Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
INFORMATIKA FANING MAQSAD VA VAZIFALARI. TA’LIMIY TARBIYAVIY
AHAMIYATI. KOMPYUTER GRAFIKASI MISOLIDA
Qadirov Bekzod Ko‘palbay o‘g‘li
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani
1-son maktab informatika fani o‘qituvchisi
Telefon:+998(99)7521939
Pochta: qbekzod629@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada kompyuter grafikasi vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim
berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan
ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Kompyuter grafikasi, Axborot kommunikatsion texnologiyalari, televideniya,
internet, axborot, ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli grafika.
Axborotni asosiy qismini inson ko‘rish azolari orqali oladi. Ko‘rgazmali axborotni o‘zlashtirish
oson bo‘ladi. Inson tabiatining ana shu hususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi.
Kompyuter grafikasi hozirda jadallik bilan hayotimizga kirib keldi va yanada kuchayib bormoqda.
Keyingi o‘n yil misolida biz kompyuter grafikasi sohasida misli ko‘rilmagan o‘sishni ko‘rishimiz
mumkin. 2D va 3D texnologiyalari hayotimizni o‘rgimchak to‘ridek o‘rab oldi. Hozirgi kunni
ularsiz ta’savvur qila olmaymiz. Chunki butun insoniyat unga bog‘lanib qoldi va undan keng
(samarali tarzda) foydalanib kelmoqda albatta. Shuni aytib o‘tish joizki, kompyuter grafikasi
texnologiyalari sohasi iqtisodiyotning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Kompyuter grafikasi
hamma sohaga jadallik bilan kirib bormoqda. Hox u ishlab chiqarish (Kompyuter grafikasi orqali
turli xil buyum va kiyim kechaklarni avtoqismlarni tayyorlab olishadilar.) Tibbiyot sohasida
ham Kompyuter grafikasi juda keng qo‘llanilib kelinmoqda . Masalan UZI uskunalari, EKG
uskunalari, turli xil roentgen moslamasi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Televideniya va multipikatsiya sohasida ham kompyuter grafikasini biz naqadar rivojlanib
ketganini ko‘rishimiz mumkin. Turli hil bolajonlar uchun mo‘ljallangan multfilmlar, kino filmlar,
video roliklar, virtual o‘yinlar shular jumlasidan. Yana kompyuter grafikasini biz arxitektura
sohasida ham naqadar rivojlanib ketganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Turli xil turar joy binolari,
uylar, savdo komplekslarini dizayner arxitektorlar siz hohlagan usulda va aynan siz aytganizdek
qilib ko‘nglingizdagidek qilib tayyorlab beradilar. Yana kompyuter grafikasini astronomiya
va yadro fizikasi, biologiya, kimyo, qishloq ho‘jaligi,yo‘l qurilishi,geologiya,geodeziya ishlab
chiqarishnng yana boshqa sohalarida ham ko‘rishimiz mumkin. xullas kompyuter grafikasi
degan tushuncha hayotimizga juda tez, jadallik bilan kirishda davom etyapti. Bu ya’ni
Kompyuter grafikasi sohasini yaqinda o‘rganish uchun bizga O‘zbekiston Respublikasi umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida va o‘rta maxsus ta’limida, Oliy ta’limda keng o‘rganilib borilayotgan
INFORMATIKA fani yaqindan yordam beradi. Bizga ko‘makdosh bo‘ladi. Kompyuter xx
asrning 50 - yillarida paydo bo‘lgan bo‘lsa uni yaqindan o‘rganuvchi fan informatika xx
asrning 70 -yillarida paydo bo‘ldi. Va alohida fan sifatida o‘rganilib bora boshlandi. Keyin esa
multimedia tushunchasi kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |