Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.
30-amaliy mashg’ulot: Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish darsining rejasi va ishlanmasini tuzish (2 soat)
1-topshiriq: Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishida misollar keltiring.
2-topshiriq: Kishilik olmoshlarini o'rgatishning eng qulay usuli haqida gapiring.
3-topshiriq: Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda o'rgatiladi?
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo'yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o'quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ulaming yangi mavzuni o'rganishlariga zamin tayyorlanadi:
— Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini ayting.
— Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo'shiladi?
— Kelishik qo'shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring.
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Davlatdan - ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, -dan qo'shimchasi otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi:
— O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu so'z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan qo'llangan? Bu qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo'shimchasini va bog'lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
— Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko'z o‘ngimizda. Qo'shimchani va so'zlaming bog'lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko'z o'ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq.
O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi?
— Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi?
— Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa so'zlarga)
— Kelishik qo'shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, bizdan kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-darajali bo'lak)
— Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak bo'lib kelyapti? (Ega)
O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
— Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo'lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi.
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi.
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham yo'qotishdir.
O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |