Agar nuqta absissalar o‟qida yotsa, u holqa uning ordinatasi nolga teng bo‟ladi.
Masalan, A nuqta (23 - rasm) (2,0) koordinatalarga ega.
Agar nuqta ordinatalar o‟qida yotsa, u xolda uning absissasi nolga teng bo‟ladi.
Masalan, B nuqta (23 - rasm) (0,-2) koordinatalarga ega.
Koordinatalar boshining absissasi va ordinatasi nolga teng: O(0;0).
Koordinata tekisligining har bir M nuqtasiga (x;y) sonlar jufti – uning koordinatalari mos keladi va har bir (x;y) sonlar juftiga koordinata tekisligining koordinatalari (x;y) bo‟lgan birgina M nuqtasi mos keladi.
Masalan (-3;2) nuqtani yasang. Absissalar o‟qida -3 koordinatali nuqtani belgilymiz va bu nuqta orqali shu o‟qqa perpendikular o‟tkazamiz. Ordinatalar o‟qida koordinatasi 2 bo‟lgan nuqtani belgilaymiz va u orqali ordinatalar o‟qiga perpendicular o‟tkazamiz. Shu perpendikularning kesishish nuqtasi izlanayotgan M nuqta bo‟ladi
To’g’ri chiziq tenglamasi.
To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi.
Agar tekislikda ixtiyoriy dekart koordinatalar sistemasi olingan bo`lsa, u holda X va Y o`zgaruvchi koordinatalarga nisbatan birinchi darajali har qanday Ax+By+C=0 (1) tenglama koordinatalar sistemasida to`g`ri chiziqni aniqlaydi, bu yerda A va B lar bir vaqtda nolga teng emas. Teskari tasdiq ham o`rinli: dekart koordinata sistemasida har qanday to`g`ri chiziq (1) ko`rinishida birinchi darajali tenglama orqali tasvirlanishi mumkin.
(1) tenglama to`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi deyiladi. (1) tenglamaning xususiy hollarini quyidagi jadvalda keltiramiz.
|
Koeffitsentlarning qiymatlari
|
To`g`ri chiziq tenglamasi
|
To`g`ri chiziq holati
|
1
|
C=0
|
Ax+By=0
|
To`g`ri chiziq koordinata boshidan o`tadi.
|
2
|
A=0
|
y=b bu yerda
|
To`g`ri chiziq Ox o`qqa parallel.
|
3
|
B=0
|
x=a bu yerda
|
To`g`ri chiziq Oy o`qqa parallel.
|
4
|
A=C=0
|
y=0
|
To`g`ri chiziq Ox o`q bilan ustma-ust tushadi.
|
5
|
B=C=0
|
x=0
|
To`g`ri chiziq Oy o`q bilan ustma-ust tushadi.
|
To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi.
To`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi deb, absissalar o`qini berilgan to`g`ri chiziq bilan ustma –ust tushishi uchun musbat yo`nalishda burish kerak bo`lgan eng kichik burchakka aytiladi.
Istalgan to`g`ri chiziqning yo`nalishi uning burchak koeffitsenti k bilan xarakterlanadi, u to`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi y ning tangensi kabi aniqlanadi, ya`ni
k=tgy
Ox o`qqa perpendikulyar bo`lgan to`gri chiziq bundan istisno, chunki uning burchak koeffitsenti yo`q.
Burchak koeffitsenti k bo`lgan va Oy o`qni ordinatasi (boshlang`ich ordinata) k ga teng bo`lgan nuqtada kesib o`tadigan to`g`ri chiziqning tenglamasi ushbu ko`rinishda bo`ladi (5-chizma): y=kx+b.
Umumiy tenglamasi Ax+By+C=0 bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti y ning x orqali ifodasida x oldidagi koeffitsent kabi topiladi: .
Ikkita nuqtasi A(xA;yA) va B(xB;yB) bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti k ushbu formula bo`yicha hisoblanadi:
(2)
Do'stlaringiz bilan baham: |