Mushoxada (sujdeniya) - biror bir voqyeylikni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi fikr.
Unda dialektik birlik va umumiylik aks etadi. Masalan, «oltin - metall». Oltin birlik, metall
umumiylik. O’rganish birlikdan umumiylikka o’tadi.
Umumiy xulosa yoki fikrlash yakuni (umozaklyucheniya) - fikrlash shakli, avvalo,
to’plangan bilim asosida yangi bilimlarni yaratadi. Masalan, inson o’zidan ancha uzoq
masofada bo’lgan jism to’g’risida fikrlarni bildirishi.
Induksiya - fikrlash jarayonida alohida xulosalardan umumiylikka o’tish.
Deduksiya - umumiylikdan alohidalikka (yagonalikka) o’tish. Bular tafakkurning bir -
biridan ajratib bo’lmaydigan bo’laklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |