end;
var
Form1: TForm1;
implementation
{$R *.dfm}
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
begin
With Opendialog1 do
Begin
If not Execute then Exit;
Memo1.Lines.LoadFromFile(Filename)
End;
end;
procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);
begin
With Savedialog1 do
Begin
If not Execute then Exit;
Memo1.Lines.SaveToFile(Filename);
End;
end;
procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject);
begin
With Fontdialog1 do
Begin
If not Execute then Exit;
Memo1.Font:=Font;
End;
end;
end.
XULOSA
Informatika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni o’rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Kompyuter – murakkab elektron qurulma, mufassal o’rganish uchun ancha vaqt zarur bo’ladi. Biroq, kompyuterdan foydalanuvchilar – dasturchilar uchun uning ishi haqida eng umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish yetarlidir. Dasturchini, asosan, mashina dastur buyruqlarini qanday qilib amalga oshirishi, bunda u qanday amallarni bajarishi qiziqtiradi. Kompyuter dasturni bajara borib, turli turli ma’lumotlar (sonlar, mantiqiy qiymatlar, matnlar va h.k) ustidan amallar bajaradi. Ishlash usuliga ko’ra, translyatorlar, kompilyatorlar va interpretatorlarga bo’linadi.
Hozirgi kunda dasturlash tillari xilma-xil bo`lib, ularning imkoniyatlarini taqqoslash juda murakkab masaladir. Har bir dasturlash vositasi ma’lum bir sohadagi masalalarni yechishga qaratiladi va bu sohada imkoniyatlari etarli darajada moslashtiriladi.
Boshqa zamonaviy dasturlash tillari qatorida Delphi dasturlash muhiti visual dasturiy mahsulotlar yaratish sohasida o`z o`rniga ega. Delphi muhiti Paskal tili operatorlari asosida ishlaydi va uning bevosita kengaytirilgan va visuallashtirilgan davomi deyish mumkin.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida Delphi visual dasturlash muhitining imkoniyatlari va undan amaliy masalalarni yechish hamda o`quv jarayonida foydalanishni o`rganish maqsad qilib olingan edi. Haqiqatan ham, Delphi muhitining imkoniyatlarini o`rganish va unda yechilayotgan masalani teran tasavvur qilish uchun unga mos tushunchalarga ega bo`lish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari “Delphi tili”ning o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o`quv rejasiga kiritilganligi fikrimizning yana bir tasdig`idir.
Bitiruv ishida Delphi visual dasturlash muhiti va unda ishlash asoslari, Borland Delphi uskunaviy dasturi interfeysi, elementlari, oyna strukturasi, dastur loyihasi, sinflar va ob’ektlar, visual komponentalar, hodisa va uning xossalari, shuningdek, Delphi muhitida ishlash uchun zarur bo`lgan asosiy tushunchalar o`rganildi. Muloqat oynalarini tashkil qilish va boshqa amallar mohiyati ochib berildi. Aniq misollar olinib, ular Delphi dasturi sifatida shakllantirildi. Dastur matnlari har bir komponenta uchun tuzib chiqildi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishidan Delphi dasturlash tilini o`rganuvchi o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o`quvchilari qo`shimcha adabiyot sifatida foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |