QO’LNING ERKIN TURGAN QISMIDAGI SUYAKLARI Yelka suyagi (humerus), rosmana uzun suyaklar turkumidan bo’lib, uning tanasi -diafizi (corpus humeri), ikkala (tepa va pastki) uchlari-epifizlar va ular o’rtasida joylashgan metafizlari tafovut qilinadi. Yelka suyagining yuqori uchi sharsimon tumtoq boshcha (caput hu meri)bo’lib tugaydi. Boshcha suyakning qolgan boshqa qismlaridan unchalik chuqur bo’lmagan ariqcha - anatomik bo’yinchasi (collum anatomicum)yordamida ajralib turadi; ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita dumboqcha (lateral tomonidagi kattarog’i - uberculum majus va oldiroq tomondagi kichkina - tuberculum minus) joylashgan.Har qaysi dumboqchadan pastga qarab bittadan g’adir-budur qirra -crista tuberculi majoris (katta dumboqdan) va crista tuberculi minoris (kichik do’mboqdan) ketgan. Ana shu ikkala do’mboq va g’adir-budur qirralar orasida egatcha (sulcus intertubercularis) bo’lib, bu yerdan yelka ikki boshli muskulining uzun boshli payi o’tadi. Dumboqcha va qirralarga muskullar kelib yopishadi. Yelka suyagining dumboqchalaridan pastki qismi xipcharoq bo’lib, xirurgik bo’yin (collum chirurzgicum - kuproq yelka suyagi ana shu joyidan sinadi) deb ataladi va suyak tanasi (diafiz) ni epifizga qo’shib turadi. Yelka suyagi tanasining yuqori qismi silindr shaklli, pastki qismi uchta chekkali bo’ladi. Chekkalar orasida, orqa yuza - faciea posterior,oldingi laterial yuza - facies anterior lateralis, oldingi medial yuza -facies anterior medialis va suyakning oldingi laterial yuzasida deltasimon g’adur-budur - tuberositas deltoi dea joylashgan. G’adir-budur pastidan bilak nervi uchun spiralsimon egat (sulcus nervi radialis) boshlanadi. Ushbu egat suyakning orqa yuzasini aylanib, pastga tushgach, lateral qirrada tugaydi. Yelka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomonidan g’adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial tepacha (picondylis medialis) ateral tepacha (epicondylus lateralis) lardir. Tepachalar yuqoriga medial va lateral qirralar sifatida davom etadi. Medial tepacha ko’proq o’sgan bo’lib, orqa yuzasidan tirsak nervi joylashadigan egatcha (sulcus nervi ulnaris)inadi. Ikkala tepachalar orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi joylashgan, u ikki bo’lakka ajraladi; medial tomonda ko’ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g’altak (trochlea humeri) bo’lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarimsharga o’xshash bo’g’im yuzali boshcha (capitulum humeri) bor. G’altakning tepasida, oldingi tomonda toj chuqurchasi (fossa coronoidea) ko’rinadi, unga tirsak suyagining toj o’sig’i kirib turadi. Toj chuqurchasining lateral tomonida bilak suyagining boshi kirib turadigan chuqurcha (fossa radialis) joylashgan. G’altakning tepasida, orqa tomonda tirsak suyagining tirsak o’sig’i kirib turadigan chuqurcha (fossa olecrani) bor. Bilak suyaklari - antebrachium naysimon ikkita uzun suyaklardan iborat.Medial tomonda tirsak suyagi (ulna), lateral tomonda esa bilak suyagi (radius) joylashadi. Tirsak suyagi (ulna) ning yuqori, yo’g’on uchida yelka suyagi g’altagi bilan qo’shiladigan kattagina g’altaksimon bo’g’im o’ymasi (incisura trochlearis) bor.Bo’g’im o’ymasi old tomonda toj o’sig’i (proccessus coronoideus) va orqa tomonda tirsak o’sig’i (olecranon) bilan chegaralanadi. Toj o’sig’ining lateral tomonidan bilak suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qiluvchi botiq yuzacha (incisura radialis)o’rin olgan. Toj o’sig’ining pastida, oldingi tomonda yelka muskuli yopishishidan paydo bo’lgan g’adir-budur joyga tirsak g’adir-buduri (tuberositas ulnae) deyiladi. Tirsak suyagining tanasida oldingi, orqa va medial yuzalari bo’lib, ular oldingi, orqa va oraliq qirralari bilan ajralgan. Tirsak suyagining pastki uchi yumaloq tirsak boshi (caput 35 ulnae) bilan tugaydi, medial chekkasidan esa bigizsimon o’siq (processus styloideus) chiqib turadi. O’siq yonida bilak suyagining botiq bo’g’im yuzasi bilan birlashadigan doira bo’g’im yuzasi (circumferentia articularis) bor. Suyaklanish nuqtasi suyakning yuqori qismida 8-10 yoshlarda, pastki qismida 4-8 yoshlarda taraqqiy etadi. 16-17 yoshlarda diafiz qismi bilan suyaklanish davri boshlanadi va 20-24 yoshlarga borib batamom suyaklanib bitadi. Bilak suyagi (radius)ning proksimal uchi aksincha dumaloq boshcha (caput radii) li bo’lib, yelka suyagining boshchasi tepa tomonda botiq bo’g’im yuzasi (fovea articularis) orqali ana shu chuqurchaga joylashgan bo’ladi. Bilak suyagining shu aylangan bo’g’im yuzasi (circun ferentia articularis) esa tirsak suyagining bo’g’im yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Bilak suyagining boshi boshqa qolgan bo’laklarida ingichka bo’yni (collum radii) bilan ajralib turadi. Bo’yin pastida g’adir-budur (tuberositas radii) joylashgan. Bilak suyagining pastki uchi yo’g’onlashgan bo’lib, tashqi tomondan bigizsimon o’siq (processus styloideus) ko’rinib turadi. Ichki tomonidagi botiq bo’g’im o’ymasi (incisura ulnaris) esa tirsak suyagining doira bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi. Bilak suyagining tanasida oldingi, orqa va lateral yuzalari bo’lib, ular alohida qirralar orqali bir-biridan ajralgan. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shakldagi botiq bo’g’im yuzasi (acies articularis carpea)vositasida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Birinchi suyaklanish nuqtasi proksimal uchida 5-6 yoshda, distal uchida 1-2 yoshda paydo bo’lib, tanasi bilan 17-18 yoshlarda qo’shiladi. Bilak suyagidagi suyaklanish 20-25 yoshgacha davom etadi. Qo’l panjasining skeleti (ossa manus) kaft usti (ossa corpi), kaft (ossa metacarpi)va barmoq(falanga)- phalanges digitorum manus suyaklarga ajratiladi. Kaft usti suyaklari (ossa carpi) turli shakldagi 8 ta mayda suyaklardan iborat bo’lib, to’rttadan ikki qator joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qator (bosh barmoq tomondan hisoblaganda) qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak va no’xatsimon suyaklaridan tashkil topgan. Qayiqsimon suyak (os scaphoideum) birinchi qatordagi suyaklarning eng kattasi bo’lib, bo’rtib chiqqan yuzasi va chap tomondagi do’mboqcha (tuberculum ossis scaphoidei) si bilan ko’zga tashlanadi. Yarimoysimon suyak (os lunatum) ning tepa yuzasi bo’rtgan, pastki yuzasi esa bukilgan bo’ladi. Uch qirrali suyak (os trigutrum) da no’xatsimon suyak qo’o’shiladigan bo’g’im yuzasi ko’rinadi. No’xatsimon suyak (os pisiforme) eng kichkina suyak bo’lib, kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul payi orasida joylashadi. Ana shu to’rtta suyaklarning birinchi uchtasi o’zaro birlashib, ellips shaklidagi qavarib turgan bo’g’im yuzasinin hosil qiladi va bilak suyagining bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Pastki yuzalari esa pastki (ikkinchi) qator suyaklari bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Kaft usti suyaklarning ikkinchi, distal qatori trapesiya shaklidagi suyak (os trapezium) trapesiyasimon suyak (os trapezoideum), oshchali suyak (os capitatum) lardan iborat. Ular yuqoriga qarab yo’nalgan boshchalari yordamida boshqa suyaklardan holi joylashadi. Ilmoqli suyak (os hamatum) ning kaft tomoniga yo’nalgan ilmog’i (hamulus ossis hamati) mavjud. Kaft usti suyaklarining nomlari shakllariga mos keladi, ularning har birida o’zaro qo’shiladigan mos bo’g’im yuzalari va shu bilan birga ba’zida kaft yuzasiga turtib chiquvchi g’adir-budur do’mboqlari bo’ladi. Ossa carpi suyaklari orqa tomonga qavarib, oldingi kaft tomonga botib, kaft egati sulcus sulcus capri ni hosil qiladi. Egatcha bosh barmoq tomonidan qayiqsimon va trapesiyasimon suyak do’mboqlari, jimjiloq tomonidan ilmoqli suyak ilmog’i va no’xatsimon suyaklar yordamida chegaralanadi. Kaft suyaklari (ossa metacarpalia), beshta kalta naysimon suyakdan tuzilgan, bosh barmoq tomonidan sanalganda I, II va hakazo nomi bilan ataladi. Har bir kaft suyagining tubi (basis), tanasi (corpus) va dumaloq shakldagi boshchasi (caput) tafovut qilinadi. Kaft suyaklari uchidagi bo’g’im yuzalari yassi bo’lib, kaft usti suyaklarining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklari bilan qo’shiladi, yonbosh esa o’zaro bo’g’im hosil qilib birlashadi. I kaft suyagi kalta, asosida egarsimon bo’g’im yuzasi bo’ladi. II kaft suyagi birmuncha uzun bo’lsa, V kaft suyagi eng kaltasi hisoblanadi. Kaft suyaklari boshchasidagi sharsimon bo’g’im yuzalari birinchi barmoq falangasi suyaklari bilan bo’g’im hosil qiladi. Barmoq suyaklari (phalanges digitorum) kaft suyaklariga o’xshash kalta naysimon suyaklardan tuzilgan va barmoqlarda ketma-ket joylashgan. Bosh barmoqda boshqa qolgan to’rtta barmoqning uchtadan falanga suyaklari mavjud, bosh barmoq esa faqat ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh barmoqning birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo’lsa, o’rta falanga suyak bo’lmaydi. Qolgan to’rt barmoqlarda proksimal, o’rta va distal falanga suyaklari bo’ladi. Barmoq suyaklarining asosi (basis phalangis), tanasi (corpus phalangis), boshchasi (caput phalangis) tafovut qiladi. I va II barmoq suyaklari kaft tomoniga bir oz bukilib joylashgan. I barmoq suyaklari asosidagi bo’ im yuzalari ikkinchi qatordagi kaft suyaklari bilan birlashadi. Bu yerda II va III barmoq suyaklarining g’altaksimon bo’g’im yuzalari joylashgan. Oxirgi tirnoq falangalarining uchlari siqilib, yassi bo’lib, tirnoq g’adir-buduri-tuberositas phalangis distalis ni hosil qiladi. Kaft suyaklarining suyaklanib, rivojlanish tartibi quyidagicha bo’ladi: - kaft suyaklarining suyaklarining suyaklanish nuqtasi embrion rivojlanishi davrining 9-10 -haftalarida diafizda paydo bo’lib. 15-20 yoshgacha davom etadi; - kaft barmoqlaridagi birinchi suyaklanish nuqtasi esa bolaning 2 oylik davrida paydo bo’ladi va 18-20 yoshda to’xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |