Ildizpoyali begona o’tlar. G’umay, ajriq, qamish, salomalaykum, dala qirqbug’imi,
achchiqmiya, oqmiya va boshqalar kiradi. G’umay, salomalaykum va ajriq karantin begona
o’tlar qatoriga kiradi.
G’umay, - (Andropogon halepensis) g’alladoshlar oilasiga kiradi. May- iyunda
gullaydi. Iyun-oktyabrda hosil beradi. Poyasining buyi 1,5 m gacha boradi, pastki qismidan
shoxlaydi. Urug’idan va ayniqsa, ildizpoyalaridan ko’payadi. Bir tup o’simlikda 2-3 mingta
urug’ hosil bo’ladi. G’umayning baland poyalari madaniy o’simliklarni soyalab qo’yadi, bu
hosilni ancha kamaytiradi. G’umay tarkibida zaharli sianid birikmalari bo’lgani uchun uni
yegan mollar zaharlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |