Kaliy: Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va
xarakatini faollashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning
noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va qand lavlagi ildizida shakar to’planishida
hamda o’simliklar organizmida oqsillarning taqsimlanishiga tasir etadi.
O’simliklarni kaliyga muxtojligi sezilganda umuman barglari, barglarning cheti va
uchi sarg’ayadi yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi, guyo kuygandek ko’rinadi. Dastlab pastki
shoxlaridagi qari barglar, keyin esa yesh barglar kasallanadi. Bunga sabab o’simlik yerdan
kaliy ololmagandan keyin yangi barglar chiqarish uchun shoxlarining barglaridagi kaliydan
foydalanadi. Qo’ng’ir tusga kirgan barglar so’liydi va qurib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |