Darsning maqsadi:
Ta’limiy: gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy sharqona odob-axloq qoidalarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini aniq bayon qilishga o‘rgatish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: muammoli metod, suhbat, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
mashq sharti asosida tekshiriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar berib, o‘quvchilar baholanadi.
Yangi mavzu bayoni.
mashq. O’qituvchi mashqda o‘quvchilar diqqatini jamlash maqsadida “Xatosini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanishi mumkin. Buning uchun doskaga (yoki slayd orqali) tipratikan haqidagi matn noto‘g‘ri yozib qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilarga matnni avval yaxshilab o‘qish topshirig‘i beriladi.
Qishda tipratikanlar shox-shabba tagida keldi.
Mana bahor ham uyg‘ondi. Ona tabiat turdi.
Tipratikanlar qish uyqusidan uxlaydi.
O’quvchilar o‘qituvchi tomonidan ataylab yo‘l qo‘yilgan xatoni topishadi. Matndagi gaplarni o‘z o’rniga qo‘yib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Har bir gapning asosi (mazmuni)ni bildirgan so‘zlarni aniqlab, tagiga chizadilar.
Ekranda so‘zlar beriladi. O‘quvchilar shu so‘zlardan gap tuzishlari kerak. Buning uchun so‘roq so‘zlar o’rniga so‘roqqa javob bo‘ladigan so‘zlarni qo‘yib gap hosil qilinadi. So‘zlar o‘qiladi. Berilgan so‘zlar nimani bildiradi? Shu so‘zlardan gap hosil bo‘lishi uchun nima qilish kerak? So‘roqlarga javob bo‘lgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi.
Mavzuni mustahkamlash.
mashq. “O’z o’rnini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanib ushbu mashqni bajarish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi ikki xil matematik shakldan foydalanib, shakllar ichiga mashqdagi so‘zlar yozib qo‘yiladi. O’quvchilar avval shakllarni ikki guruhga ajratib oladilar va shakllar ichidagi so‘zlardan gap tuzadilar.
sevadi, juda, yer, mehnatni.
yaxshi, yerdan, olinadi, hosil.
Mashq asosida savol-javob o‘tkaziladi:
Berilgan so‘zlar nimani bildiradi?
Shu so‘zlardan gap hosil bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
(Gap hosil qilish uchun so‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog‘lanadi.)
Mashqda nimalar yozilgan? (So‘zlar.)
Nima uchun bu so‘zlar gap hosil qilmadi. (So‘zlar o‘zaro bog‘lanmagan.)
So‘zlardan gap hosil qilish uchun nima qilarniz? (Avval gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zlarni topib, shu so‘zlarga so‘roq berib, u haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlarni topamiz, mazmunan bog‘langan so‘zlardan gap tuzamiz.)
Masalan, birinchi gap yer haqida aytilgan. Nima? yer. Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi. Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi. Yer mehnatni juda sevadi. Ikkinchi gap ham shunday yo‘l bilan tahlil qilinadi.
Darslikdagi qoida o‘quvchilar bilan birgalikda keltirib chiqiladi.
So‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog'lanib, gap hosil qiladi.
Bu topshiriq yangi mavzuni tushuntirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun qoida tushuntirilishi jarayonida animatsiya bajariladi.
Darsga yakun yasash va baholash.
Bugun darsda nimani o‘rgandingiz?
Nimalarni bilib oldingiz?
Gapda so‘zlarning bog‘lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. 262-mashq.
Mazmuniga mos so‘zlarni savollar o’rniga qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Bahorda (nimalar?) gullaydi. Qirda (nimalar?) ochiladi. Egatlarga (nimalar?) ekildi. Yaylovda (nimalar?) o‘tlaydi.
Gap nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar tagiga chizing.
31-mashq. O’qing. So‘roqlar yordamida o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlang. Ularning boglanishini chizma yordamida ko‘rsating.
Namuna:
Biz maktabimizga shoirlarni taklif qildik. Kechaga Po’lat Mo’min, Tursunboy Adashboyevlar kelishdi. Ular bizga yangi she’rlaridan o‘qib berishdi.
Esda tuting.
Gapda so‘zlar o‘zaro boglanib keladi. Gapda so‘zlarning bog’lanishi so’roqlar yordamida aniqlanadi.
Ikkinchi darajali bo’laklar gapda bosh bo’laklar bilan yoki boshqa ikkinchi darajali bo’laklar bilan bog‘lanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan davlat ta’lim standart, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son
2.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan o’quv dasturi, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son.
3.G’afforova T va boshqalar, Ona tili, 1-sinf uchun darslik, T-2006.
7-amaliy mashg’ulot: 3.5. Bog’lanishli nutq va uni o’stirish vazifalari.
Reja:
1. Bog’lanishli nutq haqida
2. Bog’lanishli nutqga oid asosiy ko’nikmalar
3. Metodik an’analarga ko’ra matnli mashqlar turlari.
1-topshiriq. Hikoya, insho uchun mavzuga taaluqli, uni yorotishga zarur bo’lgan materialni yig’ish.
2-topshiriq. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillik joylashtirish, matn rejasini tuzish.
3-topshiriq. Matnli mashqlarga misollar keltiring.
Bog‘lanishli nutq va uni maktabda egallash. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tushgallangan va o‘zaro bog‘langan ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog‘lanishli nutq deyiladi.
Bog‘lanishli nutq birligi deb hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni hisoblash mumkin.
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqdan mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2) o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar lug‘atini aktivqlashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4) o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki syujet asosiad o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o‘quvchilar saviyamsiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) o‘qituvchi bergan matnni og‘zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyasini sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Do'stlaringiz bilan baham: |