Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’rda istiqlol bolalari – quvnoq oʻgʻil-qiz bolalar nomidan joʻshib kuylanishining sababini izohlash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oʻstirish, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
I-bosqich
Tashkiliy qism
|
Oʿquvchilar davomati aniqlanadi. Sinf oʿquvchilariningdarsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
“Raqamlar tilsimi” oʿyini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj
(refleksiyalarni aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim boʿlgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Otgan darsni soʿrab baholash, oʿqish malakalarini tekshirish
2.”Tezkor javob” oʿyini oʿynaladi.
3. “ Topqirlar” oʻyini
4.She’rni oʿqishga tayyorgarlik. Muallif haqida ma`lumot beriladi.
5 She’r audio orqali matn oʻqib eshittiriladi
6.Lugʿat ishi.
7. Dam olish daqiqasi
|
Savol-javob
Izlanish
Izlanish
Suhbat
Namoyish
|
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1.“Davom ettir” usulidan foydalanib, ifodali qilib oʻqitiladi.
2. “Qofiyadoshini top” mashqi
3. Test topshiriqlari
4. O’qituvchi savollariga javob topiladi.
|
Izlanish
Suhbat
|
5 daqiqa
2daqiqa
5daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va baholash
|
Oʿquvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Ertakni oʿqib, mazmunini soʿzlab berish
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish
O’qituvchi:
-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.
Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,
O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.
O‘quvchi: Hozir o‘qish darsi
Darsimiz shiori:
-Bilim ol, hunar tanla!
-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu_____
-Sog`ligimiz.
O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?
Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,
Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.
Davomatni aniqlash
O
Qani,ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
’qituvchi:
-Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
-Hamma sog` omonmi? -Ha.
- Juda yaxshi demak darsda hamma bor.
Fasl haqida suhbat o`tkazish
-Hozir yurtimizda qaysi fasl ?
-Hozir yurtimizda kuz fasli.
-Kuz faslida tabiatda qanday o`zgarishlar r`oy beradi?
-Kuz faslida havo soviydi, yomg`ir yog`adi, daraxtlarning barglari sarg`ayib to`kiladi, dalalarda yig`im-terim ishlari boshlanadi.
“Raqamlar tilsimi” o‘yini
-Bu faslda yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi?
sonlarni bu faslda yurtimizda nishonlanadigan bayramlarni aytishingiz zarur
1-sentabr “Mustaqillik bayrami”, 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”,
2-sentabr “Bilimlar kuni”,
21-oktabr “Til bayrami”,
18-noyabr Bayrog`imiz qabul qilingan kuni va “Mehrjon bayrami” nishonlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |