Dehqonchilik va melioratsiya


Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari



Download 88,9 Kb.
bet9/10
Sana28.05.2022
Hajmi88,9 Kb.
#613993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

3.2. Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari.
Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o‘ynaydi va qator vazifalarni bajaradi. Ayniqsa tuproq qoplamining qatlamning ajralmas qismi sifatidagi xilma-xil ko‘plab vazifalari alohida ahamiyatga ega. Tuproq qoplamining bioqatlamdagi asosiy (boshqalar bilan almashtirib bo‘lmaydigan) vazifalari quyidagilardir:
1) Tuproqning bioekologik vazifasi - tuproq ekologiya manbai va muhit bo‘lib, unda ko‘plab organik moddalar to‘planadi. Akademik V.A.Kovdaning hisobicha yer yuzasida (asosan o‘rmonlarda) to‘planadigan biologik qism miqdori qariyb n·1013 tonnani tashkil etadi. Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorrganizmlar faoliyati bilan bog‘liq organik moddalar miqdori bundan kam emas.
2) Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi. Tuproq qoplamini o‘z ichiga oluvchi ekologik sistemada o‘simliklar har yili yerda taxminan n·1017 kkal miqdordagi kimyoviy aktiv energiya to‘playdi. Tuproqning o‘zida organik moddalar (detrit, gumus-chirindi) da n·1018 kkal miqdorida energiya to‘planadi. Har bir tonna gumus 5·106 kkal potensial energiyaga ega. 1 g gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiya saqlaydi.
3)Tuproq qoplamining azot oqsil to’plash vazifasi. Tuproq - o‘simlik tarzidagi ekologik sistema, atmosferadagi molekulyar N ni to‘plab, ularni aminokislotlar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksasiyalanishi har yili 140 mln.t.ni tashkil etadi.

21


4)Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi - tuproqda to‘planadigan bioyig‘ilma turli kimyoviy elementlar va ular birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O‘simliklarning ildiz sistemasi tuproqning pastki qismlaridan ko‘plabkimyoviy elementlar (S, N, H, O, P, Ca, K, Mg, Al singari) ni so‘rib oladi va tuproq qatlamlarida to‘plash imkoniyatini beradi.
5)Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi - tuproq qoplamining yer gidrologik siklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq qoplamida atmosfera yog‘inlari to‘planadi, bug‘simon suvlar kondensasiyalanib erkin suvga aylanadi.
6)Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi - tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining shakllanishida, fotosintezda, karbonat angidridining birikishi, azot to‘plashi, kislorod va vodorodning to‘planishida, denitrifikasiya, desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishida, karbonat angidridning atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol o‘ynaydi.
Tuproq yer sharining murakkab, materiklar quruqlik qismini qoplab turuvchi, alohida biokos qatlamidir. Tog‘ jinslari tirik organizmlarning ko‘p avlodlari ta‘siriga uchrab, atmosfera va gidrosferalarning uzoq vaqt davom etgan ta‘sirida tuproq qoplamiga aylanadi. Tuproq o‘ziga xos organomineral tarkibga ega. Tuproq paydo bo‘lish jarayonida gumus va boshqa murakkab organik birikmalar to‘planishi sodir bo‘ladi.
22
Shuningdek tuproqlar biogen ikkilamchi alyumosilikatli va silikatli minerallar, biofil elementlari bilan boyib boradi, va shunday qilib, spesifik xossaga – unumdorlikka – o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, ya‘ni xosil beraolish qobiliyatiga ega bo‘ladi.Tuproqning ushbu xossasi fitosenozlar va qishloq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining mahsuldorligini ta‘minlashda asosiy sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
Tirik organizmlar va tog‘ jinslarida kimyoviy elementlar nisbati turlicha. Tuproqlarda hayotni ta‘minlaydigan kimyoviy elementlar doimo to‘planadi, bir vaqtning o‘zida
mustahkam o‘rnashib qoladi va harakatchan holatga o‘tib, hayotning mavjudligini ta‘minlaydi. Tuproqning eng muhim xususiyati, uning unumdorligining asosi – zarur elementlarning tuproq qatlamlarida tanlab to‘planishidir, qaysiki bu faqat tirik organizmlar, asosan o‘simliklar ishtrokida sodir bo‘ladi. Ularning ildizlari ushbu elementlarni jinslardan singdiradi.
O‘simliklar, o‘zining organlarida biofil elementlarni to‘plab, so‘ngra ularni tuproq gumusi va boshqa birikmalarga aylantiradi, shu bilan o‘zi oziqlanadigan muhitni yaxshilaydi.
Bioiqlim sharoitlarning birxil emasligi Yer yuzasining geomorfologik jihatdan turli tumanligi bilan birgalikda ko‘pchilik hollarda o‘zining tuzilishi va sifati bo‘yicha keskin farqlanadigan, tuproqlarning katta turli tumanligini shakllantiradi. Ammo, barcha tuproqlarni umumiy xossasi – unumdorligi birlashtiradi.

23
Unumdorlik – bu tuproqning muayyan o‘simliklarni oziqa elementlari, suvga bo‘lgan talabini, ularning ildiz sistemalarini havo va issiqlik bilan ta‘minlay olish qobiliyatidir. Oziqa moddalar, suv, havo, issiqlik – tuproq unumdorligining eng asosiy tarkibiy qismidir. Bunda quyidagilarni ta‘kidlash zarur. Tuproq oziqasi deganda o‘simliklarni mineral shakldagi N, P, K, Ca, Mg, S va amalda tabiatda uchraydigan boshqa barcha kimyoviy elementlar bilan ta‘minlash tushuniladi.
Tuproq, agarda unda o‘simliklar sovuqdan va issiqdan zararlanmasa, ildiz sistemalari oziqa elementlarini, suvni talab qilingan miqdorda olaolsa, havodagi kislorodning yetishmasligini sezmasa, unumdor hisoblanadi.
Unumdorlikni tashkil etadigan komponentlarning birortasining yetishmasligi yoki ortiq bo‘lishi hosil olish imkoniyatini chegaralaydi va ko‘p hollarda o‘simliklarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Demak, tuproqning ishlab chiqarish qobiliyati, unda kechadigan ko‘plab jarayonlar va hodisalarga bog‘liq. O‘simliklarning barcha o‘sib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog‘liq.
Shuning uchun ham tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart-sharoitlariga bir vaqtning o‘zida ta‘sir eta bilish kerak. Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bo‘lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki o‘stiriladigan ekinlar turiga ham bog‘liq.
24


Xulosa.

Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, tuproq qoplami va o‘simliklar ajralmas birlik - jahon tuproq – ekologik sistemasini tashkil etadi, qaysiki unda o‘simlik va tuproq birgalikda yashaydi. Bundan million yillar oldin quruqlikda o‘simliklar paydo bo‘lgan. O‘sha paytdayoq, bizning planetamizdagi barcha tirik organizmlar tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, juda murakkab tarixni bosib o‘tgan, tuproq paydo bo‘lish jarayoni yuzaga kelgan.
Tuproq qoplami biosferada yana bir eng muhim vazifani bajaradi. U jaxon okeani singari, - planetamizni tozalovchi (purifikator) muhitdir. Ko‘pchilik organik va organik – mineral birikmalar parchalanishi tuproqda tugallanadi. Tuproq xo‘jalik va yashash faoliyatining turli xildagi chiqindilarini qabul qiluvchidir. Tuproqlarda hayot kechiruvchi organizmlarning juda zichligi tufayli barcha tirik organizmlar chiqindilarining parchalanishi sodir bo‘ladi. Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne‘matlar bilan to‘ydirayotgan bitmastuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.

25


Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish