Kelasi zamon fe’li
Kelasi zamon fe’li nutq so'zlab turgan paytdan keyin bajariladigan (yoki bajarilmaydigan) harakatni bildiradi. -moqchi kelasi zamon qo'shimchasidir.
408-mashq. “Mening orzum” mavzusida hikoya tuzing. Hikoya tuzishda quyidagi savollardan foydalaning.
Siz nimalarni orzu qilib yashayapsiz? 2. Bu orzu sizda qanday paydo bo‘ldi? 3. Orzungizning ushalishi uchun nima qilmoqchisiz? 4. Siz hozir qaysi fanlarni qunt bilan o’rganyapsiz?
Tuzgan hikoyangizdagi fe’llarning tagiga chizing. Shu fe’llarning ustiga qaysi zamonda ekanini yozing.
411- mashq. O’qing. Ajratib ko'rsatilgan fe’llarga yaqin ma'noli fe’llarni tanlab, ularni namunadagidek yozing.
N a m u n a: gapirmoq — so'zlamoq
Gapirmoq, yanglishmoq, eslamoq, tayyorlamoq, takrorlamoq, istamoq, chanqamoq, hozirlamoq, so'zlamoq, qaytarmoq, adashmoq, xotirlamoq, suvsamoq, eshitmoq, bajarmoq, tinglamoq, ijro qilmoq, xohlamoq.
MAVZU: Fe’l zamonlari
Darsning maqsadi: a) o‘quvchilarga fe’lning uch zamoni, zamonning nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma’lumot berish. o’quvchilarning lug‘atini siniqib, davlat arbobi, iste ’dod so‘zlari bilan boyitish. o’quvchilarning bogManishli nutqini o‘stirish; b) ajdodlarimiz shaxsi asosida o‘quvchilarni dovyufak, kuchli, sog‘lom qilib tarbiyalash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: muammoli metod.
Dars jihozlari: fe’l zamonlarining qo‘shimchalari yozilgan jadval.
Darsning borishi:
Yangi mavzuni tushuntirish til materiallarini kuzatishdan boshlanadi. Doskaga darslikdagi 399- mashqda berilgan gaplar uch ustun qilib yozib qo‘yiladi:
Shu o‘rinda muammo paydo bo‘ladi. Muammoni o‘qituvchi hal qiladi:
— Fe’llarda harakat uch zamonda bajariladi. So‘zlab turgan paytingizdan oldin (egallashdi), so‘zlab turgan paytingizda (egallamoqdamiz), so‘zlab turgan paytingizdan keyin (egallamoqchiman) bajariladi. Qachon bajanlayotganini so‘zlab turgan paytingizga qarab belgilaysiz. Agar so‘zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo‘lsa, o'tgan zamon fe’li; so‘zlab turgan paytingizda bajarilsa, hozirgi zamon fe’li, so'zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa, kelasi zamon fe’li bo‘ladi. -di, -gan, -yap, -moqda, -moqchi — zamon qo‘shimchalaridir.
O’quvchilar doskadagi gaplami yozib oladilar. Fe’llarning tagiga chizadilar. Har bir fe’ldan so‘ng qavs ichida o‘tgan zamon fe’li, hozirgi zamon fe’li, kelasi zamon fe’li deb yozib qo‘yadilar.
mashq. o’quvchilar she’mi ifodali o‘qiydilar. Fe’llarni so‘roqlar yordamida aniqlaydilar. Matn yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:
She’r necha banddan iborat?
She’rda nechta gap mavjud?
She’r kimning tilidan yozilgan?
Sovuq nimalar qilibdi?
Bolalarning harakatini bildirgan so‘zlarni toping, (o’tirmaymiz, o’smoqdamiz)
Sovuqning harakatini bildirgan fe’llarni aniqlang (qoldirmoqchi, bilmoqchi).
Maysa, nihol,qushlarning ish-harakatini bildirgan fe’llarni toping (qotdilar, ketdilar).
O’quvchilar fe’llarning zamon ini aniqlab, 3 guruhga bo‘lib yozadilar. Fe’l zamonlarini ifodalagan qo‘shimchalarning tagiga to‘lqinli chiziq chizadilar: qotdi, ketdi; o‘tirmaymiz, o‘smoqdamiz; qoldirmoqchi, bilmoqchi.
Lug‘at ishi.
siniqib— so’lib, sarg‘ayib.
mashq. o’quvchilar shartga ko‘ra ishla, o’qi, yoz fe’llarini uch zamonda qo‘llab, ular ishtirokida gaptar tuzishadi.
B uning uchun quyidagi so‘zlardan foydalanishadi. So‘zlar rasmlar orqali ifodalanadi:
O’quvchilar tuzgan gaplaridagi fe’l zamonini ifodalagan qo‘shimchaning tagiga tegishlicha chizadilar, zamonini qavs ichida ko‘rsatadilar.
Uyga vazifa. 402- mashq. O’quvchilar matnni o‘qiydilar. Matndagi ma’nosi tushunarsiz so‘zlar izohlanadi.
Lug‘at ishi: iste’dod — qobiliyat, talant.
Uyga so‘roqlar yordamida fe’llarni aniqlab zamonini aytish, Alisher Navoiy hikmatlaridan topib kelish topshiriladi.
5.Darsning vaqt imkoniyatiga qarab quyidagi mashq turidan foydalanish mumkin: doskaga matn yozilgan ko'rgazma ilinadi. O’quvchilar nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib, matnni o‘qiydilar.
Bahor kel... . Quyosh yerlarni isit.... . Qushlar issiq o’lkalardan uchib kel.... . Daraxtlar kurtak yoz…. .
O’quvchilar qo‘shimchalar orqali fe’lning shaxs-sonini, zamonini qavs ichida ko‘rsatadilar.
Dars o‘quvchilardan „Bugun nimalarni bilib oldingiz?“ savoliga javob olish va ularning javoblarini umumlashtirish bilan yakunlanadi.
O’quvchilarning to‘plagan reyting ballari e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |