Demografik statistika


Shaxsiy sug’urtalash statistikasi



Download 3,49 Mb.
bet30/47
Sana06.07.2022
Hajmi3,49 Mb.
#748687
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
to\'liq savollarga javoblar

Shaxsiy sug’urtalash statistikasi.


Shaxsiy sug’urtalash statistikasi hamma turdagi sug’urta xodisalarining hisobi, sug’urtalash maydonining qamrash darajasi, sug’urta badallari va to’lovlarining darajalari va tarkiblarini hisoblash, tarif stavkalari va sug’urta operatsiyalarining daromadliligi hisoblarini asoslash, ko’rsatkichlarni zamonda o’rganish va ularni prognozlash bilan shug’ullanadi.
Shaxsiy sug’urtalashning tarif stavkasi, sug’urta bozorining boshqa xohlagan tarmog’idagi kabi, netto-stavka va brutto-stavkadan tashkil topadi. Netto-stavka sug’urtalovchining sug’urta summalarini to’lash bo’yicha belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun mo’ljallangan. Brutto-stavka netto-stavkani va apparatni ta’minlash xarajatlarini qoplovchi yuklamadan va foydadan tashkil topadi.
Hayotni sug’urtalashning tarif stavkalari bir yo’la (bir marta) beriladigan va yillikka bo’linadi. Bir yo’la beriladigan stavka shartnoma tuzilgan vaqtdagi sug’urta badallarini qoplash uchun hisoblanadi, ya’ni muddatning boshida. Yillik stavkalar badallarni bir yilda bir marta to’lashga mo’ljallangan (yoki bir yil davomida oylar bo’yicha).
Hayotni sug’urtalash tariflarini hisoblash, sug’urtalashning ob’ekti va sub’ektidan kelib chiqib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Sug’urtalashning predmeti insonning hayoti bo’lib, u sog’lig’ini yo’qotishning yoki o’limning turli xil xatarlari bilan, demak umrning uzunligi bilan bog’liqdir.
  1. Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urtalash statistikasi.


Ijtimoiy ta’minot ijtimoiy himoyalash fondidan amalga oshiriladi. Bu fond davlat byudjeti, korxonalar, tashkilotlarni majburiy sug’urta to’lovlari va fuqarolarning ish haqi fondidan ma’lum foizda to’lanadigan sug’urta badallaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ta’minot fondining mablag’lari umumta’lim maktablarini, litsey va kollejlarni, kasalxonalarni, poliklinikalarni, madaniyat uylarini, nogiron bolalarni uy-internatlarini saqlashga, pensiyalarni to’lashga, nafaqalarni to’lashga, aholini muxtoj guruhlariga kompensatsion to’lovlarni berishga, stipendiyalar to’lashga va hokazolarga sarflanadi.
Ijtimoiy ta’minotning shakli bo’lib ijtimoiy sug’urtalash hisoblanadi, u mehnatkashlarga, qarilik holatlarida, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo’qotganda, kasalligida, jaroxatlanganda va moddiy ta’minotga ta’sir qiladigan boshqa holatlarda, moddiy yordam berishning kafoloti bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy sug’urtalash fondining katta qismi pensiyalarni to’lashga sarflanadi: qarilik bo’yicha (yoshiga qarab), nogironligi bo’yicha, boquvchisini yo’qotganligi holatlarida, xizmat qilingan yil bo’yicha va ijtimoiy pensiyalarga.
Yoshi bo’yicha qarilik pensiyasi hamma fuqarolarga umumiy asosda yoshi va ish stajini hisobga olgan holda belgilanadi. Erkaklarga - 60 yoshda ish staji 25 yildan kam bo’lmagan holatlarda, ayollarga - 55 yoshda, ish
staji 20 yildan kam bo’lmagan ishlaganlar uchun belgilanadi. Bir guruh aholi yoshi bo’yicha imtiyozli sharoitlarga ega bo’lib, ularga 5 va undan ortiq bola tuqqan ayollar va bolaligidan nogiron bolasi bo’lgan va uni 8 yoshgacha tarbiyalagan onalar kiradi, ko’rish bo’yicha birinchi guruh nogironlari; alohida zararli mehnat sharoitlaridagi ishlab chiqarishda band bo’lgan ishlovchilar, doimiy shahar marshrutlaridagi avtobus, trolleybus, tramvay xaydovchilari va h.k. Bu shaxslar uchun pensiyalar boshqalar uchun umumiy asosda belgilanadigan pensiyalarga nisbatan staji va yoshidan 5-10 yil kam holatda belgilanadi.

  1. Download 3,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish