Xotira va uning turlari. Xotira ichki va tashqi xotiralarga ajratiladi.
Ichki xotira deganda, ayni paytda kompyuterga zarur bo’ladigan axborotni yig’uvchi qurilma tushuniladi. Ichki xotira tarkibiga operativ (tezkor), kesh xotira va doimiy (maxsus) xotiralar kiradi.
Operativ xotira – energiyaga bog’liq bo’lgan tezkor eslab qoluvchi xotira bo’lib, prosessor bilan bevosita bog’langan va prosessordagi bajariladigan dasturlar asosida berilganlarni yozish, qayta ishlash va saqlashga mo’ljallangan bo’ladi. Operativ xotira dastur va berilganlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo’llaniladi.
Kompyuter prosessori faqat operativ xotira yacheykalarida saqlanadigan berilganlar bilan ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |