Reja:
1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.
2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z tarkibi va yasalishini o’rganish metodikasi.
3. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimi.
4. O‘zakni o‘rganishning xususiyatlari.
5. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash.
Tayanch iboralar: grammatika, aqliy faoliyat, lingvistika, leksik, morfemik.
Grammatik tushunchalarda ham boshqa tushunchalar kabi hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavxumligi bilan farqlanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda tushuncha juda ko‘p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib 8olish uchun mavxum tafakkur rivojlangan bo‘lishi kerak. Mavxum tafakkur ta’lim jarayonida maxsus mashqlar orqali rivojlantirilib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mavxum tafakkurlarini rivojlantirishga e’tibor bermasa, o‘quvchilar so‘zlarni taqqoslay olmaydilar va ularni muhim xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga birlashtira olmaydilar. Masalan: yurmoq, ekmoq, chopmoq, uxlamoq, ko‘karmoq, o‘smoq yoki kitob, do‘st, gulchi, qahramonlik, qadam, tinchlik va h.
Demak, tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilarda mavxumlashtirish ko‘nikmasini o‘stirish, ular diqqatini so‘zning aniq leksik ma’nosidan grammatik ma’nosiga qaratish va shu guruhdagi so‘zlarga oid umumiy grammatik belgilarni hisobga olgan holda bularni bir guruhga birlashtirishni talab etadi.
Grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon shartli ravishda 4 bosqichga bo‘linadi;
1-bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini taxlil qilish. Bu bosqichda ma’lum so‘z va gaplarning leksik ma’nosidan kelib chiqib, mavxumlashtirish amalga oshiriladi va til hodisasi uchun xos bo‘lganlari ajratiladi.
2- bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, atama berish.
3-bosqich – tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish, belgilar mohiyatini va ular orasidagi bog‘lanishni aniqlash.
4-bosqich – yangi til materiali asosida o‘rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash.
Ko‘rsatilgan bosqichlarni “Fe’l” grammatik tushunchasini shakllantirish jarayonini misolda ko‘rsatib beriladi.
Grammatik tushunchalarni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun o‘qituvchi quyidagilarga alohida e’tibor berishi zarur;
1. O‘quvchilar faqat darslikdagi misoldan foydalanmay, o‘zlari mustaqil yoki o‘qish kitobidagi matnlardan topa olsinlar.
2. Qoida aytilgach, o‘quvchidan shu qoidaga mos so‘z yoki so‘z birikmasini qidirib topish yoki o‘ylab topgan misoli orqali qoidani isbotlash talab qilishi.
3. Tushunchaning o‘ziga xos belgilarini qoidani qismlarga bo‘lgan holda sanab berishini so‘rash.
Ko’rsatilgan bosqichlarni „fe’l“ grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida ko’rib chiqaylik:
Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim belgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko’pgina tekshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o’zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati samaradorligi ortishini ko'rsatdi. Masalan, o’quvchilar harakatlarini kuzatish asosida gap tuzadilar. Darsda o’quvchilarni fe’ldan foydalanish va e’tibor bilan yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko’rilgan film, shu darsda ko’rsatilgan diafilmning biror qismi, o’qilgan hikoya, rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kerakli so’z (fe’l)ni jamoa bo’lib topish imkonini beradigan vaziyat yaratish muhimdir. Masalan, mavzuni o’rganishdan oldin o’quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |