VI. Uzoqlashtiruvchi nerv - N. abducenes Bu nerv uncha katta emas. U miyadan Varoliy ko’prigining orqa qirg’og’i yaqinidan chiqib, ko’z kosasini ustki yorig’i orqali uning tashqi (lateral) tomoniga kiradi va ko’z olmasining tashqi to’g’ri muskuli (m. rectus lateralis) ni innervasiya qiladi.
VII. Yuz nervi - N. facialis.
VIII. Sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bo’lgan bu yirik nerv, miyadan Varoliy ko’prigining orqa qirg’og’i bilan uzun miya orqasida eshituv-muvozant nerviga (VIII juft) yaqin chiqadi va bir qancha yo’lni shu nerv bilan birga o’tadi. Yuz nervi avval chakka suyagi piramida qismining orqa yuzasidagi ichki eshituv teshigi (porus 75 acusticus internus) orqali orqali eshituv yo’li (meatus acusticus internus) ga kiradi. Bu yo’l bilan anchagina chuqur kirib borgach, o’ziga xos kanal - canalis facialis ga (yoki Fallopiy) kanaliga o’tib, avval oldingi tashqi tomonga boradi, so’ngra eshituv (nog’ora) bo’shlig’ining ichki medial devori bo’ylab orqaga qayrilib ketadi. So’ngra pastga qayrilib, chakka suyagining so’rg’ichsimon va bigizsimon o’simtalari o’rtasidagi - foramen stylomastoideum orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichida, nervning orqaga tomon burilgan joyida (kanal tizzasida) u qadar katta bo’lmagan tizza tuguni - ganglion genicule paydo bo’ladi.
VIII. Dahliz-chig’anoq nervi - N. vestibulocochlearis Miyaning tashqi yonidan yuz nervi bilan birga chiqadi. Ko’pchilik olimlar bu nerv avval boshda yuz nervi bilan birga borib, keyinchalik ajraladi deydilar. Bu nerv ham yuz nervi va oraliq nervi (n. intermedius) kabi porus acusticus internus orqali meatus acusticus intermus ga kiradi. Dahliz-chig’anoq nervi o’z nomiga ko’ra ikki xil vazifani bajaradigan mustaqil qismdan (ikki nervning qo’shilishidan) tashkil topgan:
1. pars vestibularis (yoki nervus vestibularis) ichki quloq labirinti dahlizi va yarim to’garak kanallaridagi muvozanat apparatlaridan impuls (ta’sir) ni miyaga olib boruvchi maxsus nervidir. Bu nervning tuguni - ganglion vestibulari (yoki scorpae) ichki eshituv yo’lining pastki devorida joylashgan, uning periferik tolalari yuqorida aytganimizdek, muvozanat apparati (labirint dahlizi va yarim to’garak kanallar) ga, markaziy tolalari esa miyadagi o’z o’zaklariga (uchta o’zak) boradi.
2. Rars cohlaris (yoki cocharis) eshituv impulslarini (tovush, ovoz) labirintning chig’anoq qismi ichidagi Kortev a’zodan miyaga olib boradi. Bu nervning tuguni - ganglion spirali (corti) chig’anoq ichida joylashgan. Uning periferik tolalri chig’anoq ichidagi Kortev a’zolariga, markaziy tolalar esa miyadagi o’z o’zaklariga (ikkita o’zak) boradi (bu ikki nerv haqida to’la ma’lumotni quloqning ichki tuzilishini bayon etganda beramiz). Demak, har ikkala nerv (yoki qism) dan miyaga tomon keluvchi markaziy tolalar birlashib, n. vestibulocochlearis - ning umumiy poyasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |