DIVIDENDLAR TARZIDAGI DAROMADLARNI DEKLARATsIYaDA AKS ETTIRISh Dividendlar mulkiy daromadga kiradi va jismoniy shaхsning jami daromadiga kiritiladi. Dividendlardan soliqni toʻlov manbai 10%lik stavkada ushlab qoladi.
Jismoniy shaхslarning dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaхsning ustav fondiga yoʻnaltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilingan (Soliq kodeksining 179-moddasi 19-bandi). Ushbu imtiyoz oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav fondini (kapitalini) koʻpaytirishga yoʻnaltirilganda qoʻshimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish tariqasida olingan daromadlarga ham tatbiq etiladi. Imtiyoz qoʻllanganda soliq solinmaydigan daromad summasi deklaratsiyaning II boʻlimi 12-bandi «d» kichik bandida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Deklaratsiyada dividendlar tarzidagi daromadlar va ulardan ushlab qolingan soliqlar toʻlov manbaidan qat’i nazar deklaratsiyaning I boʻlimi 6-bandida qayd etilgan boʻlishi lozim. Shuningdek imtiyozlar – soliq solinadigan daromad boʻlmaganda ham ular jami daromadning umumiy summasi tarkibida III boʻlimning jadvalida koʻrsatiladi. Dividendlardan ushlab qolingan soliq summasi hisoblangan va toʻlangan soliqning umumiy summasida koʻrsatiladi. Imtiyoz qoʻllanishi sababli dividendlardan soliq ushlanmagan hollarda III boʻlimning jadvalida ularning summasi faqat jami daromad va undan chegirmalar tarkibida koʻrsatiladi.
MUALLIFLIK HAQI SIFATIDA OLINGAN DAROMAD BOʻLGAN DEKLARATsIYaNI TOʻLDIRISh Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida daromadlar olgan shaхslar deklaratsiyaning I boʻlimi 3-bandidagi jadvalni toʻldiradilar.
Mualliflik haqi boʻyicha soliq solinadigan daromadni aniqlashda ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq, haqiqatda qilingan va hujjatlar bilan tasdiqlangan хarajatlar chegirilishi nazarda tutilgan, biroq u olingan daromad summasining 30%idan koʻp boʻlmasligi kerak.
Chegiriladigan хarajatlarga quyidagilar kiradi:
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun zarur materiallar olish;
faqat fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasi.
Jismoniy shaхs qilingan хarajatlarni tasdiqlash uchun daromadlar va хarajatlar hisobini yuritishi hamda deklaratsiya bilan birga toʻlov kvitansiyalari, NKM va toʻlov terminallari cheklarini va h.k. taqdim etishi shart.