Ishbilarmonlik etikasi
Ishbilarmonlig etikasi- bu yaxshilik va yomonlik, ma‘naviylik va ahloqiylik, insonni jamiyatdagi ma‘lum o‘rni va hayoti va faoliyatining ma‘nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson hulqining ta‘limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi.
Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat‘iy nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya‘ni milliy etnik an‘analarini va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak.
Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyatlari, motivatsiya, ma‘lumoti va bilimlarining darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan hulqi bilan chambarchars bog‘langandir. Obru, faxr, halollik, izzattalablik, oliyjanoblik, muloyimlik menejer ishbilarmonlik etikasining ―arsenaliga‖ kiradi, uni ijobiy ta‘riflaydi.
Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun menejerlarga ishbilarmonlik etikasining asosini egallash muhimdir. Boshqaruv amaliyoti etik me‘yorlarni, ya‘ni kasbiy etikaning postulatlari(isbotsiz qabul qilinadigan qoidalar)ni ishlab chiqqan, ular tadbirkor, menejerning etik kodeksi deb ataluvchining asosida yotadilar. Ya‘ni madaniy tadbirkor, menejer:
o‘z mehnatini nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar, jamiyat, davlat uchun foydali bo‘lishiga ishonishi;
o‘zini o‘rab turgan insonlar ishlashni xohlashlari va bilishlari, o‘zlarini tadbirkor bilan birga ko‘rsatishga intilishlaridan kelib chiqishi;
biznesga ishonishi, uni o‘ziga jalb qiluvchi ijod sifatida baholashi, biznesga san‘atga kabi qarashi;
raqobatni zarurligini tan olishi, ammo hamkorlikni zarurligini ham tushunishi;
o‘zini shaxs sifatida, har qanday shaxsni esa o‘zi kabi hurmat qilishi;
har qanday mulkni, davlat hokimiyatini, ijtimoiy harakatlarni, satsial tartibni, qonunlarni hurmat qilishi;
o‘ziga va boshqalarga ham ishonishi, kasbiy mahorat va omilkorlikni hurmat qilishi;
ta‘lim, fan va texnika, informatika, madaniyatni qadrlashi, ekologiyani hurmat qilishi;
yangiliklarga intilishi;
insonparvar bo‘lishi kerak.
SHu munosabat bilan 1912 yilda Rossiya savdogarlari gilьdiyasi tomonidan shakllantirilgan ishbilarmon kishining tamoyillari g‘oyatda ibratlidir:
hokimiyatni hurmat qil;
halol va to‘g‘ri bo‘l;
hususiy mulkchilik huquqini hurmat qil;
insonni sev va hurmat qil;
so‘zinga sodiq bo‘l;
mablag‘larining bo‘yicha yasha;
maqsadga intiluvchi bo‘l.
Menejer uchun yana ma‘lum ijtimoiy muhitda vujudga kelgan hulq qoidalari- ishbilarmonlik etiketini bilish, hamda unga rioya qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Etiket- bu ham inson hulqini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket qoidalari g‘oyatda rasmiy xarakterda bo‘ladi va odamning oldiga erkin tanlash muammosini ko‘ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko‘proq umum insoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshli, xizmatli, jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq hara- katning tayyor modellari taklif qiladi.
Etiketning xususiyati uning dialogli ekanligidir, ya‘ni etiket barcha bir birlari bilan muloqat qilayotgan odamlar uning qoidasini bilishlari va ―bitta tilda so‘zlashishlarini‖ ko‘zda tutadi. Masalan, agar odamlar uchrashganda bir birlari bilan albatta salomlashishga odatlanmagan bo‘lsalar, sizning salomingizga hayratli qarash bilan javob qaytarishlari mumkin. Ammo madaniylashgan muhitda etiket qoidalarini umumiy bilish ko‘zda tutiladi va shuning uchun ularga rioya qilish zarur.
Insonning umumiy madaniyati ko‘pgina tarkibiy qismlardan vujudga keladi, shu jumladan uni tarbiyasining ichki nomoyon qilishini ham tashkil qiladi.
Ishbilarmon odamning kiyimi uning jamiyatda tutgan o‘rnini, qaddi- qomatini, yoshini va u qayoqqa ketayotganligini hisobga olishi kerak.
Mutaxasislarni hisoblashlaricha, ishbilarmon erkak kishi uchta kostyumga ega bo‘lishi kerak: ishchi, ishbilarmonlik va kechki. Buning ustiga galstuk barcha hollarda ham kiyimning muhim predmeti bo‘ladi.
Ishchi kiyim - bu hammadan avval oddiy kostyum (shim ka kamzul), hamda bu shim va charmdan kamzul, yaxshi tikilgan kurtka bo‘lishi mumkin, ammo barcha sanab o‘tilgan hollarda ham muqarrar shart- ko‘ylak va galstuk.
Hamma uchun umumiy qoida : kiyim bo‘yicha kutib oladilar, aql bo‘yicha kuzatadilar.
Nutq madaniyati –odamning o‘qimishligi, tarbiyaliligi va umumiy madaniyatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Firmaning muvaffaqiyatli faoliyati, uning imidji ma‘lum darajada uning rahbarlari va xodimlari qanchalik to‘g‘ri tilda so‘zlashishlariga, ular yozishmani qanchalik savodli va adabiy olib borishlari bog‘liqdir.
Inson nutq madaniyatining umumiy alomatlari mavjud: nutqning to‘g‘riligi; tilning boyligi(o‘ziga xosligi); qisqalik; ravshanlik va aniqlik; jo‘shqinlik.
Hisoblanadiki, qisqa va sodda gaplar quloqda oson qabul qilinadi, ammo qisqa jumlalarni ko‘pligi nutqni bo‘linib chiqqan va keskin qiladi, u ravonlik, ma‘noli va ritmik butunligini yo‘qotadi. Uzun jumla uning aniq mantiqiy va intonatsiyali bo‘linishi sharoitida notiqqa fikrlarning o‘zaro aloqasi va harakatini ko‘rsatish, hissiyotli keskinlikni o‘stirish va pasaytirish, nutqning ravonligini his qilinishini yaratishga yordam beradi.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash– nutq madaniyatining muhim elementlaridan biridir. So‘z faqat u o‘zining ma‘nosiga to‘liq mos holda qo‘lanilganda va boshqa so‘zlar bilan biriktirilganda eshituvchilarga ta‘sir qiladi. Ko‘pgina hollarda nutq madaniyati va til sezgisi to‘g‘ri qaror qabul qilishni aytib turadi, ammo kuzatishlar so‘zni qo‘llashdagi bir qator tipik xatolarni aniqlaganlar. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz:
an‘anaviy qabul qilingan adabiy qo‘llanishni buzilishi:
paronimlar, ya‘ni eshitilishi bo‘yicha yaqin, ammo ma‘nosi bo‘yicha har xil bir o‘zakli so‘zlarni qo‘llash bilan bog‘lik xatolar;
tavtologik birlashmalar, ya‘ni ma‘nolari asosan mos keluvchi so‘zlar birlashmalarini qo‘llanilishi, ya‘ni ―o‘zining avtobiogarfiyasi‖, ―erkin vakansiya‖ va x.k.
kulgili vaziyatni keltirib chiqaruvchi stillarni asoslanmagan holda aralashtirib yuborilishi (stilli har xillik). Masalan ―Korxona rejaning orbitasiga chiqdi‖. Oddiy kundalik ishlar haqidagi qarorlarda yuqori stilli so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llanishi jumlaning stilistik tuzilmasini buzib yuboradi;
barqaror so‘z birikmalarini yoki fraziologik birliklarni ko‘rinishini qonunsiz o‘zgartirilishi. Ma‘ruzalarda hali ham ― u asosiy skripkani o‘ynayapti‖ (―birinchi skripka‖ning o‘rniga)ni eshitish mumkin.
Eshituvchilarning asosiy e‘tibori asosan aytilganlarning ma‘nosini idrok etishga jamlangan, ammo bunga faqat notiqning nuqsonsiz talaf- fuzidagina erishish mumkin. U so‘zining odatdagi shaklini buzsa, urg‘uni noto‘g‘ri qo‘ysa, auditoriya darhol noma‘lum eshitilishni xotirasida saqlanadigan etalon bilan beixtiyor taqqoslash bilan javob qaytaradi.
Menejerning qo‘l ostidagilari, hamkasblari bilan ishga doir munosabatlari muhim ahamiyatga egadir. Bunga hammadan avval insonning liftdagi, ko‘chadagi, idoradagi hulqi, ya‘ni uning imidjini yaratadi- ganlarning barchasi kiradi. SHuning uchun rahbar jamiyatdagi hulqini qoidalarini bilishi zarur. Mana ulardan ba‘zi birlari.
Qanday rangdagi boshliq qo‘l ostidagining xonasiga kirmasin, xona xo‘jayini yoshi va jinsidan qat‘iy nazar qo‘lini uzatadi. Faqat qarshidan kelayotgan odamga yoki stol orqali qo‘lini uzatish mumkin emas. Agar siz keluvchining oldiga xotirjamlik bilan yaqinlashsangiz, qo‘l uzatib salomlashsangiz, o‘tirishni taklif qilsangiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Ishbilarmonlik etiqotining e‘tiborni qaratish zarur bo‘lgan muhim qoidasi vaqt va va‘dalarda aniqlikni rioya qilishdan iborat bo‘ladi. Ahloq nuqtai nazaridan
o‘z vaqtida bo‘lmaslik, intizomsizlik – bu sherik va boshqa kishining vaqti va manfaatlariga nisbatan hurmatsizlik yoki pisand qilmaslikni nomoyon qilinishidir.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bizning tadbirkorlarimiz qaerda bo‘lishmasin, ular hamma vaqt ham o‘z mamlakatining munosib vakili bo‘lishilari kerak. U sheriklarining an‘analari va odatlariga g‘oyatda e‘tiborli bo‘lishi kerak. Zaruriyat bo‘lmagandi siyosiy yoki diniy falsafiy munozaralarga kirishish, o‘z Vatani haqida yomon gaplarni aytmaslik va turgan mamlakatidagi tartiblarni tanqid qilmaslik tavsiya etiladi. SHeriklarga nisbatan chidamlilik, hurmatni namoyon qilish, e‘tibor va odob saqlash o‘zaro foydali natijalarga erishishning chin istagini amalga oshirishga yordam beradi.
SHuni tushunish kerakki, davlat chegarasini kesib o‘tgan paytingizdan boshlab siz boshqa davlatning fuqarolik va jinoiy qonunlari ta‘siri ostiga tushasiz. Agar qandaydir mamlakatda siz fuqarolik kodeksini buzgandi ayblansangiz (qarz, shartnomani uzib qo‘yish va x k ), sizni qamoqqa joylashtirishlari mumkin yoki sizga mamlakatdan masala tartibga solingunga qadar chiqib ketish huquqini berish rad qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |