Mustaqil ish metodi.
Tashkiliy qism.
Talabalar ikki guruhga ajratiladi, ekspert guruhi (3 talabadan iborat) tuziladi. Ular talabalar bilimi, faoliyatini baholab beradi.
Talabalarning javobini ham to‘ldirib turadi, izohlab.
«Lahzada aql charxi» o‘yini tashkil etiladi. Har ikki guruhga savollar yozilgan kartochkalar konvertga solib beriladi. talabalar savollarga tezlik bilan tayyorgarliksiz javob berishlari talab qilinadi.
1 -guruh uchun savol-topshiriqlar.
4-sinfda ona tili dasturida lug‘at ustida ishlashning qaysi xususiyatlari o‘rganiladi deyilganlar.
Professor K.Qosimova «Lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asoslari va vazifalari nima deb hisoblaydi? Nima uchun?».
Lug‘at ustida ishlaganda qanday o‘quv materiali tashlash maqsadga muvofiq?
Maktabda lug‘at ustida ishlashning asosiy yo‘llarini tushuntiring.
2-guruh uchun savol-topshiriqlar.
4-sinfda ona tili dasturida lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilar bilimiga qanday talablar qo‘yilgan?
Pedagogik bilim yurtlari talabalari uchun nashr qilingan «Ona tili metodikasi» darsligida Lug‘at ustida ishlashni o‘rgatish bo‘yicha qanday metodik tavsiyalar berilgan?
Lug‘at bilan ishlayotganda o‘quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
So‘z ma’nosini tushuntirishda qaysi usullardan foydalaniladi?
2. Dars fragmentlarini kuzatish.
1 -guruh uchun.
topshiriq. Darsda «Sinonimlar» mavzusini tushuntirish fragmentini amaliy yoritib bering.
topshiriq. Darsda «Sinonimlar» mavzusini mustahkamlash fragmentini tashkil qilib bering.
topshiriq. Ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash dars fragmentini ishlab chiqing.
2-guruh uchun.
topshiriq. O’qish darsida lug‘at ustida ishlash dars fragmentni ishlab chiqing.
topshiriq. Lug‘at ustida ishlash jarayonida antonimlar ustida ishlash namunasini ko‘rsating.
topshiriq. Mavzu yuzasidan qo‘shimcha ta’limiy vositalar ishlab chiqing.
Kuzatilgan dars fragmentlarini tahlil qiling.
Darslik materiallari ustida ishlang.
Berilgan so‘zga sinonim tanlang:
Osmon - ko‘k, samo, falak:
Mazali - lazzatli, laziz, totli, xushxo‘r:
Ko‘nikmoq - o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
Quyidagi tekstda mos bo‘lgan sinonimlami tanlab gapni ko‘chiring:
Daryo suvini (bahor, ko‘klam) toshirar,
Odam qadrini (mehnat, ish) oshirar.
Oltin (o‘t, olov, alanga) da, odam mehnatda bilinidi.
Birlashgan (yov, dushmanni)ni qaytarar.
Berilgan so‘zga antonim tanlang:
Azob - ... , do‘stlik - ... , yoz -... , yoshlik - ... , anqov - ... , ahil - ... , dono - ..., kasal - ... , kasallandi -, yondi -, boshlandi -....
Do'stlaringiz bilan baham: |