alohida omil hisoblanadi. Eramizdan 7-8 ming yil oldin Yaqin Sharq hududlarida juda ko‘p qabilalar
ovchilikdan chorvachilikka, dehqonchilik qilishga o‘ta boshladilar. Xo‘jalik yuritishdagi yangi sharoit
qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashni yaxshiladi, oziq-ovqat zahiralari
yaratildi. Natijada, aholining o‘lim hollari nisbatan kamaydi. Lekin, aholining turli epidemiyalardan,
qabilalar orasida bo‘lib turuvchi urushlardan o‘lim hollari yuqori edi.
Aholining tabiiy harakatlari deganda tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish jarayonlaridagi
o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlarini taxlil qilish Mutlaq va solishtirma
ko‘rsatkichlarni takkoslashni takozo qiladi. Mutlaq ko‘rsatkichda axolining soni (mahlum vaqt
ichidagi miqdori), Tug‘ilish va o‘lim soni xisobga olinadi. Mutlaq ko‘rsatkichlar buyicha mamlakat
miqyosidagi Tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, xulosaviy so‘z aytib bulmaydi. Statistik
mahlumotlarni taxdil qilishda taqqoslash usullari orqali to‘g‘ri xulosa yozish mumkin.
Stabil aholi – muayyan hududda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda istiqomat qiluvchi aholi soni.
Real aholi – muayyan hududda doimiy istiqomat qiluvchi aholi bilan birgalikda vaqtincha yashab
turgan aholining umumiy soni. Aholi tarkibi – hudud aholisining yosh, jins, kasbiy va h.k nuqtai
nazaridan tafovuti. Aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlari axborot manbai hisoblanadi. Aholining
hozirgi sonini baholash mazkur hududda tug‘ilganlar va ko‘chib kelgan-lar sonini hisobga olish hamda
vafot etganlar va ko‘chib ketganlar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan aholini ro‘yxatga olish
ma‘lumotlariga o‘zgartirish kiritish hisobiga amalga oshirilgan.
Aholining mutloq soni–biron-bir hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning ma‘lum vaqtdagi
miqdoriy ifodasidir. Demografiyada aholi soni, eng umumiy asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, aniq bir
davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma‘lum bir sanaga (1-yanvar, 1-
iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, O‘zbekiston aholisi 1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni,
2000 yil 1 yanvarda esa – 24487,7 mingni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlarni butun yil uchun qabul qilib
bo‘lmaydi, chunki yil davomida, ya‘ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi soni tug‘ilish va o‘lim
hisobiga muntazam o‘zgarib turadi. Har bir hudud aholi sonini o‘rganganda, yuqorida qayd etilgandek,
uni doimiy (shu hududda doimiy ro‘yxatga olingan) va real (tekshirilayotgan davrda shu hududda
ma‘lum muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi.
Aholining mutloq soni muntazam o‘zgarib boradi. Aholi ro‘yxatlari yordamida aholi mutloq
sonini o‘zgarishini aniq ifodalash mumkin. Aholi mutloq sonidagi o‘zgarishlar aholi soni muntazam
ko‘payib borsa ijobiy, agar aholi soni kamaysa salbiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,
O‘zbekistonda aholi mutloq soni 1897-1989 yillarda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlari oralig‘ida muntazam
ko‘payib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: