Aholining yosh va jinsiy tarkiblari va demografik jarayonlar.
Aholi tarkibi deganda
aholining ma‘lum ijtimoiy – iqtisodiy va demografik belgilar asosida taqsimlanishi tushuniladi.
Asosan asosan quyidagi belgilar asosida taqsimlanadi:
Biologik xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: (askriptiv) jinsi, yoshi, irqi, etnik guruhi
Sotsial xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: nikoh statusi (nikohda turishi) savodliligi va
ma‘lumotlilik darajasi), kelib chiqishi, tili, fuqaroligi, professional tayyorgarligi
Iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: kasbi, bandligi, bandlik soxasi, daromad manbai
Migratsion xususiyatga ega bo‘lgan belgilar: tug‘ilgan joyi, mazkur aholi maskanida necha
yildan beri yashab kelishi va h.k.
Demografik (vitalniy) belgilar: tug‘ilish va o‘lim, nikoh va ajralish, nikohga kirish yoshi,
homiladorliklar soni, farzandlar soni, o‘lim soni va h.k.
Oilaviy tarkibi bo‘yicha belgilar: oila yoki uy xo‘jaligi, oila turlari va h.k
Jins – jinsiy ko‘payishni ta‘minlaydigan, organizmning genetik, fiziologik va morfologik
belgilar majmuidir (Medkov V.M. Demografiya. M., 2004 111 bet).
Jins – juda keng tushuncha. Jinsni tushunishda, ta‘riflashda har bir fan o‘z nuqtai nazaridan
yondashadi. Masalan, jins – biologiyada – jinsiy ko‘payishni ta‘mnlaydigan, hamda erkak va urg‘ochi
organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Jins – geologiyada – muayyan belgi va
xossalarga ega bo‘lgan struktura, modda (masalan, tog‘ jinslari); jins – musiqada – o‘tmish sharq
musiqa ilmida bir nechta du‘dlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan musiqa tovushlari (O‘zbekiston Milliy
entsiklopediyasi. 3 tom, 607 bet. Toshkent, 2002 y.) Insonga nisbatan jins – erkak yoki ayolning
shaxsiy biologik va sotsial statusini namoyish etadigan jismoniy (genetik, morfologik va fiziologik)
reproduktiv, ahloqiy, sotsial, sotsial – psixologik belgilar majmuidir (народонаселение
энциклопедический словарь М., 1994. с. 327) Keyingi paytda fanda biologik va sotsial jinslar haqida
tushunchalar shakllangan. Sotsial jins – gender deb atalmoqda. Sotsial jins erkak va yoki ayolning
jamiyatdagi sotsial o‘rnidan kelib chiqmoqda.Jinsiy belgilar asosida demografiyada aholining jinsiy
tarkibi tuziladi. Jinsiy tarkib – aholining erkaklar va ayollarga bo‘linishidir. Aholining jinsiy tarkibi –
nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining shakllanishida asosiy demografik zamindir.
Demografiyada jinslar munosabatini aniqlashda ikki hil ko‘rsatkich qo‘llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida
jinslar salmog‘i – foiz hisobida. Masalan, 2000 yil O‘zbekistonda jami aholi 24582,8 ming kishini
tashkil etadi. Ulardan erkaklar 12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida jami aholi
tarkibida erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 foizni tashkil etishini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |