Kuzgi begona o’tlar. Bu o’tlarning urug’i kuzda unib chiqadi. Ularning maysasi
yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun kuzgi qishki, davrdagi past harorat zarur. Kuzgi begona
o’tlarning urug’i qaysi vaqtda unib chiqishidan qatiy nazar, faqat kelgusi yili poya, gul, meva
va urug’ beradi. Bularga ro’vak, yaltirbosh, qaramiq kabi o’tlar kiradi.
Yaltirbosh, (Bromus tectorum L) – boshoqdoshlar oilasidan, buyi 20-30 sm keladigan
bir yillik o’simlik. Poyasi kam shoxlangan, yupqa tukchalar bilan qoplangan. Yaltirbosh
namlik yetarli bo’lsa kuzda unib chiqadi. Aprel oyida gullaydi, may oyida urug’i pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |