Shimoliy ko’prik (most) – prosessor, xotira va videoadapterning ishlashini ta’minlaydi. Shimoliy ko’prik tizimli shinani chastotasini, operativ xotirani mumkin bo’lgan tipini, uning maksimal hajmini va prosessorning axborot almashinuvi tezligini aniqlaydi.
Janubiy ko’prik (most) – mikrosxema, u markaziy prosessor bilan qattiq disk, PCI, PCI Express kartalari, va IDE, SATA, USB interfeyslari bilan o’zaro aloqasini ta’minlaydi.
Prosessor (CPU-central processing unit), mikroprosessor – ShKning asosiy mikrosxemasi hisoblanadi. Unda barcha hisoblashlar bajariladi. Taktli chastota esa prosessorning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. Taktli chastota qancha yuqori bo’lsa, kompyuter unimdorligi shuncha yuqori bo’ladi.
Registr - axborot birligining saqlash joyi. Bir ishchi taktda kompyuter registrlarda joy bo’la oladigan axborotlar sonini qayta ishlash mumkin. Agar registrlar o’ziga 8 birlik axborotni sig’dira olsa, ular 8 razryadli, va mos ravishda prosessorlar ham 8 razryadli deyiladi. Agar prosessorning razryadi shunchalik yuqori bo’lsa, kompyuter shunchalik tez ishlaydi. Hozirgi davrda ishlatilayogan prosessorlar 32 yoki 64 razryadlidir.
Qattiq disk - bu kompyuter bilan ishlashda foydalaniladigan axborotlarning doimiy saqlash qurilmasi.
Videoadapter – ona platining razyomlaridan birida joylashtiririlgan ichki qurilma hisoblanib, monitorga prosessor yoki operativ xotiradan keluvchi axborotlarni, hamda boshqaruvchi signallarini qayta ishlash vazifasini amalga oshiradi. Hozirgi videoadapterlar videoprosessor deb ataluvchi hisoblash prosessoriga ega bo’lib, uning vazifasi murakkab tasvirlarni qurishda prosessorga tushadigan yukni, ya’ni prosessor tomonidan bajariladigan amallarnni kamaytirishdan iborat.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, vidiotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Demak, videoxotira bu grafik tasvirlar shakllanadigan maxsus operativ xotiradir. Uning o’lchami 512 Kbdan tortib 4 Mbgacha bo’lishi mumkin va ular 16,7 mln. rangni uzata olish imkoniyatiga ega. Stol kompyuterlarida telemonitorlar o’rnatilgan. Hozirgi davrda kam nur chiqaradigan Low Radiation rusumli monitorlardan foydalanilmoqda. NoteBook rusumli kompyuterlarda suyuq kristalli monitorlar ishlatiladi. Ular xavfsizlik jihatidan televizion monitorlardan ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |