Yog‘och qurtlari: A – teredo mollyuskasi, B – teredoning yog‘ochda paydo qilgan yо‘llari, V – xelyura qisqichbaqasi, G-D – limnoriya qisqichbaqasi.
Teredinidae oilasi eng xavfli yog‘och qurtlaridan iborat bо‘lib, ularga Teredininae va Bankiinae kenja oilalarining 15 avlod turlari kiradi.
Biz quyida teredoning bir turi xususida har tomonlama ma’lumot keltiramiz.
Teredo bir turining shakli chuvalchangsimon formada, kichik chig‘anoqqa ega va u qurtning oldingi qismida joylashgan. Ikki pallasi bog‘lagichlar bilan bog‘langan. Oldindagi pallalari orasida oyog‘i joylashgan, u tayanch va suzishga xizmat qiladi. Bundan tashqari u parmalashda ham ishtirok etadi va mollyuskni aniq holatda mahkamlaydi. Chig‘anoq tishchalar bilan qoplangan. Oldingi tishchalari kattaroq, pona shaklli, yoniga va orqaga qaratilgan. Orqaga tortiluvchi mushaklarining qisqarishi natijasida chig‘onoqning oldingi chetlari ochiladi va daraxtni yemiradi. Bir minutda 8-12 marta harakatlanadi. Oldingi tishlari yо‘l arralaydi, orqasidagilar uni kengaytiradi. Qirindilar qizilо‘ngachga tushadi. Oldingi oshqozon kо‘p sonli bо‘rtmalar bilan qoplangan bо‘lib, bu bezlar sellyulatik fermentlarni saqlaydi (sellyulaza va selllobiaza), ular yog‘ochni hazm qiladi. Tanasida kiruvchi va chiquvchi sifonlari hamda ohakli tuzilmalar mavjud, ular yog‘ochga kirish joyini yopadi. Teredolarda protoandrik germofroditizm mavjud, ya’ni oldin ular erkakday, sо‘ng urg‘ochidek funksiyani bajaradi. Urug‘lanish tashqi yoki ichki muhitda amalga oshadi. Tuxumdan troxofora, undan sо‘ng boshqa ikki pallali mollyusklar singari veliger lichinkasi rivojlanadi. Ayrim turlar juda kо‘p vaqt davomida yoshlarini kо‘tarib yuradi. Lichinkalar 2-3 hafta suvda suzib va asta-sekin kichik chig‘anoqqa – velikonxga aylanadi va yog‘och ichiga о‘rnashib oladi. Lichinkalar kimyoviy retseptorlarga ega bо‘lsa kerak, shuning uchun ham yog‘och ekstraktlari lichinkalar о‘rnashib olishi uchun ularni о‘ziga jalb qiladi. Teredo navalis ning bir zoti lichinkalarining soni 0,5-1,5 mln ga yetadi, ular issiq dengizlarda bir yilda 3-4 marta kо‘payadi. Shunday qilib bir zotdan bir yilda 6 mln. lichinka chiqadi, ular qirg‘oqlarda tarqaladi, hatto okeanlardan ham oshib ketadi. Daraxtlarga о‘tib, lichinka g‘ilof bilan qoplanadi, uning himoyasida daraxtga buralib kiraveradi. Kirish tuynigi 0,3 mm. Mollyusklarning о‘sishi suvning turi va haroratiga bog‘liq, ammo har doim yuqori. Masalan, Qora dengizda T. navalis 4 oydan sо‘ng 12-14 sm uzunlikka yetsa, bir yildan keyin 35 sm gacha о‘sadi.
Xullas, yog‘ochqurt-parmalovchilar turli-tuman bо‘lib, kо‘plab dengiz va okeanlarning chuqur bо‘lmagan joylaridan tortib, to batial 5000-6000 m va abbisal 7000 m chuqurliklargacha yashashi aniqlangan. Ksilofaglar, yog‘ochlardan asosan substrat maqsadda foydalanib, oziqlanish uchun foydalanmaydi. Bu mollyusklar bambuk va kokos yong‘oqlarida ham uchraydi. Ular hatto suvosti kabellarida qayd qilingan, kabellarni ham zararlashi mumkin. Bu ikki pallali molyuskalar Pholadidae oilasiga mansubdir. Yana shunisi muhimki, ushbu mollyusklarning turlari faqat yog‘och parmalovchi bо‘libgina qolmay, balki toshlarni ham teshadi.
Dengizlarda yog‘och parmalovchilariga yana ayrim qisqichbaqasimonlilar Isopoda turkumidan –Limnoriidae, Shaeromiidae, Corallanidae; Amphipoda turkumida esa – Cheluridae oilalar turlari kiradi.
Yog‘och qurtlari asosan Qora dengizning Kavkaz kirg‘oqlarida juda kо‘p. Bu yerda ular yozgi uch oyda kemalarning yog‘och qoplamalarini, 1-2 yilda qoziqoyoqlarni ilma-teshik qilib tashlaydi. Chunki ushbu hududda teredoning soni yozgi davrda 1 sm2 da 70 donadan ortiq bо‘ladi. Ammo Qrim qirg‘og‘ida 1 sm2 da ularning soni yozda 15 donaga yetmaydi, bu suvning shо‘rlik darajasi va haroratning pastligi bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.
Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.
Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.
Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |