Sug’urtachi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi iqtisodiy va xuquiy munosabatlarni o’zi mujassamlashtirgan asosiy xujjat bo’lib sug’urta shartnomasi xisoblanadi. Sug’urta shartnomasini tuzish sug’urta xodisasining ro’y berish oqibatini tekislaydi. Sug’urta xodisasi ro’y berishi korxonaning ishlab chiqarish fondini va jismoniy shaxslarning yo’qotishlarini keskin o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Sug’urta risklari bo’yicha javobgarlik xajmini aniqlash bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan informatsiya shartnomada bor: sug’urta summasi; to’lanadigan badallar razmeri
204
va vaqti; javobgarlik limiti; shartnomaning amal qilish vaqti, joyi, muddati va boshqalar.
Shartnomaning asaoiy qismi sug’urtaga va sug’urtalanuvchining majburiyatlariga bag’ishlangandir. Mol-mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urtalanuvchining majburiyatlarida sug’urtachiga ma’lum bir summani to’lashi ko’zda tutiladi. Agarda sug’urtalangan mol-mulkka sug’urta shartnomasida sanab o’tilgan sabablarga binoan zarar etsa yoki u butunlay yo’qotilsa, sug’urtachi jabrlanuvchiga mol-mulkning bir qismini qoplab beradi. Ayrim xollarda shartnomaga binoan qoplanadigan summa mol-mulkning to’la qiymatiga ham teng bo’lishi mumkin. Sug’urtachining majburiyati faqat pul mablag’lari bilan to’lab berish bilan chegaralanmaydi. Sug’urta kompaniyasi talofatni qoplashni boshqa yo’llarini ham nazarda tutish mumkin. Bu usul faqat shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa qo’llaniladi, ya’ni sug’urtachi bu masalani bir tomonlama echish xuquqiga ega emas.
Statistik informatsiyaning muhim manbai bo’lib buxgalteriya, statistik va idoraviy hisobotlar hisoblanadi. Sug’urta kompaniyalari tegishli muddatlarda buxgalteriya hisobotlarini (1-shakl va boshqalar) tuzadilar va yuqori tashkilotlarga hamda moliya-soliq organlariga taqdim etadilar. Ulardan tashqari idoraviy va statistik hisobotlar ham tuziladi. Eng asosiy statistik hisobot bo’lib (1-sug’urta shakl – sug’urta tashkiloti faoliyati to’g’risidagi hisobot) hisoblanadi. Ushbu hisobotni sug’urta tashkilotlari – o’z joyidagi tuman, shaxar statistika bo’limiga 10-martdan kechiktirmay taqdim etadilar. 1-sug’urta (yillik) shakli to’rt bo’limdan tashkil topadi. Birinchi bo’limda sug’urta tashkilotining asosiy ko’rsatkichlari (Ixtiyoriy sug’urta – hayotni sug’urta qilish; Umumiy sug’urta – baxtsiz xodisalarni extiyot shart sug’urta qilish (1-klass); kasallikdan extiyot shart sug’urta qilish (2-klass); transport sug’urtasi (3-klass); temir yo’l (4-klass); aviatsiya (5-klass); dengiz (6-klass); yo’ldagi mol-mulk sug’urtasi (7-klass); mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish (8-klass); mol- mulkni zarardan sug’urta qilish (9-klass); avtofuqarolik javobgarligini sug’urta qilish (10-klass); aviatsiya sug’urtasi doirasidagi javobgarlikni sug’urta qilish (11- klass); dengiz sug’urtasi doirasida javobgarlikni sug’urta qilish (12-klass); umumiy fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish (13-klass); kreditni sug’urta qilish (14-klass); kafillikni sug’urta qilish (15-klass); boshqa moliyaviy risklardan sug’urta qilish (16-klass); xuquqiy ximoya bilan bog’liq xarajatlarni sug’urta qilish (17-klass). Majburiy sug’urta – xarbiy va soliq organi xodimlarini davlat majburiy sug’urtasi; yo’lovchilar va transport vositalari majburiy sug’urtasi va boshqalar) bo’yicha tuzilgan shartnomalar soni, sug’urta summasi, sug’urta mukofotlari tushumi, sug’urta to’lovlari, sug’urta zaxiralarining ishlatilishi va sug’urta zaxiralariga ajratmalar summalari keltiriladi. Bundan tashqari bu bo’limda qayta sug’urtalash operatsiyalari va iqtisodiyotning rivojlanishi hamda aholi soni bo’yicha ma’lumotlar ham beriladi.