Xizmat ma’lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy
ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatga ega bo‘lgan xilma- xil
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida
tayyorlanadi. Xizmat ma’lumotnomasi o‘z navbatida ikkiga – ichki xizmat va
tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi.
Shaxsiy ishonchnomalar –ayrim shaxs tomonidan boshqa
bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib
berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki
qimmatli buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobillarni
boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni
boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch
bildiriladi. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda odatda qo‘lda
yoziladi, lekin, unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi
shart: