Kalit so‘zlar: Onlayn ta’lim, “Dunyo to‘ri”, onlayn repetitor, intensiv, chet til, audio lug‘atlar
Davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, ilm-fan va texnikaning jadallashuvi
yoshlarimizning dunyo maydonida raqobatbardosh bo‘lishi uchun bir nechta chet tillarni
mukammal bilishni taqazo etadi. Uni o‘rganish va u orqali o‘z sohamiz bo‘yicha muvaffaqiyatga
erishishimizga imkon ham yaratmoqda. Buning uchun keng baza- internet olami mavjud. Biz
undan o‘zimizga qulay bo‘lgan joydan turib, katta sarf-harajatsiz til o‘rganish imkonini topamiz.
Buning uchun birinchi bosqichda mobil telefon yoki internet tarmoqlaridan foydalanishni,
o‘zingizga kerakli dasturlarni (Google play dan yoki App Store bo‘limidan olishingiz mumkin)
yuklab olishdan boshlasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Undan siz keraklicha materiallarni
topishingiz va o‘zingizning darajangizga qarab tanlashingiz mumkin.
Ikkinchi bosqichda siz onlayn repetitor topib u bilan birga ishlashingiz mumkin. Onlayn repetitor
bu o‘qituvchi yoki biror bir sizdan bir pog‘ona yuqori darajada til biluvchi bo‘lishi ham mumkin.
Bunda siz o‘z bilimingizni muntazam oshirib borasiz va o‘z olgan bilimlaringizni tekshirib borish
imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Keyingi pog‘onada leksik birlik-so‘z yodlashingiz kerak bo‘ladi. (So‘z yodlashning intensiv
usullaridan foydalanish tavsiya etiladi, audio lug‘atlar va b.)
So‘z va iboralarni bilmay turib siz erkin muloqotga kirisha olmaysiz. Dunyo ta’lim tajribasida,
xususan o‘zbek o‘rganuvchilar orasida mustaqil yoki onlayn tilni o‘rgangan kishilar ham bor.
Bunga misol qilib Kolumbiya universiteti ilk o‘zbek professori Aziza Shonazarovani aytishimiz
mumkin. Undan tashqari siz erkin muloqotni amalga oshirib borasiz. Bunda sizga o‘zingizning
darjangizdagi o‘rganuvchilar yordam beradi. Bular yuqorida aytib o‘tilganidek hech qanday
qo‘shimcha mablag‘ talab qilmaydi. Bu ota-onlarga ham qo‘l keladi. Chunki ular farzandlari bilan
uy vazifalarini tayyorlashda tillardan qiyinchilaiklarga duch kelishadi. Undan tashqari OTMlarga
kirishga, chet davlatlarda o‘qishni davom ettirish istagidagi kishilarga va boshqa qiziquvchilarga
birdek asqotadi.
Ko‘pgina davlatlarda til bilishning ma’lum bir meyorlari va qoidalari, normalari ishlab
chiqilgan. Bu borada O‘zbekistonda ham bir qancha amaliy ishlar allaqachon boshlab yborilgan.
Chet til ta’limida integrativ yondoshuv (ta’lim oluvchining faoliyat doiralaridan olingan
manbalardan ta’lim jarayonida keng (proporsional) foydalanish) til va nutq materialining teng
nisbatda bo‘lishi nutq faoliyatining 4 ta tur bo‘yicha ya’ni tinglab tushunish, o‘qib tushunish,
yozish va gapirish (listening, reading, writing and speaking ) nutqiy tayyorgarlik darajasiga
qo‘yilgan talablar darjasini o‘zaro bog‘liq holda shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu borada so‘ngi
yillarda o‘zbek tili uchun ham xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda me’yor ishlab chiqish ustida
ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizga shu yillar ichida British Council (Britaniya
Kengashi) amaliy yordamini ayamay kelmoqda. xalq talimi vazirligi va Amerika kengashlari
bilan hamkorlikda “English speaking nation: Secondary Reacher Training (ESN: STT)” dasturi
ham ish boshlash arafasida.
xulosa qilib aytganda, hozirgi davr o‘rganuvchidan ko‘proq yozma nutqqa qaraganda og‘zaki
nutqni ko‘proq shakllantirish ustunroq ekanligiga tayanmoqda.
Chunki chet til bu ko‘proq amaliy ko‘nikmalar orqali o‘rganiladi va ishlatiladi.