Kech bahorgi begona o’tlar. Urug’i tuproq yetarli qiziganda 23-27
0
S unib chiqib,
sekin rivojlanadi. Masalan, yovvoyi gultojixo’roz, semiz o’t, shamak, ituzum, tuyaqorin,
bangidevona, qo’ytikan, kurmak, itqo’noq va boshqalar kiradi.
Yovvoyi gultojixo’roz – (Amaranthus retroflexus L) gultojixo’rozlar oilasiga mansub
bo’lib, bir yillik kech bahorgi begona o’t hisoblanadi. Hamma joyda uchraydi. Ayniqsa, qator
orasi ishlanadigan va sabzavot ekinlarini ifloslantiradi. Juda serurug’, bir tup o’simlik 500
mingtacha urug’ qiladi. Urug’i tuproq harorati 20
0
S dan yuqori bo’lganda unib chiqadi.
Tuproqda urug’i 10 yilgacha unuvchanligini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |