Mantiqiy mashqlar. Mantiqiy mashqlar bolalaming narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to‘g‘ri fikrlash usullarini o ‘rgatadi. O'quvchi maktabga kelganda, ko'p lug'at boyligiga ega bo'lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo'yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining obyekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so'zlar bo'lsa). Mantiqiy mashqlaming vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so'z bilan aniq ifodalashga o'rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o'rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o'stirish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan davlat ta’lim standart, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son
2.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan o’quv dasturi, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son.
3.G’afforova T va boshqalar, Ona tili, 1-sinf uchun darslik, T-2006.
4.Qosimova K va boshqalar, Ona tili, 2-sinf uchun darslik, T-2006.
5.Fuzailov S, Xudoyberganova M, Ona tili, 3-sinf uchun darslik, T-2006.
6.Ikromova R va boshqalar, Ona tili,4-sinf uchun darslik, T-2005.
6-amaliy mashg’ulot: 3.4. So’z birikmasi ustida ishlash (2soat)
Reja:
Gapda so’zlarning o’zaro bog’lanishini chizmada ko’rsatish.
Matnda uchragan so’z birikmalarining ma’nosini tushintirish.
So’z birikmalarini o’rganish bilan bog’liq holda so’z birikmalarini tuzdirish
1. Nazariy savol-javob:
So’z birikmasini qanday so’zlar tashkil etadi?
Gapni so’z birikmalariga ajratish usullari bilan tanishtiring.
So’z birikmasi ustida qanday ishlar olib boriladi? (so’z birikmasi ma’nosini tushuntirish, o’quv faoliyati jarayoni bilan bog’liq holda uchragan yangi so’z bilan so’z birikmasi tuzish: masalan, so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’z birikmasi tuzdirish).
So’z birikmasi va gap ustida ishlashning amaliy ahamiyatini tarmoqlash usulida yoriting.
2. Kichik guruhlarda ishlash. 3 ta kichik guruhlar tashkil etiladi.
1-guruh uchun topshiriq:
2-sinfda so’z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
2-guruh uchun topshiriq:
3-sinfda so’z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
3-guruh uchun topshiriq:
4-sinfda so’z birikmasi ustidagi ishlarni amaliy yoritib bering.
Har bir guruhning chiqishlarini baholash.
3. Har bir guruhning faoliyatini talabalarning o’zlari muhokama qiladi va baholaydi.
4. Amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini eshitish va darsni yakunlash.
Dars ishlanma
Dars mavzusi. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |