar davom etadi va shundan so’ng doimiy tishlar deyarli umrning oxiriga qadar saqlanib qoladi. Doimiy tishlarning joylashish tartibi (ifodasi) quyidagichadir: 3212:2123 / 3212:2123 Bu formulada: ikkita kesuvchi tish, bitta qoziq tish, ikkita kichik oziq tish va uchta katta oziq tish (aql tishlar bilan birga) bo’ladi. Sut tishlarning va doimiy tishlarning chiqish muddati normada quyidagicha: Sut tishlar: a) medial kurak tishlar - 6-8 oyda; b) lateral kurak tishlar - 7-9 oyda; v) birinchi katta oziq tishlar - 12-15 oyda: g) qoziq tishlar - 16-20 oyda; d) ikkinchm katta oziq tishlar - 20-30 oyda. Doimiy tishlar: a) birinchi katta oziq tishlar - 6-7 yoshda; b) medial kurak tishlar - 8 yoshda; v) lateral kurak tishlar - 9 yoshda; g) birinchi kichik oziq tishlar - 10 yoshda; d) qoziq tishlar - 11-13 yoshda; 111 ye) ikkinchi kichik oziq tishlar - 11-15 yoshda; j) ikkinchi katta oziq tishlar - 13-16 yoshda; z) uchinchi katta oziq (aql) tishlar 18-25 yoshda chiqadi. Og’iz yumilganda yuqori va pastki jag’dagi tishlar o’zaro qarama-qarshi turadi. TIL Til-lingua hazm a’zolarining boshlanish qismida, og’iz bo’shlig’ida joylashgan. Til faqat hazm a’zolarigagina aloqador bo’lib qolmay, talaffuzda ham bevosita va aktiv qatnashadi. Til muskullardan tuzilgan a’zo bo’lib, odatda og’iz bo’shlig’i (cavitas oris) ni to’ldirib turadi. Tilning quyidagi alohida qismlari tafovut qilinadi: tilning oldingi toraygan uchi til uchi - apex linguae deb ataladi, orqa qismi esa birmuncha kengayib va qalinashib til ildizi- radix linguae ni hosil qiladi. Bu ikki o’rtasi til tanasi- corpus linguae deb ataladi. Tilning uchi va yon qirg’oqlari tishlarga, uning so’rg’ichlarga boy ustki yuzasi - facies superior qattiq va yumshoq tanglaylarga qarab turadi. Ustki yuzada ikkita alohida qism: og’iz qismi - pars oralis va halqumga qaragan qismi - pars pharun gea tafovut qilinadi. Bu ikki qism o’rtasidagi ko’tarilgan joyga til orqasi - dorsum linguae deyiladi.
OG’IZ BO’ShLIG’IDAGI BEZLAR Quloq oldi bezi - glandula parotis yassi shaklga ega bo’lib, yuz terisi ostida qisman chaynov muskuli (m.masseter) ni yopib turadi, orqa tomondan m.sternocleidomastoideus va qisman so’rg’ichsimon o’siqqa borib yetadi. Bez to’qimasi orasidan yuz nervi (n.facialis) rib o’tadi. Bez yumshoq, pushti rangda bo’lib, alohida-alohida bo’lakchalardan iborat. Og’irligi 25-30g. Bez bo’lakchalarining naychalaridan hosil bo’lgan markaziy nay (ductus parotideus stenoni)chaynov muskuli oldidan o’tadi, so’ngra lunj muskulini teshib o’tib, og’iz bo’shlig’ining kirish qismiga, ya’ni yuqori jag’dagi ikkinchi katta oziq tishlar qarshisida ochiladi. Ba’zan qo’shimcha quloq oldi bezi - glandula parotis accessoria uchraydi. U chaynov muskuli ustida joylashadi va uning nayi ham og’izning kirish qismiga ochiladi. Jag’ osti bezi - glandula submandibularis kattaligi jihatdan quloq oldi bezidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Og’irligi 15g. Bez cho’zinchoq tuxum shakliga ega bo’lib, trigonum submandibulare da joylashgan. Bu bez yaxshi taraqqiy etgan xalta (kapsula) bilan o’ralgan. Bezning nayi (ductus submandibularis ( Whartoni) til ostiga, ya’ni frenulum sublingualis ning ikki yonidagi so’rg’ichlar- caruncula sublingualis ga ochiladi. U o’zining tashqi qirg’og’i bilan pastki jag’ning tana qismiga tegib turadi, medial qirg’og’i esa m.styloglossus va m.hyoglossus ga yondoshadi. Tashqi tomondan esa teri osti qavati va m.platysma bilan ajralib turadi. Til osti bezi - glandula sublingualis eng kichik so’lak bezi hisoblanadi, og’irligi o’rta hisobda 5 g deb keladi. U ovalsimon uzunchoq tanacha sifatida pastki jag’ suyagi tanasining ichki yuzasidagi shu nomli chuqurda, fossa sublingualis, m.mylohyoideus ning bevosita ustida, pastki jag’ bilan m.geniohyoideus et m.hyoglossus orasida joylashadi. Boshqa bezlar kabi bu bez ham alohida bo’lakchalardan iborat bo’lib, shu bo’lakchalardan yig’ilgan katta nay - ductus sublingualis major jag’ bezining nayi bilan qo’shilib yoki alohida til osti- caruncula sublingualis ga ochiladi. Mayda naychalari - ductus sublingualis minor esa til ostidagi burma (plica sublingualis) ga ochiladi.
HALQUM Halqum - pharynx burun va og’iz bo’shlig’ining bevosita davomi hisoblanib, uning shakli orqa yuzasiga qarab yassilanib boruvchi voronkaga o’xshaydi. Halqumning beshta devori, chunonchi yuqori, orqa, oldingi va ikki yon devorlari tafovut qilinadi. Halqum ensa suyagining asosiy qismi va qisman pona suyagining tanasiga qadar ko’tarilgan va shu suyaklarga birikkani uchun bu joy halqumning yuqoridagi devori hisoblanadi. Bu devor halqum gumbazi - fornix pharyngis deb ham ataladi. Ikki yon tomonda (halqum yaqinida) yirik qon tomirlar va nervlar o’tib ular halqumning yon devorlari asosini tashkil qiladi. halqumning orqa devorini bo’yin umurtqalari va bo’yinning chuqur joylashgan muskullari hosil qiladi. Halqum bo’shlig’i. Halqum bo’shlig’ini yuqorida qayd qilingan qismlariga qarab quyidagi uch bo’lakka bo’lib o’rganiladi:
1) burun qismi - pars nasalis;
2) og’iz qismi - pars oralis;
3) hiqildoq qismi - pars laryngea.
Ovqat chaynab bo’lingach hosil bo’lgan hosil bo’lgan luqma tomoq orqali o’tayotgan yumshoq tanglay yuqoriga va orqa qarab tortiladi. Natijada halqumning yuqori-burun qismi og’iz bo’shlig’idan tamomila ajralib qoladi. Halqum bo’shlig’i burun va og’iz bo’shlig’ining davomi hisoblansa-da, unga yana yuqori qismida burun orqa bo’shliqlari (xoanalar), ikki yon tomondan esa o’rta quloq bo’shlig’i bilan qo’shib turuvchi eshituv naylari ochiladi. Halqumning burun qismi - pars nasalis pharyngis ustki devor, ya’ni gumbaz bilan yumshoq tanglay orasida harakatlanmaydigan holatda joylashgan. Yuqorida aytganimizdek, bu qismning old devori yo’q. U tikkasiga cho’zilgan va choana dextra et sinistra deb ataluvchi ikki teshik vositasida burun bo’shlig’i bilan tutashgan. Bu qismining harakatsiz yon devorlardan o’rta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Ana shu nayning boshlanish teshigi - ostium pharyngeum tubae deb ataladi. Eshituv nayining tog’ay shu teshikning orqa chegarasida (sal yuqoriroqda) halqum tomonga do’ppayib chiqib turadi. U do’mbaygan shilliq parda bilan qoplangan bo’lib, nay do’mbog’i (torus tubarius) deb ataladi.
QIZILO’NGACh Qizilo’ngach - esophagus halqumning bevosita davomi hisoblanib me’dagacha davom etadi. Qizilo’ngachning asosiy vazifasi luqma va suyuqliqni me’daga o’tkazishdir. Qizilo’ngach 25 sm uzunlikdagi muskuldan iborat nay bo’lib, uning yuqori chegarasi VI bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi. U bo’yinning pastki qismi va ko’krak sohasidan o’tib, XI ko’krak umurtqasi ro’parasida me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo’ngach asosan ko’krak bo’shlig’ida ko’krak oralig’ining orqa qismida joylashadi. Qizilo’ngach orqa tomondan umurtqa pog’onasiga juda yaqin turadi, u aortaning pastga tushuvchi qismi (aorta descendens) ga yondoshgan. Qizilo’ngach old tomondan kekirdakning parda qismiga tegib turgani holda o’rta chiziqdan biroz chapga o’tib turadi. Qizilo’ngachning ikki yon devori bo’ylab adashgan nerv yo’nalgan. Qizilo’ngach IV va VII ko’krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib, uning orqasidan o’tadi, so’ngra biroz o’ng tomonga yotib diafragamaga yaqinlashish oldindan (IX-X ko’krak umurtqasi) yana chapga biroz buriladi. Qizilo’ngach ko’krak qafasiga uning teshigi orqali bo’yin sohasidan o’tsa, ko’krak qafasidan qorin bo’shlig’iga diafragma orqali o’tadi. Halqum devoridagi biz ko’rib o’tgan uch qavat (tunica fibrosa dan boshqa) qizilo’ngachga davom etadi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat qavat - tunica adventitia qizilo’ngachning tashqi qavati hisoblanib, uni qopcha shaklida o’rab turadi. Bu qavat nafas tuzilganligi uchun ham qizilo’ngach devorini hosil qilgan muskullar bu qavat orqali yaqqol ko’rinib turadi. Bu qavat cho’ziladigan bo’lgani tufayli ovqat yutish paytida qizilo’ngachning kengayishi osonlashadi. ME’DA Me’da - ventriculus, s.gaster hazm kanalining eng kengaygan bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori qismida joylashgan. Uning ko’ qismi chap qovurg’a sohasi - regio hepochondrica sinistra da, o bo’lagi esa qorin usti sohasi - regio epigastrica da turadi. Me’daning shaklini nokka, ba’zan kimyoviy laboratoriyalar retortaga yoki bir tomoni ingichka loviyaga o’xshatadilar. Me’daning katta-kichikligi va hajmi har kimda har xil bo’ladi. Kattalar me’dasining hajmi o’rta hisobda 3-3,5 litr keladi. Me’daning chiqish qismiga yaqin joyida kichik egrilikka joylashgan burchak qiyig’i - incisura angularis ko’rinadi. Xuddi shu yerda egriliklar bir-biriga yondoshib burchak hosil qiladi, u angulus ventriculi deb ataladi. Me’daning chiqish qismi - pars pylorica deb atalib, bu qism I bel umurtqasi oldida, o’ng tomonda yotadi. Chiqish teshigi (pyloris) ning chiqish qismining o’zida ham kengaygan qism va uzunasiga torayib yotgan kanal bor. Kengaygan qism me’daning boshlanishida bo’lib, antrum pyloricum deb, uning kanali esa - canalis pyloricus deb ataladi. Me’daning tanasi - corpus ventriculi ga me’da tubidan to chiqish qismigacha bo’lgan oraliqlar kiradi. Seroz qavat - tunica serosa qorinpardaning visseral varag’idir. Bu parda katta va kichik egriliklar bo’ylab yo’nalayotgan qon tomirlar bilan band joylarni hamda orqa devordagi diafragma tegib turadigan kichkinagina maydonchadan boshqa hamma joyni o’rab turadi. Me’dani o’rab olgan qorinparda undan qo’shni a’zolarga o’tadi boylamlar hosil qiladi. Masalan, me’daning old va orqa devorlari o’rab jigarga o’tayotgan qorinparda lig.hepatagastricum deb ataladi. Me’daning katta egriligidan pastgi yo’nalib, ko’ndalang chambar ichak devoriga o’tgan qismi lig.gastracolicum, taloqqa o’tgani lig.gastroliem deb ataladi. Muskul qavati - tunica muscularis boshqa qavatlarga nisbatan ancha baquvvat bo’lib, silliq muskul tolalaridan iborat. Muskullar qishqarishi natijasida me’da ichidagi ovqat hazm qilish kanalining pastki qismiga qarab so’riladi.
INGIChKA IChAK Ingichka ichak - intestinum tanuae me’daning oxirgi, chiqish qismidan boshlanib, to yo’g’on ichakning boshlang’ich qismiga qadar davom etadi va hazm kanalining eng uzun qismi hisoblanadi. Ingichka ichakning uzunligi 5-6 metr bo’lib, murdada birmuncha ortiqroq bo’ladi (6,5-7 metr). Bunga sabab shuki, ichak devorlaridagi doimo qisqarish holatida bo’lgan muskul tolalari odam o’lgandan so’ng bo’shashib ketadi. Umuman ichaklarning, jumladan ingichka ichakning uzun-qisqaligi yoshga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ichakning uzunligi tananing uzunligiga nisbatan 7 marta, katta odamlarda esa 4-4,5 marta ortiqdir. Ingichka ichak devorlarining diametri yo’g’on ichaka yaqinlashgan sari toraya boradi. Agar o’n ikki barmoq ichak oxirgi qismining diametri 2,5 sm bo’lsa, yonbosh ichak oxirgi qismining diametri 2-2,5 sm keladi. Ingichka ichak yo’g’on ichakka nisbatan deyarli ikki marta ingichka bo’ladi. Ingichka ichak quyidagi uch qismdan iborat: 1) o’n ikki barmoq ichak - duodeum ingichka ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, uzunligi 26-30 sm keladi, shakli esa taqaga o’xshaydi. 2) ochichak - intestinum jejunum o’n ikki barmoq ichakning davomi bo’lib, ingichka ichakning taxminan 2/5 qisman tashkil qiladi: 3) yonbosh ichak - intestinum ileum ichakning taxminan 3/5 qismini tashkil qiladi.
YO’G’ON IChAK Yo’g’on ichak - intestinum crassum hazm kanalining ingichka ichakdan keyin davom etuvchi qismi bo’lib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Ingichka ichak yo’g’on ichak chambarining ichida yotadi. Mazkur ichakning yo’g’on ichak deb atalishining boisi shundaki, uning diametri ingichka ichak diametriga nisbatan taxminan ikki barobar kattadir. Yo’g’on ichakning uzunligi 1-1,5 metr. Ko’krak - intastium caecum ichak oxirgi qismining ochiladigan joyi va yo’g’on ichakning boshlang’ich qismi bo’lib, o’ng yonbosh sohasida yonbosh -bel muskuli - m.iliopsoas ning fassiyasiga o’zining orqa yuzasi bilan tegib turadi. Ko’richakning uzunligi hammada har xil bo’ladi, o’rta hisobda 5-7 sm, ko’ndalang o’lovchi 7-7,5 sm. Ko’richak qorinparda bilan har tomondan o’ralgan, ya’ni intraperitoneal holatda yotadi (ba’zan orqa tomoni o’ralmasligi ham mumkin). Ko’richak anchagina harakatchan bo’lgan tufayli, uning joylashishi ham har xil bo’ladi va o’zgarib turadi. U juda yuqori joylashishi, masalan, jigarning tagida caecum subhepatica bo’lishi mumkin. Bu hodisa homilaning ona qornida yotgan davridagi holatining saqlanib qolishi bilan izohlanadi. Ko’tariluvchi chambar ichak -colon ascendens yonbosh ichakning ko’richakka o’tish joyidan biroz yuqoridan boshlanib, tikka ko’tariladi va o’ng qovurg’a osti sohasigacha yetadi, jigar o’ng bo’lagining pastki yuzasiga tegadi, undan chap tomonga burilib, ko’ndalang chambar ichak - colon transversum ga o’tadi. Shu joydagi burilish flexura coli dextra seu flexura hepatica deyiladi. Ko’tariluvchi chambar ichakning uzunligi 18-20 sm bo’lib, qoriparda uni faqat old va tomonlaridan (mezoperitoneal) o’raydi, orqa tomoni ochiq qoladi. Ko’ndalang chambar ichak - colon transversum ko’tariluvchi chambar ichakning davomi bo’lib, ko’ndalangiga chap tomonga o’tadi va chap burilish - flexura coli sinistra seu flexura lienalis ni hosil qilib, quyi tushuvchi chambar ichak (colon descendens) ga o’tadi. ko’ndalang chambar ichakning uzunligi 30-40 sm bo’lib, yo’g’on ichak qismlarining eng uzuni hisoblanadi. U hamisha ko’ndalang joylashmaydi. “I” shaklida, o’tkir burchak hosil qiluvchi “u” shaklida, ravoq shaklida va boshqa shakllarda joylashishi ham mumkin (P.A. Kupriyanov). Tushuvchi chambar ichak - colon desendens. Yo’g’on ichakning chap bukilmasidan boshlangan bu qismi qorin devorining chap tomoni bo’ylab yo’naladi va fossa iliaca sinistra gacha boradi, ya’ni “S” simon ichakning boshlanishigacha davom etadi. Uning uzunligi taxminan 10-15 sm bo’lib, m.psoas major dan tashqari tomonda joylashadi, belning kvadrat muskuliga, qorinning ko’ndalang muskuliga va o’zining yuqori tomoni bilan diafragma, chap buyrakka tegib turadi. “S” simon ichak - colon sigmoideum. Bu ichakning ko’p qismi chap yonbosh chuqurida, qolgan ozroq qismi esa kichik chanoq bo’shlig’ida turadi, yuqori chegarasi dumg’aza va yonbosh suyaklarning qo’shilgan joyidan boshlanib, uchinchi dumg’aza umurtqasi qarshisida tugaydi va to’g’ri ichakka o’tadi. Uzunligi 10-12 sm bo’lgan colon sigmoideum qorinparda bilan har tomonlama o’ralgan (intraperitoneal) bo’lib, uning tutqichi (mesocolon sigmoideum) bor. Shuning uchun u juda harakatchan. To’g’ri ichak - intestinum rectum - hazm kanalining oxirgi qismi bo’lib, kichik chanoq bo’shlig’ida dumg’aza suyagining old yuzasida joylashadi. U orqa teshik (anus) bilan tashqariga ochiladi, uzunligi 15-20 sm. To’g’ri ichakning boshlanish qismi - promontorium ga to’g’ri keladi. To’g’ri ichakda yo’g’on ichakning boshqa qismlarida uchraydigan lentalar, yog’li o’simtalar va haustra colli bo’lmaydi. To’g’ri ichak nomiga yarasha juda ham to’g’ri emas, aksincha u ikkita bukilma hosil qiladi (ya’ni dumg’aza bilan dum suyaklarining holatiga moslashadi).
ME’DA OSTI BEZI Me’da osti bezi - pancreas qorin bo’shlig’ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari qarshisida, me’daning orqasida ko’ndalang holatda yotadi. Me’da osti bezining ko’pchilik qismi yuqori qorin soha - regio epigastrica da, kamroq qismi esa chap qovurg’a osti sohasi (hypochondrica sinistra) da joylashgan bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismidan to taloq darvozasiga qadar yetib boradi. Bu bez kattalikda jigardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bezning uzunligi 16-22 sm, kengligi 3-8 sm, qalinligi 2-3 sm, og’irligi 70-90 g. U yumshoq tushti-kulrang bo’lib, juda ko’p bo’laklardan iboratligi yaqqol bilinib turadi. Oldindan orqaga qarab yassilangan bu bezda bosh - caput pancreatis, tana- corpus pancreatis va dum - cauda pancreatis qismlariga bo’laniadi. Me’da osti bezining boshi boshqa qismlarga qaraganda katta bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismiga o’zining yo’li bilan qo’shiladi. Ko’pincha bezning bosh qismida ilmoqsimon o’siq proceaaus uncinatus ni ko’rish mumkin. Bezning boshi tanasiga o’tish joyida kemtik joy hosil bo’ladi, bu qism incisura pancreatis deb atalib, shu yerdan yuqori tutqich arteriyasi va venasi o’tadi. Ana shu kemtik joy taxminan 15% hollarda ingichkalashgan bo’lib, bez bo’yni - collum pancreatis deb ataladi. JIGAR Jigar - hepar qorin bo’shlig’ining yuqori qavatida joylashgan bo’lib, diafragama tegib turadi. Jigarning ko’p qismi o’ng qovurg’a osti sohasida (regio hypochondrica dextra), bir qismi qorinning yuqori sohasiga (regio epigastrica propria), juda oz qismi esa chap qovurg’a osti sohasida regio hypochondrica turadi. jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi bo’lib, og’irligi taxminan 1500 g, ya’ni katta kishilarda gavda og’irligining 1/50 qismini, chaqaloqlarda esa 1/20 qismini tashkil qiladi. jigar qizg’ish-kulrang tusda bo’lib, ushlab ko’rilganda qo’lga juda yumshoq unnaydi. Jigarning uzunligi 20-22 sm, eni 10-12 sm, qalinligi 7-8 sm. Normal holatdagi jigar qovurg’a ravog’idan tashqari chiqmaydi. Jigarning joylashishiga va atrofini o’ragan a’zolarga qarab diafragamaga tegib turgan yuzasi - facies diaphragmatica, pastki a’zolarga qaragan yuzasi - facies visceralis , orqaga qaragan yuzasi - facies posterior tafovut qilinadi. Ustki va ostki yuzalar old tomondan birlashib, old o’tkir- qirg’oq - margo anterior ni va hosil qiladi. Me’da o’zining kichik egriligi bilan jigarning chap jigarning chap bo’lagiga tegib turadi va o’z izi - impressio gastrica ni qoldiradi. Chap sagittal chuqurchadan bir oz chaproqda charvi tomonga qarab ko’tarilib turgan do’mboqlik bo’lib, u tuber omentale deb ataladi. Chap sagittal chuqurga parallel yotgan o’ng sagittal chuqur - fossa sagittalis dextra jigarning o’ng bo’lagi - lodus hepatis dextra da bo’lib, uning old yarmida o’t pufagi joylashgani tufayli fossa vesica fellea deb ataladi. Orqa yarmi u qadar chuqur bo’lmagan egat shaklida bo’lib, unda pastki kovak venasi joylashganligi uchun sulcus vena cava inferior deb ataladi. Jigarning joylashishi. Jigarning kattagina qismi o’ng qovurg’a osti sohasida, chap bo’lagining ozigina qisman chap qovurg’a osti sohasida joylashgani yuqorida aytib o’tilgan edi. Jigarning yuqori chegarasi diafragama gumbazining pastki yuzasiga mos kelib, uning eng ko’tarilib chiqqan joyi IV qovurg’a oralig’iga to’g’ri keladi. O’rta chiziq bo’yicha jigarning yuqori chegarasi V qovurg’a tog’ayining to’sh suyagi bilan birikkan joyiga, chapi VI qovurg’a tog’ayining birikish joyiga to’g’ri keladi, so’ng chapga va yuqoriga qarab yo’nalib, VII va VIII qovurg’alarning tog’aylari birikkan joyga yetadi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish