K U N T A R T I B I:
Suvchechak va virusli gepotit va uning oldini olish haqida
Maktabda sanitariya xolati va dizenfeksiya ishlarini nazorat qilish
O‘quvchilar o‘rtasida sanitar targ‘ibot ishlarini olib borish.
Kun tartibida quyilgan masala yuzasidan maktab hamshirasi B. Ermatova ma’ruzasi tinglandi. O‘quvchilarning kiyinish madaniyati, tozaligi va har jihatdan sog‘lik uchun ahamiyatli ekanligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng maktab hamshirasi B. Ermatova so‘zga chiqib, suvchechak va virusli gepotit kasalligi to‘g‘risida gapirdi. U o‘z so‘zida virusli gepotit kasalligi, ya’ni, mahalliy til bilan aytganda sariq kasalligi viruslar chaqirib, uning bir necha formalari mavjud. Kasallikning A turi tashqi muhitga ancha chidamli bo‘lib, sog‘lom bolalarga tez yuqadi. Virus odam organizmiga og‘iz orqali, suv, oziq-ovqat mahsulotlari va ifloslangan qo‘llar orqali yuqadi. Kasallikning yashirin davri 12-20 kundan 50 kungacha davom etishi mumkin. Kasallik gepotit bilan kasallangan bemordan sog‘lom odamga yuqadi. Kasallikning yuzaga kelishida tozalikka rioya qilmaslik, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘llarini sovunlab yuvmaslik, meva-sabzavotlvrni yuvmasdan iste’mol qilish, qaynatilmagan suvni ichish sabab bo‘ladi.
Kasallik xolsizlanish, ishtahaning bo‘g‘ilishi, ko‘p uxlash, ko‘ngil aynishi, ovqatlangandan keyin qayt qilish kabi belgilar bilan boshlanadi. Shundan so‘ng kasallikning sariqlik davri boshlanadi. Bemorga badanidagi sariqlik o‘tguncha odatdagidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichiring. Unga gazlanmagan suv, na’matak damlamasi, kompotlar, oddiy qaynatilgan suv ichirish lozim. Doimo qo‘llarni sovunlab yuvish, muva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, faqat qaynatilgan suv ichish kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Pashshalarni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Hozirgi kunda virusli A kasalligiga qarshi eng samarali profilaktikasi bu bolalarni emlatishdir. Oldindan o‘tkazilgan profilaktik emlatish uni davolashga ketadigan ortiqcha vaqt va oila mablag‘ining tejalishiga olib keladi. Emlash ishlari 1,5 yoshli bolalardan boshlab kattalar uchun xavfsiz va foydalidir. Huddi shunday yana bitta xavfli va yuqumli kasalliklardan biri suvchechakdir. Suvchechak kasalligi natijasida badanga toshma toshishi, isitma ko‘tarilishi kabi asoratlar kechishini tushuntirdi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kundan 20 kungacha davom etishi mumkinligi aytildi.
Kun tartibida masala yuzasidan M. Hakimova so‘zga chiqib, yuqumli kasalligiga uchramaslik uchun maktab o‘quvchisining ozodaligi, o‘g‘il bolalar va qiz bolalalarning shaxsiy gigiyenasi, maktab va uy sharoitida soch va badanni toza tutish odoblari, sanitariya-gigiyena qoidalari haqida tushunchalar berib bordi.
Davra suhbati yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |