3-topshiriq.
Namunaga asoslanib har bir harfga bittadan iqtisodiy so‘zni
keltiring. Namuna:
Aa – aksioner
Qq – qism
Bb – byudjet
Rr – rentabellik
Dd – delegatsiya
Ss – ssuda
Ee – eksport
Tt – tadbirkor
Ff – foiz
Uu – ulgurji
Gg – garov
Vv – veksel
Hh – hamkor
Xx – xususiy
Ii – import
Yy – yig‘imlar
Jj – jamgarma
Zz – zarar
Kk –kompaniya
O‘o‘ – o‘lja
Ll – litsenziya
G‘g‘ – g‘azna
Mm –marketing
Sh sh– shartnoma
Nn – narx-navo
Ch ch – chakana
Oo – omonat
Ng ng – teng
Pp – pul
4-
t
opshiriq.
Rus va boshqa tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-so‘z tarjima
qilish orqali yasalgan 20 ta qo‘shma (iqtisodiy) so‘zni yozing va ularning har
biriga gap tuzing.
5-topshiriq.
Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
O‘zbek yozuvlari tarixi.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida
boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u
umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi.
Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap
tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |