nomenklaturasini ishlab chiqishni taklif qildi. Bugungi kunda bu g‘oya dunyoning barcha
mamlakatlarida amalda qo‘llanmoqda.
Giyar tomonidan qo‘llanilgan ―demografiya‖ so‘zi asta-sekinlik bilan avvalo Frantsiyada
tarqaldi. 1874 yilda Giyarning kuyovi bo‘lgan Lui Adolf Bertiloning ―Fransiyaning ko‘rgazmali
demografiyasi‖ asari nashr etildi. 1882 yilda bu so‘z Xalqaro gigiena va demografiya kongressida
atama sifatida rasmiy tan olindi. 20 asr boshiga kelib esa Evropada aholi statistikasi sinonimi sifatida
keng tarqaldi. 1872 yilda Peterburgda bo‘lgan Xalqaro Statistika kongressi munosabati bilan rus tiliga
kirib keldi. Hozirgi kunda bu atama barcha mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. Xususan
O‘zbekistonda demografiya fani 20-asrning 60-yillaridan boshlab oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila
boshlandi. Biroq demografiya fani faqat sharhlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning o‘rganish
doirasi bir muncha keng va chuqurdir.
Demografiyada asosiy kuzatuv birligi - inson hisoblanadi.
Inson hayoti davomida uning
fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma‘lumotlilik darajasi, oilaviy holati, kasbi-kori, malakasi
ijtimoiy guruhi,
yashash joyi, til bilish kabi imkoniyatlari o‘zgarib boradi. Ana shu alohida inson
hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar yig‘indisi umuman aholi hayotidagi ijtimoiy - iqtisodiy va
demografik o‘zgarishlarga olib keladi.
Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi, yolg‘izlar, bo‘ydoqlar soni esa kamayadi.
Nikohning bekor etilishi, ya‘ni, ajralish jarayoni esa aholi tarkibida tugalemas oilalarning va bevalar
salmog‘ining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Inson dunyoga kelar ekan ma‘lum davr yashaydi. Ana shu
davr mobaynida u ulg‘ayib boradi.
Go‘daklik davridan bolalikka, o‘smirlik, yoshlik o‘rta yoshlik, etuklik davrlariga o‘tadi. Har bir
o‘quv yili tugashi bilan aholi tarkibida ma‘lumotlilar soni oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs
hayotidagi o‘zgarishlar aholi guruhidagi o‘zgarishlarga olib keladi. Insonlarning bir xududdan ikkinchi
bir xududga ko‘chib o‘tishi
migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va tarkibiga ta‘sir etadi.
Aholi soni tug‘ilish va o‘lim hisobiga doimo o‘zgarib boradi. Tug‘ilish jarayoni aholi sonini
ko‘payishiga olib kelsa, o‘lim uning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlari
asosida aholi tabiiy o‘sishi sodir bo‘ladi. Agar tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘lsa, aholi
ko‘payib boradi, aksincha, o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, aholi kamayib boradi.
Ma‘lumki, jamiyatda har doim qandaydir sabablarga ko‘ra aholining bir qismi hayotdan ko‘z
yumadi, ya‘ni vafot etadi. Yana bir qism aholi esa, dunyoga keladi. Jamiyatdagi o‘lgan aholi o‘rni,
yangi tug‘ilganlar hisobiga to‘lib boradi, avlodlar almashadi. Ana shu jarayon aholi takror barpo
bo‘lishining asosini tashkil etadi.
Biror bir hududda, ma‘lum
davrdagi aholi tarkibi, o‘tgan davrdagi aholi takror barpo
bo‘lishining natijasi, keyingi davrdagi aholi takror barpo bo‘lishining esa zamini hisoblanadi. Demak,
aholi takror barpo bo‘lishi jamiyat taraqqiyoti davomidagi doimiy, murakkab jarayondir.
Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy tarkibi muntazam
o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy tarkibida ma‘lum o‘zgarishlarga olib
keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga ta‘sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi
o‘zgarishlar jamiyatda ma‘lum ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror
barpo bo‘lish jarayoni esa, o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Shu
bois aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida o‘ziga xos
xususiyatlarga, qonuniyatlariga egadir. Demografiyaning asosiy predmeti aholining takror barpo
bo‘lish qonuniyatlarining tahlili hisoblanadi.
Aholini o‘rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida,
uning miqdoriy va sifatiy
xususiyatlarining mukammal tahlil etadi. Aholining miqdoriy xususiyatlari ma‘lum millat, hudud
aholisi sonining o‘zgarib (o‘sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy xususiyatlari
esa, asosan ma‘lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va ma‘lumotlilik darajasida, o‘rtacha umr
ko‘rish maqsadida ifodalanadi.
Har ikkala jarayon, ya‘ni, aholining miqdoriy va sifatiy rivojlanishi bir-biriga chambarchas
bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Masalan, aholi salomatligini yuqori darajada bo‘lishi, aholi o‘rtasida
o‘limning kamayishi, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining esa uzayishiga olib keladi. Natijada aholi soni
o‘sib boradi. Shuningdek tug‘ilishning juda yuqori darajada bo‘lishi, ko‘p hollarda ona va bola
organizmining zaiflashib borishiga va o‘lim hollarining ko‘payishiga olib keladi.
Jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan to hozirgi davrga qadar har bir hudud aholisi
ham miqdor, ham sifat jihatidan muntazam o‘zgarib kelgandir. Demografiya aholining miqdoriy va
sifatiy o‘zgarishlarini aholining takror barpo bo‘lishining asosiy omillari sifatida o‘rganadi.
Aholining takror barpo bo‘lishi, keng ma‘noda tabiiy o‘sish, o‘lim,
migratsiya aholining
hududlar bo‘ylab harakati, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o‘tishi, ma‘lumot olishi,
mehnat faoliyatining boshlanishi va h.k. natijasida aholi tarkibini yangilanib turishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: