K U N T A R T I B I D A:
1. Maktabda 1 dekabr «OITSga qarshi kurashish kuni» tadbiri o‘tkazilganli to‘g‘risida
Tadbirni maktab yoshlar yetakchisi M.Hakimova kirish so‘zi bilan ochib, bugungi o‘tkaziladigan tadbirning mohiyati hakida qatnashchilarga ma’lum qildi. B. Ermatova yoshlarga OIV, OITS kasalligi, uning kelib chiqishi va kasallikdan kanday asralish mumkinligi haqida hamda OITS kasalligi birinchi bo‘lib kimlar kasallanganligi hakida tushuntirib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga OITS kasalligi bilan kasallanib, hayotdan ko‘z yumgan insonning haqida ma’lumot aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng so‘z navbati maktab hamshirasi B. Ermatova berildi.B. Ermatova o‘z so‘zida giyohvandlikning jamiyatga yetkazadigan zararlari behad ko‘pligi, giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga, so‘ng oilasiga, kasbiga yoki o‘qishiga nisbatan qiziqish, ahamiyat va parvo xislari qolmasligi, ayniqsa, giyohvandlikning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatgagina emas, balki borib-borib butun mamlakatning sog‘lomligi va barqarorligiga putur yetkazishi, siyosiy tuzum va qonunchilikning izdan chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkinligi giyohvand moddiy boylikni qo‘lga kiritish uchun esa ular nafakat o‘z vatanlarini, balki imonlarini ham arzonga sotib yuborishga tayyor bo‘lishini, bir mamlakatning fuqarosi bo‘lib turib narkotik moddalarini xarid kilishga mablag‘ topish yoki ularni chegaradan olib o‘tishga ruxsat olish maksadida xar kanday shartlarini qabul qilishga, xatto o‘z vatanlariga xoinlik kilishga xam jur’at etishlarini, bu esa xar kanday davlat uchun xam siyosiy zarar hisoblanishini aytib o‘tdi.
Maktab psixologi M.Inomova ham so‘zga chiqib, oila-bu jamiyatning asosiy xujayrasi ekanligi, u sog‘lom bo‘lsa jamiyat ham sog‘lom, agarda u kasallansa jamiyatning poydevoriga darz ketishi, natijada uning ustiga qurilgan bino qulashga moyil bo‘lishi, giyohvandning oilaga keltiradigan zararlari nosog‘lom avlodning dunyoga kelishi, geroin yoki kokain iste’mol qilishga odatlangan ayollar mu’tadil ravishda ovqatlanmasligi, natijada ularning homilalarida protein, temir moddalari va vitaminlar yetishmasligi, chaqaloq o‘z muddatidan oldin tug‘ilishi, vazni ham me’yoridan past darajada bo‘lishi, bunday chaqaloqlarning ko‘pchiligi voyaga yetmay norasida yoshida vafot etishini misollar tariqasida gapirib, o‘quvchilar bergan savollarga javob berdi.
Q A R O R K I L A D I :
Maktabda o‘tkazilgan 1 dekabr «OITSga qarshi kurashish kuni» tadbiri qoniqarli hisoblansin.
O‘quvchilarni turli xildagi yuqumli kasalliklarga chalinib qolmasliklari uchun o‘z vaqtida maktab hamshirasi B. Ermatova tomonidan maktabning barcha hududi tekshirilsin va zarur bo‘lgan hollarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilsin.
OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha ma’lumotlar, broshyura va plakatlar ishlab chiqilsin va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlarda tushuntirish ishlari olib borilsin.
Yoshlar yetakchisi: M. Hakimova
Do'stlaringiz bilan baham: |