Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ona tili o’qitish metodikasini o’qitishda darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallardan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash, interfaol usullarni, ta’limiy vositalami ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |