Kredit tashkilotlarning soni, tarkibi va strukturasi.
Kredit deb bir sub’ekt ikkinchi sub’ektdan pul yoki tovarni ma’lum bir muddatga mukofot to’lash va qaytarib berish sharti bilan olishiga aytiladi.
Kreditni banklar, korxona va tashkilotlar, aktsionerlik jamiyatlari, xususiy firmalar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar berishi mumkin. Yuqorida sanalganlar qarz oluvchi bo’lishi ham mumkin.
Kredit bir qancha turlarga bo’linadi. Muddati bo’yicha: qisqa muddatli; uzoq muddatli. Ta’minlanishi bo’yicha: ta’minlangan va ta’minlanmagan. Kreditor turlari bo’yicha: davlatlararo; banklararo; bank; davlat; tijorat; lizing kompaniyasi krediti; sug’urta kompaniyasi krediti; shaxsiy kredit. Debitorlar turi bo’yicha: qishloq xo’jaligi; sanoat; kommunal kredit; nomli kredit. Foydalanishi bo’yicha: iste’mol; sanoat. Oborot mablag’larini yaratish bo’yicha kredit: investitsiya krediti; moliyaviy tanglikni yo’qotish uchun; o’rtanchi kredit; mavsumiy kredit; qimmatli qog’ozlar bo’yicha kredit; eksport va import kredit. Bulardan tashqari kreditni yana quyidagi turlari mavjud: ipoteka; forfeyting; imtiyozli; diskotli (hisobli); lombard; aval; Evrokredit va boshqalar.
Respublika Moliya Vazirligi va Markaziy bank xujjatlarida qarz oluvchining moliyaviy faoliyatiga qarab uni kredit qobiliyati darajasi, kreditni qaytarish imkoni, tegishli va to’liq xujjatlashtirilgan ta’minotni mavjudligi va boshqalarga qarab kredit quydagi klasslarga bo’linadi: yaxshi, qoniqarli, substandartli, shubhali, ishonchsiz kreditlar.
Omonotlar va depozitlar, ularni inflyatsiya sharoitida o‘rganish.
Jamg’arma ishining asosiy maqsadi aholining bo’sh turgan pul mablag’larini omonatlar orqali davlat ixtiyoriga o’tkazish va uni xalq xo’jaligini rivojlantirishga yo’naltirishdir.
Omonat muassasalarining faoliyati quyidagi statistik ko’rsatkichlar orqali baholanadi:
Omonat muassasalarining umumiy soni
Omonatlar soni
Omonatlar sonini tahlil qilishda ular alohida belgilari bo’yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Valyuta turiga qarab: milliy valyuta; chet el valyutasida;
Omonat sub’ektiga qarab: jismoniy shaxslar scheti; yuridik shaxslar scheti;
Omonat muddatiga qarab: muddatli; talab qilinganda;
Omonatchilar soni. Omonatlar soni bilan omonatchilar soni almashtirilmasligi zarur. Chunki bir omonatchi bir nechta omonat ega bo’lishi mumkin;
Jamg’arma ishining rivojlanish darajasi – omonatchilar sonini aholi soniga nisbati bilan aniqlanadi;
Omonatning umumiy summasi (odatda davr boshiga, oxiriga yoki o’rtachasi aniqlanadi);
Omonatning o’rtacha razmeri (bitta omonatchiga; bitta jamg’arma muassasasiga; bir kishiga va h.k.).
Depozitlar - banklarga ma’lum bir muddatga foiz asosida saqlash uchun berilgan pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar.