Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
YOSHLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA “TARBIYA”
FANINING AHAMIYATI
Muzaffarova Shohida Kenjayevna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
15-maktab tarbiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola tarbiya fanining o‘rni va ahamiyati, hamda yoshlarda kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish masalalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: yosh avlod, bo‘sh vaqt, kitobxon, oila muhiti, kitobxonlik madaniyati.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha H arakatlar strategiyasi asosida barcha
soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu
qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning
ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va
xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jumladan, bugungi kunda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini
bosqichmabosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Qarorini tasdiqlanishi xalq ta’lim tizimida olib borilayotgan
isloxhotlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida” gi farmoyishi bu ezgu ishlarni
amalga oshirishga dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek xalqi azaldan kitobxon sanalgan. O‘zbek oilalarida kitobga e’tibor, kitobni avaylab
asrash va kitobxonlik qadimiy an’analardan biri hisoblanadi. Kitobxonlik madaniyati haqida
biroz to‘xtalib o‘tsak. Kitobxonlik madaniyati juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, uning
juda ko‘p qirralarini aytib o‘tishimiz mumkin.
Bular – inson o‘zining kasbini, mutaxassisligini chuqur o‘rganishi va egallashi, badiiy-
ma’naviy dunyosini, qolaversa bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi
uchun kitobni to‘g‘ri tanlay olishi; kitobni mustaqil o‘qib, o‘zi uchun kitobning mazmunini
talqin qila olishi, mutolaa ko‘nikmasini o‘ziga muntazam ravishda odat qilib olishi; kitobni
shoshilmasdan, tushunib, o‘zlashtirib o‘qishi; kitobni o‘qigan paytda undan to‘g‘ri foydalanish
kerakligini tushuntirish lozim. O‘zi o‘qigan kitob mazmunini boshqalarga hikoya qilib berish,
qiziqtirish va o‘qishni tavsiya qilish esa alohida e’tiborga molik jihatdir.
Aytish mumkinki, bu xislatlar kitobxonlikning bosh sharti bo‘lib sanaladi. O‘qigan kitobni
ma’lum vaqt o‘tgandan keyin qayta o‘qish esa kishiga o‘zgacha zavq beradi.
O‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda “Tarbiya” va “O‘qish” darslari
alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “Tarbiya” fanida “Kitob – buyuk donishmand”, “Maktab
– eng ulug‘ dargoh” kabi mavzular o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni, maktab eng
muqaddas dargoh, ta’lim tarbiya o‘chog‘i ekanligini hamda har qanday bilimni kitob o‘qish bilan
yanada boyitish mumkinligini o‘rgatadi. SH u jumladan, kitob o‘qish uchun berilgan tavsiyalar
o‘quvchi yoshlarda kitob mutoala qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi:
- Maza qilib dam olmoqchi bo‘lganlar bizni o‘qiydilar,
- Bir boshdan varaqlaganlar juda ko‘plab sirlarni bilib oladilar,
- Belgilangan tartib – qoidalarga amal qilmaganlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazib qo‘yamiz,
yoki sahifalarimiz yirtilsa, sirlarimizniyo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.
Ayniqsa, “Oilaviy kitobxonlik – muvaffaqiyat poydevori” mavzusi yoshlarda kitobga bo‘lgan
muhabbatni yanada oshirishga hizmat qiladi. Jumladan, “Dunyoda inson uchun eng aziz ikki
ne’mat bor. Biri – non, Ikkinchisi kitobdir! Non rizk-ro‘z, tiriklik dasturxon ko‘rki sanalsa, kitob
kecha nima bo‘lgani, bugun nima bo‘layotgani va ertaga nima bo‘lishini hikoya qiladi. poklik,
imon butligi, ma’naviy etuklik, ham uning sharofatidandir” ekanligini o‘quvchi yoshlar onggiga
singdirish juda katta samara beradi. Ularda kitobga bo‘lgan muhabbatni oshiradi va kelajakni
ko‘ra olishga yordam beradi.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |