O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
DORIVOR O’SIMLIKLAR AGROEKOLOGIYASI VA INTRODUKSIYASI KAFEDRASI
“DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA” FANIDAN
KURS ISHI.
MAVZU: “TUPROQNING ISSIQLIK REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI”
BAJARDI: 3-B DORIVOR O’SIMLIKLARNI
YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYASI MUTAXASSISLIGI
TALABASI XADJIBAYEVA MOXINUR
QABUL QILDI: DJOLIMBETOV ORAZALI
NUKUS – 2020.
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………3
1-bob.Tuproq haqida tushuncha…………………………………………4
1.1.Tuproq va uning xossalari……………………………………………4
1.2.Tuproqning tabiat va jamiyatdagi roli………………………………5
2-bob.Tuproqning issiqlik rejimi…………………………………………8
2.1.Tuproqning issiqlik xossalari…………………………………………8
2.2.Tuproqdagi issiqlikning roli va uning manbalari…………………12
2.3.Tuproqning radiatsiya va issiqlik balansi………………………….14
2.4.Tuproqdagi issiqlik rejimi ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari……………………………………………………………………15
3-bob.O’simliklarning issiqlikka bo’lgan talabi………………………18
3.1.Tuproqdagi haroratning o’simliklar va mikroorganizmlar hayotidagi ahamiyati……………………………………………………………………18
3.2.Tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari………………………21
Xulosa………………………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………26
Kirish.
Qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproq, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Tuproq insoniyat jamiyatiga nisbatan ikki xil ahamiyatga ega: birinchi tomondan, bu fizik muhit, insonlarning yashashi uchun, hayot uchun makon, ikkinchi tomondan - bu iqtisodiy asos, ishlab chiqarish vositasi. Shuning uchun uni asrab-avaylab, har doim unumdorligini oshirishga g‘amxo‘rlik qilish kerak. Kishilar tomonidan yerdan foydalanish masalalari sosialiqtisodga daxldor katta va murakkab masalalar kompleksidir, jumladan yerga egalik masalalari, yer to‘g‘risidagi qonunchilik, yerga egalik huquqi, yerni iqtisodiy baholash va x.z.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq 11-12 sessiyalari (30 aprel va 28 avgust 1998 yil) da "Yer kodeksi", "Davlat Yer kadastri to‘g‘risida" gi qonunlar muhokama qilinib qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda "Yer umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb ko‘rsatilgan.
Tuproq - insonlarni ardoqlab, noz-ne‘matlar bilan to‘ydirayotgan bitmastuganmas boylik hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manbadir. Tuproq yurtimizning eng asosiy boyligi. Tuproq hayot uchun quyosh, havo va suvdek zarur bo‘lib, u biologik tirik jism hisoblanadi.
Tuproqda barcha yer usti o‘simliklari rivojlanadi, unda mikroorganizmlar va turli xil jonivorlar oziqlanadi. Tuproqsiz yerdagi tirik organizmlarning tabiiy assosiatsiyasi faoliyat ko‘rsata olmaydi. Eng muhimi, bunda biosfera jarayonlarining birliginining ya‘ni: tuproq bu hayotning mahsuli va shu bilan birga uning mavjudligining shartidir.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |