Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti raqamli iqtisod kafedrasi



Download 202,81 Kb.
bet4/10
Sana06.02.2022
Hajmi202,81 Kb.
#433689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi YaIM ni hisoblash

Kurs ishining obyekti: O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarini tahlilqilish va uning mamlakat iqtisodiyotidamuhim ahamiyat kasb etishini o‘rganishdaniborat.
Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Resbpublikasi rivojlanishining kelajakdagi istiqbollarini o‘rganishva tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.Milliy hisoblar tizimi to’g’risida tushuncha.
YAIM – bu iqtisodiy manfaatdorligi maʼlum bir hududga qaratilgan, mamlakat rezidentlari tomonidan muayyan davrda (oy, chorak, yil) pirovard isteʼmol uchun ishlab chiqarilgan, ijtimoiy nafliklik hamda ijtimoiy qiymatga ega boʻlgan barcha tovar va xizmatlar hajmini ifodalovchi koʻrsatkichdir.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash uslubiyati shakllanishining ilmiynazariy va konseptual asoslari juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Oʻsha davrdagi iqtisodchi olimlar aynan YAIMni hisoblash uslubiyatining oʻziga bagʻishlangan tadqiqotlar olib borishmagan boʻlsada, uning shakllanishi uchun poydevor yaratishgan. Oʻz davrida ular milliy mahsulot, milliy daromad, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari kabi masalalarni oʻrganishgan. Shu asosda hozirgi kunda butun dunyo mamlakatlari oʻz iqtisodiy amaliyotida foydalanayotgan MHTning turli xalqaro andozalari hamda YAIMni hisoblash usullari shakllangan va takomillashtirilgan. YAIMni hisoblash hozirgi kunda butun dunyoda qoʻllanilayotan MHT asosida amalga oshiriladi. MHTning paydo boʻlish jarayoni uzoq tarixga ega boʻlganligi sababli, uning rivojlanishini bosqichlarga ajratgan holda oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Biroq, MHTga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili shuni koʻrsatdiki, hali iqtisodchi olimlar milliy hisoblar tizimining shakllanish bosqichlari hususida yagona fikrga kelishganicha yoʻq. Masalan, rossiyalik olim Yu.Ivanov MHTning shakllanishi va rivojlanishini ikkita bosqichga, respublikamiz olimlaridan B.Maxmudov uchta, B.Gʻoyibnazarov esa, beshta bosqichga ajratib tadqiq qilgan.
Fikrimizcha, milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib oʻrganish maqsadga muvofiq. Chunki, birinchi bosqich XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy eʼtibor milliy boylik va daromad koʻrsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmagan. Yaʼni, bu koʻrsatkichlarga iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida qaralmagan.
Ikkinchi bosqich oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlandi va undakeynschilik taʼlimoti muhim oʻrin tutdi. Bu bosqichda asosiy eʼtibor milliy boylik va milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashtirish, isteʼmol, jamgʻarma va investitsiyalarning harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim koʻrsatkichlariga aniqliklar kiritishga qaratildi. Uchinchi bosqich (1953-yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davrni oʻz ichiga olib, davlatlar vayron boʻlgan iqtisodiyotni tiklash va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yondashildi. Ushbubosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi. Toʻrtinchi bosqichda (1968-yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan maʼlumotlarni taqqoslash imkoni tugʻildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi.
Beshinchi bosqich. 1993-yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xalqaro taqqoslash imkoniyati buzildi, butun dunyo boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyotini tahlil qilish qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi qabul qilindi. Unda MHTning toʻlov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan oʻzaro bogʻliqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta boʻlim va boblari yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, kapital isteʼmoli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari koʻrsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi.
Oltinchi bosqichda MHTning eng oxirgi andozasi, yaʼni, MHT-2008 yaratildi va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning isteʼmolchilari uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini taʼminlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi.
Yettinchi bosqich 2008-yildan keyingi davrlarni oʻz ichiga olib, MHTni yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlarida respublikada oldindan amal qilib kelayotgan hisob va hisobot tizimini halqaro amaliyotda qabul qilingan andozaga oʻtkazish, mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan tizimni ishlab chiqish, mamlakat makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini xalqaro taqqoslash hamda ularni tahlil qilish eng ustuvor vazifalarga aylandi. Natijada 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni3 qabul qilindi, 1994-yilda MHTga oʻtish boʻyicha davlat dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu qonun va dasturga yangiliklar kiritish hamda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Respublikada MHTga oʻtish boʻyicha davlat dasturini amaliyotga joriy qilish dastlabki davrlarda YAIMni hisoblash bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha ishlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratdi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. BMTning MHT-93 xalqaro andozasi talablari asosida respublikada YAIM va uning tarmoq tarkibini hisoblash uslubiyati ishlab chiqildi;
2. Takror hisoblarning oldini olish maqsadida tarmoqlararo balans jadvalini tuzish ishlari amalga oshirildi;
3. Mamlakatda yaratilgan YAIM va boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni doimiy ravishda hisoblab borish imkoniyati yaratildi.
Yuqorida koʻrsatilgan ijobiy natijalar bilan birgalikda bugungi kunda, yaʼni, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish jarayonida ushbu sohadaayrim hal qilinishi zarur boʻlgan kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi balansi tizimi amal qilayotgan davrlarda jami ijtimoiy mahsulot (JIM)ni hisoblashning asosi boʻlgan tarmoqlararo balans ishlari boʻyicha katta tajriba orttirgan. Tarmoqlararo balans esa, milliy hisoblar tizimining asosi boʻlgan “harajat-natija” jadvalida ham markaziy oʻrinni egallaydi hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va istiqbolni belgilashda keng qoʻllaniladi. Tarmoqlararo balans ishlarida uzoq yillik tajribaga ega boʻlishimizgaqaramasdan hozirgi kungacha respublika milliy hisobchiligida tarmoqlararo balansning asosi boʻlgan “harajat-natija” jadvali mukammal ishlab chiqilmagan. Bu esa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni toʻliq aks ettirishga imkon bermaydi. Ushbu holatlar respublikada yangi, yaʼni, MHT-2008 xalqaro andozasi asosida YAIMni hisoblash usullarini takomillashtirish obyektiv zaruriyat ekanligidan dalolat beradi.
MHTning eng asosiy va bosh koʻrsatkichi bu - yalpi ichki mahsulotdir. Agarda mamlakat iqtisodiyotini yopiq deb faraz qiladigan boʻlsak, u holda YAIM hajmi barcha rezidentlarning ishlab chiqarishdan olgan birlamchi daromadlari yigʻindisiga teng boʻlardi. Lekin, dunyoning deyarli barcha mamlakatlari turli xil shakllarda boshqa davlatlardan birlamchi daromadlarni qabul qiladilar va muayyan darajada ularga taqdim qiladilar. Agar birlamchi daromadlarning bunday oqimini makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash jarayonida eʼtiborga oladigan boʻlsak, u holda biz yalpi milliy daromad (YAMD) koʻrsatkichiga ega boʻlamiz.



Download 202,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish